107
g) Ish vaqtining haqiqiy balansi normativ balans bilan taqqoslanadi. Zoye
ketgan ish vaqtining hamma turlari chuqur tahlil qilinadi, ularni keltirib chiqargan
sabablari o’rganiladi. Ishlab chiqarishdagi kamchiliklar bilan yoki ishchining mehnat
intizomini buzganligi bilan bog’liq tanaffuslarni qisqartirish yoki butunlay tugatish
yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Bu tadbirlarning har qaysisi
asoslangan bo’lib, ularning amalga oshirilishi mehnat unumdorligini o’stirishga
yordam berishi kerak. Ish vaqtining zoye ketishini bartaraf qilinishi natijasida ish
vaqti balansida operativ vaqt ko’payadi, demak mahsulot ishlab chiqarish ham,
mehnat unumdorligi ham oshadi.
Mehnat unumdorligini o’sish darajasini quyidagicha ifodalash mumkin.
haq
op
haq
op
nor
op
sishi
o
T
T
T
MU
-
=
'
Ish vaqtidan unumli foydalanish bo’yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni
ishlab chiqarishga joriy etiladi va ish vaqtining oqilona balansi ishlab chiqiladi.
Ish vaqtini yakka fotografiya qilishni bitta ish smenasi yoki uning ayrim
bo’laklari bilan cheklab bo’lmaydi, chunki ayrim sarflar tasodifiy bo’lib qolishi
mumkin. Shu sababli yakka fotografiya kuzatuvlari malumotlari asosli bo’lishi uchun
uni ketma-ket 3-5 smena davomida o’tkazish kerak.
Ko’pstanokchilarning mehnatini tashkil etilishini o’rganishda ishlab chiqarish
jarayonining yakka fotografiya kuzatuvidan foydalaniladi. Bunday fotografiya
ko’pstanokchining ish vaqti balansini va mashinalarning ish vaqti balansini tuzishga
yordam beradi, uning ishini rejalashtirishni oqilona yo’llarini ko’rsatadi.
Kuzatuv natijalari kuzatuv varag’ida har bir stanok uchun alohida yoziladi,
to’g’ri kelish tanaffuslari qayd etiladi. Kuzatuv natijalari tahlil qilinadi, ish usullari
va tanaffuslarning davom etish vaqti aniqlanadi, ko’pstanokchining ish vaqti balansi
va stanoklarning vaqt balansi tuziladi, ishchining ish vaqtidan, uskunalardan
foydalanish ko’rsatkichlari hisoblab chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: