Zarar keltiruvchi dasturlarni tarqatishning boshqa kanallari.
Viruslami tarqatish kanallaridan biri dasturiy ta’minotning
qaroqchi nusxalari hisoblanadi. Disketlar va CD-disklardagi noqu-
nuniy nusxalarda ko‘pincha turli-tuman viruslar bilan zaharlangan
fayllar bo‘ladi. Viruslami tarqatish manbalariga elektron anjumanlar
va FTP va BBS fayl-serverlar ham taalluqli.
0 ‘quv yurtlarida va Internet-markazlarida o‘rnatilgan va
umumfoydalanish rejimida ishlovchi kompyuterlar ham osongina
viruslami tarqatish manbaiga aylanishi mumkin. Agar bunday
kompyuterlardan biri navbatdagi foydalanuvchi disketidan zaharlan
gan bo‘Isa, shu kompyuterda ishlovchi boshqa foydalanuvchilar
disketlari ham zaharlanadi.
Kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan kompyuter
viruslari ham o‘zining yangi yashash makoniga moslashgan holda
takomillashadi. Har qanday onda yangi, oldin ma’lum bo‘lmagan
yoki ma’lum bo‘lgan, ammo yangi kompyuter asbob-uskunasiga
mo‘ljallangan kompyuter viruslari, troyan dasturlari va qurtlar pay-
do bo‘lishi mumkin. Yangi vimslar ma’lum bo‘lmagan yoki oldin
mavjud bo‘lmagan tarqatish kanallaridan hamda kompyuter tizim-
lariga tatbiq etishning yangi texnologiyalaridan foydalanishi mum
kin. Virusdan zaharlanish xavfini yo‘qotish uchun lcorporativ tar-
moqning tizim ma’muri, nafaqat virusga qarshi usullardan foyda
lanishi, balki kompyuter viruslari dunyosini doimo kuzatib borishi
shart.
Dostları ilə paylaş: