Darsning tayyorgarlik qismi. Shug’ullanuvchilar darsning tayyorgarlik qismi vazifalari o’zining mo’ljallanganligiga qarab ikkita guruxga ajratiladi. Birinchi guruxga ko’proq biologik axamiyatga ega bo’lgan badan qizdirishi vazifalari kiradi. Ular quyidagilardan iborat.
1.Markaziy asab tizimi (M A T) va vegetativ funktsiyalarni tayyorlash. Shug’ullanuvchilarning darsga bo’lgan ruxiy shaylanishlari, organizmning xayotiy faoliyatini oshirish, muvoffaqiyatli faoliyat yuritishni ta’minlaydigan qulay ijobiy muxitni yaratish nazarda tutiladi.
2.Shug’ullanuvchidan xarakatlanish apparatining bo’g’imlardagi xarakatchanlik xamda katta mushak kuchlanishlarini talab qiladigan xarakatlarga tayyorgarligini ta’minlash.Boshqa guruxni ko’proq pedagogik yo’nalishdagi ta’lim vazifalari tashkil etadi.
Ularga quyidagilar kiradi:
1.Shug’ullanuvchilarda topshirilgan xar –xil parametrlar bilan (kuchlanish darajasi, xarakat yo’nalishi, amplitudasi, surati va maromi) xarakatlarini bajarish ko’nikmalarini shakllantirish.
2.Xarakatlarning ayrim tarkibiy qismlari yoki tugallangan oddiy xarakatlarning egallash. Xosil qilinadigan ko’nikma va malakalar darsning tayyorgarlik qismining ta’lim vazifalari xal etish natijasida shug’ullanuvchilarga yangi xarakatlarni tez xamda yanada sifatli egallashga yordam beradigan asos bo’lib xisoblanadi. Gimnastika darsining tayyorgarlik qismida ta’lim vazifalarini xal etish uchun qo’llaniladigan vositalar bir vaqtning o’zida badan qizdirish vazifalarini xam xal qiladi. Badan qizdirish natijasida xosil qilingan tayyor turish xolati nisbatan uzoq bo’lmagan vaqt ichida saqlanadi. Shuning uchun badan qizdirish vazifalari xar bir darsda va to’liq xajmda xal etilishi zarur. Ta’lim vazifalari bundan o’zgacharoq. Darsning o’quv rejadagi o’rni, Shug’ullanuvchilar tarkibi va boshqa dars o’tish sharoitlariga qarab, ta’lim vazifalari bitta darsda ko’proq, ikkinchi darsda kamroq xal etilishi mumkin.
Vositalar. Gimnastika darsining tayyorgarlik qismida, odatda, past shiddatli mashqlar qo’llaniladi. Saflanish mashqlari, xarakatlanishlarning(turli xil yurishlar, yugurishlar, sakrashlar, raqs xarakatlari) xar- xil turlari, buyumlar bilan, buyumlarsiz va og’irliklar bilan mashqlar, gimnastika devorchasi xamda o’rindig’ida mashqlar, xaddan ortiq shiddatga ega bo’lgan mashqlar darsning asosiy qismida shug’ullanuvchilarning ish qobiliyatini pasaytirish mumkin. Shu sababli darsning tayyorgarlik qismida shug’ullanuvchilarda kuch, chidamlilik va xatto egiluvchanlik kabi xarakat sifatlarini maxsus rivojlantirmaslik lozim. Tayyorgarlik qismi uchun muayyan mashqlarni tanlash gimnastikaning o’ziga xos xususiyati, dars o’tish sharoitlari va birinchi navbatda, uning vazifalari, shug’ullanuvchilar tarkibi xamda variantga bog’liq.
Gimnastika darsining tayyorgarlik qismiga kiritiladigan mashqlar xar xildir. Faqat bitta dars davomida shug’ullanuvchi, odatda, xususiyatiga ko’ra turlicha bo’lgan ko’p miqdordagi xarakatlarni bajaradi, bu xarakatlarda insonning butun xarakat apparati ishga tushadi. Inson turli xil rejimda ish bajaradi.
Mashqlar mazmuni dars vazifalariga mos kelishi zarur, agar darsning tayyorgarlik qismining asosiy yo’naltirilganligi faqat badan qizdirishga mo’ljallangan bo’lsa, unda mashqlar soni xam, ularning shakli esa oddiyroq bo’ladi. Agar unda ta’limvazifalari xal etilayotgan bo’lsa mashqlar soni ko’paytiriladi va mazmuni o’zgartiriladi.
Mashqlarning almashinishi darsning tayyorgarlik qismi ko’pincha saflanish mashqlarini bajarish
Shug’ullanuvchilarga mashqlar to’g’risida xabar berishning turli xil usullaridan foydalanish.
Yordam ko’rsatish.
Xatolarni tuzatish.
Shug’ullanuvchilarning maydon bo’lab joylashtirish.
Darsni o’tkazish vazifalari va sharoitlariga bog’liq xolda o’qituvchi turli xildagi axborot berish usullaridan foydalanishi mumkin.
1.Oddiy usul. Bunda ko’rsatish, gapirib berish bilan olib boriladi. Bu usul shug’ullanuvchilar tarkibi uchun qulay va o’qituvchiga mashqning nimaga qaratilganligini tushuntirishga, uni tariflab berishga, shuningdek ko’rsatishga imkon yaratadi.
2.Gapirib berish usuli. O’qituvchi mashqni ko’rsatmay, uni aytib o’tadi yoki gapirib beradi. Axborot berishning bu usuli diqqatni faollashtiradi va shug’ullanuvchilarda mashq bajarishga bo’lgan mustaqillikning xosil bo’lishiga imkon yaratadi. Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar bilan mashg’ulotlar o’tkazish paytida o’qituvchi syujetli xikoya olib borish mumkin.
Bolalar ximoyani o’zlarining tasavvurlaridan kelib chiqib va xarakatlanish tajribalariga tayanib, xarakatlar orqali ifodalaydilar.