S xolmuratov korxonada kadrlar


Kadrlar siyosati to‘g‘risidagi Nizom



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/90
tarix03.12.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#72168
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90
Кадрлар сиёсати (2)

4.4.Kadrlar siyosati to‘g‘risidagi Nizom 
Kadrlar siyosati to‘g‘risidagi Nizom tahliliy va tashkiliy 
ishlarning eng muhim nuqtasiga aylanib, korxonadagi xodimlar 
bilan bog‘liq barcha tadbirlarni belgilovchi asosiy hujjatdir.
O‘rta va yirik korxonalarning kadrlar siyosati turli hujjatlarda 
shakllantirilishi mumkin:
kadrlar siyosati to‘g‘risidagi qoidalar; 
korxonaning rivojlanish dasturlari; 
korxona rahbariyatining davriy dasturiy bayonnomalari; 
xodimlarning 
ishini 
tartibga 
soluvchi 
yo‘riqnomalar, 
hujjatlar, kodlar, nizomlar; 
korporativ standartlar; 
jamoa shartnomalari va hokazo hujjatlar.
Kadrlar siyosati to‘g‘risidagi hujjat quyidagi bo‘limlardan 
iborat bo‘lishi mumkin:
1. Kadrlar siyosatini ishlab chiqish, tasdiqlash va o‘zgartirish 
tartibi.
2. Kadrlar talablarini tahlil qilish, prognozlash va 
rejalashtirish tartibi.
3. Har xil lavozimlarda va menejment darajasida kadrlarga 
bo‘lgan talabni shakllantirish tartibi.
4. Xodimlarni tanlash va baholash.
5. Yetakchi kadrlar zaxirasi bilan ishlashni tashkil etish.
6. Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish.
7. Motivatsion yondashuv, xodimlarni rag‘batlantirish, ijti-
moiy siyosat;
8. Xodimlarni almashtirish tizimi.
9. Kadrlar siyosatini boshqarish va uni amalga oshirishni 
nazorat qilish.
10. Ishchilarning salomatligini saqlash uchun munosib 
mehnat, xavfsizlik va qulay sharoitlarni yaratish. 


117 
11. Kadrlar siyosatini amalga oshirish uchun moliyalashtirish 
manbalari va tartibi.
Kadrlar 
siyosatining 
yo‘nalishlari boshqa hujjatlarda 
belgilanadi: me’yoriy-huquqiy hujjatlar (kadrlarni saralash
tanlash, kadrlar tayyorlash, boshqaruv xodimlari zaxirasi va 
hokazolar). Hujjatning kadrlar siyosati bo‘yicha tuzilishi taxminan 
quyidagicha bo‘lishi mumkin (9-jadval). 
Korxonalar orasidagi farq, ularni boshqarish uslubi, 
rivojlanishining 
turli 
bosqichlari, 
vazifalar, 
maqsadlar, 
strategiyalar, maqom, ahamiyat, xodimlar xizmatining ta’siri 
kadrlar siyosatini shakllantirish metodologiyasi va tartibiga turli 
yondaShuvlarga olib keladi. Har bir muayyan korxonada kadrlar 
siyosatining boshqa ko‘rinishi mavjud. Korxonalar xilma-xilligi 
kadrlar siyosatining turli-tumanligiga olib keladi. Kadrlar 
siyosatini shakllantirish metodikasini tanlash va xodimlarning 
xizmatidagi o‘rni – boshqaruvchilar tomonidan aniqlanadi.
9-jadval 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin