3-rasm. Kadrlar xizmati boshqaruvchisi vazifalari
Personalni boshqarish xizmati va menejerlar korxona (tashkilot)
uchun kadrlar tanlar ekanlar, ularda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni
(oilaviy ahvol, funksiyalari o‘zgartirilgan holda xizmat vazifalarining
o‘zgartirilishi va hokazolarni) ham hisobga olib talab etiladi.
Personalni o‘qitish, malakasini oshirish yoki qayta tayyorlashda
xodimlarni chet ellarda stajirovkadan o‘tkazishini ko‘zda tutish,
faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha zarur maxsus adabiyotlar, video va audio
materiallar bilan ta’minlash ham talab etiladi.
Huqu
qiy
ma
sa
la
la
r
Personalni
rejalashtirish
Ishga
yollash
Tanlash
Ish haqi va
imtiyozlar
Kasbga
kо‘niktirish
O`qitish
Attestatsiya
Rahbarlarni
tayyorlash
Xizmat
vazifasini
о‘zgartirish
Ij
tim
oi
y m
as
al
al
ar
100
Personalni samarali mehnat qilishi, ularga yaratilgan qulay
sharoitlar (psixologik muhit, qulay ish joyi, ovqatlanish va hoka-
zolar)ga bog‘liqligini hisobga olgan holda xizmat rahbariyatga ish-
xizmatchilarning maishiy turmushini yaxshilash yuzasidan tegishli
tavsiyalar tayyorlashi kerak bo‘ladi. Ijtimoiy masalalarga e’tibor
katta bo‘lgan kompaniya va firmalarda personalning sixat-salo-
matligi, turar-joy sharoitlari haqida g‘amxo‘rlik qilinadi, xodimlarni
tug‘ilgan kun bilan tabriklash, bayramlarda sovg‘a berish, turli
imtiyozlar (masalan, nufuzli kurortlarga imtiyozli yo‘llanmalar
ajratish) berish ham an’anaga aylanadi.
Personalni boshqarish xizmati xodimlarga ma’muriyat bilan
kontraktlar tuzishda yordam beradi, ular vakolatlarini tuShuntiradi.
Shuningdek, tashqi tashkilotlar – mehnat inspeksiyalari, huquq-
tartibot idoralari, yuqori tashkilotlar, tarmoq kasaba uyushmalari,
ta’lim muassasalari, mahalliy hokimiyat idoralari va boshqalar bilan
aloqada bo‘lishi ham xizmat vazifalari hisoblanadi.
Ko‘pgina kichik xususiy va oilaviy korxonalar personalni
boshqarish xizmatiga ega emas, bu vazifani ushbu korxona egasi
bajaradi. Kichik firmalar ish hajmi ortgandan so‘ng hisob-kitob va
idora ishlarini olib borish uchun xodim yoki mutaxassis yollaydi.
Bugungi amaliyotda personalni boshqarish bo‘yicha muta-
xassisga ehtiyoj xodimlar soni 100-150 taga yetganda tug‘ilishini
ko‘rsatadi. Korxona faoliyatiga qarab undagi jamoa a’zolari soni
200-500 kishiga yetganda, odatda, personal xizmati tashkil qilinadi.
Uncha katta bo‘lmagan firmalarda (100-200 kishi) kadrlar
xizmati tarkibi 1-2 mutaxassis (shu jumladan xizmat rahbari), 1-2
yordamchi xodimdan iborat bo‘ladi. Personal miqdori 201-300
bo‘lganda 2-3 mutaxassis va 2 ta yordamchi xodimni tashkil etadi.
Personal soni 500 tagacha kompaniyalarda xizmat rahbari 1-4
mutaxassis va 2-3 yordamchi xodim bilan ishlaydi. Ishlab
chiqarishda band bo‘lganlar 1000 kishini tashkil etsa, kadrlar
xizmati 10-13 kishidan, Shu jumladan rahbar, 5-6 mutaxassis va
deyarli Shuncha yordamchi xodimlardan iborat bo‘ladi. Personal
2,5 ming kishiga yetganda esa xizmat 17-18 mutaxassis va rahbar,
15 taga yaqin texnik xodimni tashkil qiladi.
101
Hozirgi vaqtda amalda bo‘lgan me’yorlar 1 ming kishilik mehnat
jamoasiga 10 nafar personalni boshqarish xodimining to‘g‘ri
kelishini ko‘rsatmoqda. Odatda ularning 6 tasi maxsus oliy ma’-
lumotga, 4 tasi to‘liqsiz oliy ma’lumotga ega bo‘lishi talab qilinadi.
Kadrlar siyosatini rivojlantirishda faol ishtirok etish uchun
kadrlar bo‘limi boshlig‘i ma’lum darajada professional bilim,
malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi muhim ahamiyatga ega.
Ular orasida:
korxona biznesini rivojlantirish yo‘nalishini ko‘ra olish,
bozor tendensiyalarini prognozlash va tahlil qila bilish;
muntazam va yaxlit fikrlash qobiliyati, vazifalar va
yondaShuvlarni tizimlashtirish va standartlashtirish qobiliyati;
tashkiliy rivojlanishga tashxis qo‘yish prinsiplari, shakl va
usullarini bilish;
korxonaning strategik rejalariga muvofiq kadrlar siyosatini
ishlab chiqish;
korxonaning kadrlar siyosati samaradorligini oshirish;
kadrlar boshqaruvi sohasida korporativ standartlarni ishlab
chiqish va amalga oshirish;
korxonaning biznes jarayonlarini boshqarish sxemalari va
ularni hujjatlashtirishni bilish.
Bugungi kunda turli xil boshqaruv uslublari, tashkiliy
tuzilmasi va madaniyati, kadrlar vazifalari va turli darajadagi
xodimlar, ularni amalga oshiruvchi shaxslarning kasbiy mahoratli
tuzilmalari mavjud. Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i,
agar u o‘z konsepsiyasiga ega bo‘lsa, korxonaning strategik
maqsadlariga erishish uchun rahbariyat va xodimlar o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlarning istiqbollari haqidagi fikrlari bo‘lsa,
kadrlar siyosatini ishlab chiqish yoki o‘zgartirishda yetakchilik
qilishi
mumkin.
U
buni
xodimlar
uchun
tasdiqlangan
yondaShuvlarga asoslangan holda ishlab chiqishi va ayni paytda
kelajakka intilishga harakat qilishi kerak. Albatta, bu ishni
g‘oyaviy elementlarsiz amalga oshirib bo‘lmaydi, lekin u o‘z
tuShunchasini korxonaning boshqa rahbarlariga qanchalik
qiziqarli va rang-barang tarzda taqdim etsa, ularni loyihaning
yangiliklari, umidlari, istiqbollari va samaradorligi bilan
102
Shunchalik ko‘proq qiziqtirishi mumkin, bundan uning kadrlar
siyosatini shakllantirishdagi o‘rni va mavqei aniq bo‘ladi.
Agar rahbar xodimlar boshqarmasi boshlig‘ining bunday
malakasiga ega bo‘lishni istasa, u korxona xodimlarini boshqarish
bo‘yicha menejerining professional standartlarini ishlab chiqishi
(yoki mutaxassislarga ko‘rsatma berishi) mumkin.
Kasbiy standart korxonadagi xodimlarini boshqarish tizimi, kor-
xona tomonidan bajarilgan ish va tegishli bilim, ko‘nikma, qobiliyat,
moyillik va ish sifatining ayrim ko‘rsatkichlarini boshqaruvchi
shaxsning vakolatlari uchun ma’lum miqdordagi talablardir.
Professional (kasbiy) standart bir qancha sabablarga ko‘ra
ehtiyojimizga aylangan.
1. Personalni boshqarish sohasidagi menejer va mutaxas-
sislarning professional standartlari tashkilot rahbariyati tomonidan
ushbu funksiyani ko‘rishga bog‘liq holda har qanday tashkilotda
ishlash uchun kerakli vakolatlarni aniqlash imkonini beradi.
2. Professional standartlar turli bo‘g‘inlardagi hukumat mav-
qeyiga ena xodimlarning vazifalarini bajarishidagi farqlarni aniq
tushunishga yordam beradi.
3. Professional standartlar malakali xodimlarni boshqarish
uchun muhim, chunki ular kadrlar sohasidagi eng faol va g‘ayratli
vakillarga malaka oshirish uchun sabablar yaratadi.
4. Kasbiy standartlar tashkilot rahbariyatiga kadrlar ishla-
yotgan shaxs bajaradigan topshiriqlarning murakkabligi, tashki-
lotning samaradorligiga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini
ko‘rsatish imkonini beradi.
5. Kasbiy standartlar xodimlarning o‘z rahbarlari va muta-
xassislarni lavozim talablariga muvofiqligini baholash jarayonini
soddalashtiradi va obyektivlashtiradi.
Dostları ilə paylaş: |