43
xodimni yangi lavozimga moslashtirish muddatini ixcham-
lashtirish;
xodimlarda korxona va uning jamoa a’zolariga nisbatan
sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish va mustahkamlash;
avlodlar o‘rtasidagi munosabatlarda nizolarsiz, bosqichma-
bosqich o‘zgarishlarni amalga oshirib borish, natijada korxona-
dagi an’analar, urf-odatlar, innovatsion texnologiyalarga intilish
va jamoa madaniyatini saqlab qolish.
1.3. Zaxira bilan ishlashning asosiy tamoyillari quyidagilardan
tashkil topadi:
yuksak professional daraja, ishchanlik harakatlari, shaxsiy
fazilatlar va yoshiga doir zaxira tarkibidagi nomzodlarga
ko‘rsatilgan talablarga mosligi;
zaxira tarkibidagi nomzodlarning zamonaviy sharoitlarda
boshqaruv faoliyatiga tayyorgarligi, kasbiy, ishchan, shaxsiy
fazilatlarni atroflicha o‘rganish va baholashning xolisonaligi;
nomzodlarni zaxira tarkibiga kiritishda kollegiallik va
oshkoralik, mehnat jamoasining fikrini hisobga olish;
ishning uzluksizligi va zaxira bilan ishlash jarayonini nazorat
qilishning muntazamligi;
zaxiradagilarni faol holatga keltirish;
real va qobiliyatli zaxirani tayyorlash uchun rahbar va uning
o‘rinbosarlari mas’uliyatliligi;
turli sabablarga, shu jumladan, jinsi, millati, dini, oilaviy
sharoitiga ko‘ra zaxiradagilarni kamsitishga yo‘l qo‘yilmaslik.
1.4. Korxonada rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlash to‘g‘ri-
sidagi nizom rahbar kadrlar zaxirasi bilan ishlashning o‘ziga xos
asosiy tarkibiy elementlari, tartibi va izchilligini belgilaydi.
1.5. Rahbar kadrlar zaxirasi o‘z kasbiy darajasi, ishchanligi va
shaxsiy fazilatlari bilan eng yuqori darajali vakant rahbarlik
lavozimlarini
egallashga
qodir,
maxsus
shakllangan
va
tayyorlangan xodimlar guruhidir.
Dostları ilə paylaş: