Toshkent davlat texnika
universiteti rektori professor
S.M.Turabdjanovdan
“Texnopark” MCHJ
bosh direktori
S.S. Axadovga
Xizmat xati
Hurmatli Sarvar Saidjaxonovich, birinchi novbatda sizga universitet nomidan yoshlar ta’limiga qo’shayotgan hissangiz uchun minnatdorchilik bildirgan holda quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Hozirgi kunda “Elektronika va avtomatika” fakultetining “Elektron apparatlarni ishlab chiqarish texnologiyasi” kafedrasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ___ qarorini amalga oshirish maqsadida amaliy laboratoriya xonasini tashkil etish uchun ishlar olib borilmoqda. Ushbu laboratoriya xonasini jihozlash uchun ilovada keltirilgan qurilmalarga ehtiyoj sezilmoqda.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni inobatga olgan holda, ushbu laboratoriyani tashkil qilish uchun zarur bo’lgan jihozlar bilan ta`minlashda “Texnopark” MCHJ ni homiylik qilishini so’raymiz.
Hurmat bilan,
“Islom Karimov” nomidagi
Toshkent davlat texnika
universiteti rektori, professor ___________________ S.M.Turabdjanov