Tasviriy san\'at o\'qitish metodikasi (S.Abdirasilov) (1)
Darsda avvalo o‘qituvchi sahro zonalarining tabiati va iqlimi, hayvon va qushlari haqida to‘xtaladi. 0 ‘quvchilarga buni choMda o‘suvchi o‘simliklardan - saksovul, tikan, sahro jonivorlaridan tuya, echki, ilon kabilar haqida atroflicha so‘zlab beradi va ulaming rasmlarini ko‘rsatadi. Tuyalarning hayoti haqida alohida to'xtaladi. Tuyani sahroning kemasi deb ham ataydilar. Tuyalar juda chidamli hayvon bo‘lib, bir oygacha suv ichmasdan va ovqatlanmasdan yura oladi. Bunday paytlarda ular o ‘z o‘rkachlaridagi yog'laridan foydalanadilar. Tuyalar haqida gap borganda, o‘qituvchi bolalar e’tiborini ulaming tuzilishi, shakli, o ‘lchamlari, o‘lcham nisbatlariga qaratadi. Buning uchun u katta o‘lchamdagi odam, eshak, tuya tasvirini, shu mavzudagi suratlarning reproduksiyalarini ko‘rsatadi. Ana shu xildagi tushuntirishlardan so‘ng o‘qituvchi tuyalar shaklini loydan ishlashni amaliy tarzda bajarib ko‘rsatadi. Tuya shakli alohida loy bo‘laklaridan ishlanadi. Buning uchun tuyaning tanasi, orqa va old oyoqlari hamda bosh qismlari uchun loy bo‘laklaridan tayyorlab olinadi. Ularga kerakli ko‘rinishlar berilgach, o‘z o‘rinlariga yopishtirib chiqiladi. Odatda tuyalarning o‘rkachlari bitta yoki ikkita bo‘lishi mumkin. 0 ‘quvchilar o‘z xohishlariga ko‘ra ulami bir yoki ikki o‘rkachli qilib ishlaydilar. Tuyaning sirtidagi mayda detallar steklar yoki barmoqlar bilan silliqlab chiqiladi. 67
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bolalar «Tuyalar karvoni» kompozitsiyasini ishlashlari uchun sinfda alohida 3-4 ijodiy guruh tashkil etiladi va ularga guruh boshlig'i tayinlanadi. Bu boshliqlar guruh ishi uchun javob beradilar. Guruh a’ 2