Shar. Sharga qaysi tomondan qaralmasin uning shakli aylana. U
qirrasiz bo‘lib hamma tomoni yumaloq hajmga egadir. Sharni tasvirlash
geometrik jismlami tasvirlash kabi bajariladi. Shaming hamma qismiga
yorug‘lik bir xilda tushmaydi. Sharda yaltiroq joyi, yorug‘lik, soya,
yarim soya va refleks joylarini ko‘ramiz. Shaming soya tomoniga
ikkinchi tomondan yom g‘
tushib tursa refleks hosil
boMadi.
Yoritg‘ichdan tushayotgan yorugiik sharga tik tushib turgan joyida
sho‘la hosil qiladi. Shar sirtidagi soya-yorug‘lik mayin tuslar orqali
taraladi. Masalan, kesik konus shaklidagi chelak rasmini chizishda uning
eni pastga tomon torayib borishiga, shuningdek, chelakning bandi,
qulog‘i, qismlarining o‘lchami va tuzilishiga alohida e’tibor berish
lozim. Chelakdagi yoragMik, soya, yarimsoya va refleks kabilarning
och-to‘qligi jihatidan bir-biridan farqini his qilgan holda bajariladi.
Ko‘za simmetrik shakl hisoblanib, u silindr va shar shakllaridan
iashkil topgan. Ko‘za rasmini chizish simmetriya o'qini o‘tkazish va bu
o‘qda ko‘zaning balandligi hamda enini topishdan boshlanadi. Ko‘za ufq
chizig‘idan bir oz pastroqqa qo‘yilganligi uchun uning ustki va ostki
asoslari ellips shaklda ko‘rinadi. So‘ngra ko‘zaning bo‘yi va enini
belgilovchi chiziqlami tutashtirish orqali uning umumiy shakli topiladi.
So‘ngra soya va yorug‘likni asta-sekin tasvirlashga o‘tiladi. Narsalardagi
yorug‘-soyalarni tasvirlashni puxta o'rganish maqsadida gipsdan
ishlangan ornamentlarni chizish juda foydalidir.
Dostları ilə paylaş: