3. Kengashning vazifalari 3.1. Korxona boshlig‘ining jamoadagi kadrlar siyosatining
asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha qarorlarini amalga oshirish.
3.2. Korxona xodimlarining ishini takomillashtirish masalalari
bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari harakatlarini muvofiq–
lashtirish.
3.3. Korxonada xodimlar bilan ishlash bo‘yicha materiallarni
tahlil qilish, eng yaxshi ichki va xalqaro tajribani umumlashtirish;
3.4. Kadrlar siyosati samaradorligini aniqlash usullarini ishlab
chiqish.
3.5. Korxona xodimlari bilan ishlashning eng yaxshi tajriba-
larini tahlil qilish va tarqatish.
3.5. Korxonada rejalashtirish, baholash, targ‘ib qilish, rivojlan-
tirish, kadrlarni tayyorlash va o‘qitish bo‘yicha tavsiyalarni ishlab
chiqish.
3.6. Xodimlar bilan ishlashga mas’ul tarkibiy bo‘linmalar
xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish.
3.7. Kadrlar sohasiga daxldor ichki o‘zgarish loyihalari va
me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari bo‘yicha xulosalar tayyorlash.