S xolmuratov korxonada kadrlar


V BOB. KORXONALARDA KADRLAR SIYOSATINI



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/130
tarix24.01.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#51538
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130
2260-Текст статьи-5646-1-10-20200702

V BOB. KORXONALARDA KADRLAR SIYOSATINI 
YURITISHDA TASHKILIY-TEXNIK VA USLUBIY 
KO‘RSATMALAR 
 
5.1. Korxona boshqaruv tizimining tashkiliy tuzilmasi 
     
      Korxona boshqaruv tizimi quyidagi qoidalarga asoslanadi: 
1. Personalni 
rejalashtirishni 
korxonani 
rivojlantirish 
strategiyasi bilan uzviy aloqasini ta’minlash. 
2. Personal  xarajatlarini  miqdoriy  baholash  va  uning  ishlab 
chiqarish iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’siri. 
3. Mehnat  bozorida  samarali  ish  olib  borish  uchun  zarur 
kompensatsiyalarni aniqlash. 
Rahbar  personalni  boshqarar  ekan,  o‘ziga  bo‘ysunuvchilarga 
faqat  buyruq  berish  bilan  cheklanmasdan,  ular  kuch-g‘ayratlarini 
aniq  maqsadga  yo‘naltirib  turishi,  salohiyatlarini  namoyon  eta 
olishlariga  ko‘maklashishi, o‘z atrofida  maslakdoshlarini  birlash–
tirishi,  ya’ni  personalga  rahbarlik  qilish  tamoyillaridan  foydalana 
bilishi zarur. Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi:  
-  har  bir  xodimga  u  bajaradigan  ish  uchun  mas’uliyatni 
yuklash; 
-  har  bir  xodim  kimga  bo‘ysunishi  va  kimdan  topshiriq 
olishini bilishi kerak; 
-  personalni  boshqarish  maqsadi.  Zamonaviy  rahbarlik 
belgilangan  maqsadga  erishish  uchun  personal  va  ma’muriyat 
hamkorligini nazarda tutadi; 
-  rahbarning bevosita ishtiroki. Butun mehnat jamoasiga bosh 
bo‘lgan birinchi rahbar yangiliklarni joriy etish, ishlab chiqarishni 
takomillashtirish  va  boshqa  masalalarda  shaxsan  ishtirok  etishi 
etishi shart; 
-  muvofiqlik.  Kadlar  siyosati  ko‘zlangan  maqsadga,  tegishli 
mezonlarga muvofiq bo‘lishi kerak. 


121 
Turli bosqich (bo‘g‘in)lardan iborat bo‘lgan boshqaruv tizimi 
boshqaruv  turli  bosqichlarini  alohida  rahbarlar  yoki  boshqaruv 
organ  (apparat)lariga birkitib qo‘yilishini taqozo etadi. 
Yuqori  bo‘g‘in  rahbariyatining  bosh  vazifasi  boshqaruv 
jarayoniga  umumiy  rahbarlik  –  turli  funksiyalarni  muvofiq-
lashtirish,  tegishli  bo‘linma  va  xizmatlar  rahbarlarini  tanlash, 
boshqaruv tizimi ishini tashkil etishdan iboratdir. 
O‘rta  va  quyi  bo‘g‘in  rahbarlari  belgilangan  ish  turlarining 
tashkilotchilari  vazifasini  bajaradilar.  Ular  xizmat  vazifasiga  ish 
rejasini  ishlab  chiqish,  mehnat  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun 
personalni  birlashtirish,  ish  jarayoniga  rahbarlik  qilish,  korxona 
alohida bo‘linmalari va alohida xodimlar ishini muvofiqlashtirish, 
ish jarayonini nazorat qilish va boshqalar kiradi. 
Inson 
resurslaridan 
korxona 
va 
xodim 
manfatlarini 
muvofiqlashtirgan  holda  foydalanishni  ta’minlaydigan  shaxsni 
rivojlantirish  ustuvorligini  e’tirof  etish  personalni  boshqarishning 
eng  asosiy  tamoyilidir.  Ushbu  tamoyilni  amalga  oshirishda 
korxonaga  ish kuchi iste’molchisi sifatidagi qarash nuqtayi nazar 
o‘zgaradi.  Bozor  iqtisodiyotiga  o‘tishda  obyektiv  ravishda  ichki 
mehnat  bozori  tashkil  topadi.  Barcha  yollanma  ishchilar  va 
ma’muriyat vakillari - ish beruvchilar ushbu ichki mehnat bozori 
subyektlari hisoblanadilar. Bunda yollanma ishchi va mulk egasi, 
rahbar va ijrochi o‘rtasida teng huquqlilik ta’minlanadi. 
Personalni  boshqarishda  iqtisodiy  va  tashkiliy  nazariyalarga 
asoslangan  o‘zaro  bog‘liq  uch  xil  yondashuvni  kuzatish  mumkin. 
Personalni  boshqarishning  bu  modellari  quyidagi  jadvalda  aks 
etgan. 
Personalni  boshqarishga  “inson  kapitali”  usulida  yondashish 
ishchi  kuchini  tashqaridan  yollamasdan  korxonaning  o‘z  mehnat 
salohiyatini  rivojlantirishga  asoslangan.  Ushbu  yondaShuv 
“yaratish  yoki  sotib  olish”  falsafasining  bir  ko‘rinishidir:  ayrim 
kompaniyalar  o‘z  mahsulotlari  butlovchi  qismlarini  ishlab 
chiqarishdan  ko‘ra  sotib  olish  foydaliroq  deb  hisoblaydilar, 
boshqalari 
malakali 
personalni 
o‘zlari 
tayyorlash 
va 
rivojlantirishga  pul  sarflashdan  ko‘ra  tayyor  xodimni  chetdan 
yollashni afzal biladilar. 


122 
Boshqaruv tashkiliy tuzilmasi: 
boshqaruv bo‘g‘inlari miqdori; 
personal miqdori; 
boshqaruv tashkiliy tuzilmasi turiga bog‘liq bo‘ladi. 
Boshqaruv tashkiliy tuzilmasi: 
yuqori bo‘g‘in – korxona boshqaruvi markaziy apparati; 
quyi  bo‘g‘in  –  tarkibiy  bo‘linmalar  (ishlab  chiqarishlar, 
sexlar,  uchastkalar  va  boshqalar)  boshqaruv  apparatidan  tashkil 
topadi.  
Boshqaruvning  liniyali  va  funksiyali  tashkiliy  tuzilmalari 
farqlanadi. 
Amaliyotda  boshqaruvning  liniyali-funksiyali    hamda  mat-
ritsali  tashkiliy tuzilmalari  ham mavjuddir. 
Boshqaruv  funksiyasi  –  boshqaruv  faoliyatining  alohida  turi 
hisoblanib,  boshqaruv  sohasida  mehnat  taqsimoti  va  ixtisos-
lashuviga  asoslangandir.  Boshqaruv  funksiyasining  eng  ko‘p 
tarqalgan turi boshqaruv umumiy xususiyatlari (sifat, mehnat, ish 
haqi,  ilmiy-texnika  taraqqiyoti,  mehnatni  muhofaza  qilish)ni 
hamda  ishlab  chiqarish  resurslarini  (mehnat,  moddiy,  texnika, 
moliya va boshqalar) qamrab oladi.  
 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin