yetuk san’atkorlar qatoridan o‘rin oldi. Bu portretni yaratisli ijodkor
uchun mashaqqatli va sharafli edi. Chunki Beruniy qiyofasini ifoda
etadigan hech qanday ma’lumot va tasviriy material yo‘q edi. Abu
Rayhon Beruniy o ‘z zamonasining turli fanlarini, birinchi navbatda,
astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya
asoslarini puxta bilgan, bu fanlar taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan
buyuk qomusiy olim edi. Uning ko‘p qiiTali ilmiy va insoniy qiyofasini
tasvirlash rassomdan juda katta mehnat va mahoratni talab etardi.
M. Nabiyev ko‘p izlandi, sharqshunos olimlaming fikr-mulohazalariga
tayanib, fakt va ko‘rsatmalar asosida Beruniy yashagan tarixiy davmi
o‘rgandi, X -X I asrlar Xorazm tangalaridagi shohlar rasmi bilan tanishdi
va,; nihoyat, Bemniy obrazini suratda aks ettirdi. Nabiyev shundan keyin
ham buyuk olimning qiyofasini yaratishdagi izlanishlarini to ‘xtatmadi.
1973-yili Beruniy tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan yaratgan
portretida ulug‘ siymoning yaxlit obrazini gavdalantirdi. Rassom Abu
Rayhon Beruniyni kamtar va sodda kishi sifatida tasvirlaydi. Uning
ko‘zlarida donolik, idrok va ijodiy g ‘ayrat ko‘rinib turibdi. Bu portret
ikkinchi marotaba ham tanlov g‘olibi bo‘ldi va YuNESKOning «Kurer»
jurnali
muqovasida,
xorijiy
mamlakatlarning
ko‘pgina
jurnal,
gazetalarida hamda otkritka, marka, plakat tarzida bir necha bor
nashrdan chiqarildi.
Musavviming yutuqlaridan yana biri u yaratgan buyuk shoir, adib,
faylasuf va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur obrazidir. Bobur
obrazini yaratish uchun rassom Afg‘oniston, Hindiston va boshqa bir
qancha xorijiy mamlakatlarda bo‘ldi. Bobur yashagan, ijod qilgan, jang
qilgan joylarni o ‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. M. Nabiyev Bobur she’riyati bilan
chuqur tanishib, uning hayotini mukammal o ‘rganib, shoiming navqiron
va toiaqo n li portretini yaratdi.
1968-yili Alisher Navoiy va
Abdurahmon Jomiy portretlarini chizib, san’at muxlislari e’tiboriga
havola qildi. Bu portretlarning har biri o'ziga xos xarakteri va yaratilish
uslubi bilan ajralib turadi.
Keyingi yillarda M. Nabiyev ijodida tarixiy mavzular bilan bir
qatorda, zamonaviy mavzularda portret asarlari ham paydo bo‘ldi.
Rassom yaratgan «Sut sog‘uvchi», «Samarqandlik qiz», «Bog‘bon»,
Dostları ilə paylaş: