VII bob. KOMPYUTER VIRUSLARI VA ZARARKUNANDA
DASTURLAR BILAN KURASHISH MEXANIZMLARI
7.1. Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish
muammolari
Kompyuter virusining ko‘p ta’riflari mavjud. Birinchi ta’rifni
1984-yili Fred Koen bergan: "Kompyuter virusi - boshqa dasturlar
ni, ularga o‘zini yoki o‘zgartirilgan nusxasini kiritish orqali,
ulami
modifikatsiyalash bilan zaharlovchi dastur. Bunda kiritilgan dastur
keyingi ko‘payish qobiliyatini saqlaydi". Vimsning o‘z-o‘zidan ko‘-
payishi va hisoblash jarayonini modifikatsiyalash qobiliyati bu ta’-
rifdagi tayanch tushunchalar hisoblanadi.
Kompyuter vimsining
ushbu xususiyatlari tirik tabiat organizmlarida biologik vimslaming
parazitlanishiga o‘hshash.
Hozirda kompyuter vimsi deganda quyidagi xususiyatlarga ega
bo‘lgan dasturiy kod tushuniladi:
- asliga mos kelishi shart bo'lmagan, ammo aslining xususiyat-
lariga (o‘z-o‘zini tiklash) ega bo‘lgan nusxalami yaratish qobiliyati;
- hisoblash tizimining bajariluvchi
obyektlariga yaratiluvchi
nusxalaming kiritilishini ta’minlovchi mexanizmlaming mavjudligi.
Ta’kidlash lozimki, bu xususiyatlar zaruriy,
ammo yetarli
emas. Ko‘rsatilgan xususiyatlami hisoblash muhitidagi zarar kelti-
mvchi dastur ta’sirining destruktivlik va sir boy bermaslik xusu
siyatlari bilan to‘ldirish lozim.
Vimslami quyidagi asosiy alomatlari bo‘yicha
turkumlash
mumkin:
- yashash makoni;
- operatsion tizim;
- ishlash algoritmi xususiyati;
- destruktiv imkoniyatlari.
Kompyuter
viruslarini yashash makoni, boshqacha aytganda,
viruslar kiritiluvchi kompyuter tizimi obyektlarining xili bo‘yicha
171
turkumlash asosiy va keng tarqalgan turkumlash hisoblanadi (7.1-
rasm).
7.1-rasm. Yashash makoni bo‘yicha kompyuter viruslarining
turkumlanishi.
Fayl viruslari
bajariluvchi fayllarga turli usullar bilan kiritiladi
(eng ko‘p tarqalgan viruslar xili), yoki fayl-yo‘ldoshlami (kompa-
non viruslar) yaratadi yoki faylli tizimlarni (link-viruslar)
tashkil
etish xususiyatidan foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: