Fanning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
Patologiya fanini o‘rganishda fiziologiya bilan odam anatomiyasi, biokimyo, mikrobiologiya va farmakologiya fanlarini materiallaridan keng foydalaniladi. Bu fanlardan olingan bilimlar prodyuser uchun nixoyatda ahamiyatli bo‘lib, ular yordamida kasalliklarni rivojlanish mexanizmi, uni davolash va oldini olish kabi muxum tushunchalarni bo‘lajak farmatsevt egallashi lozim. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi kursi:
- Odam organizmining asosiy tizimlari (Yurak qon tomir, nafas, endokrin, ayruv va x.k.) a’zolarini tuzilishi va funksiyasini;
- Xazm fiziologiyasi;
- Ichki muxit (gomeostaz) tushunchasi;
- Modda va energiya almashinuvi. Termoregulyasiya.
- Analizatorlarning tuzilishi va funksiyasi;
Biologik kimyo kursi:
- Organik moddalarning tuzilishi va xossalari;
- Organizmda kechadigan xayotiy jarayonlar (modda va energiya almashinuvi);
- Vitaminlar xillari, tarkibi va ahamiyati;
Mikrobiologiya kursi:
- Patogen va patogen bo‘lmagan mikroorganizmlar to‘g‘risida tushuncha;
- Immunokompitent sistema to‘g‘risida tushuncha;
- YUqumli kasalliklarni kechishi, davolash, oldini olish usullari;
Farmakologiya kursi:
- Dori moddalarini xillari ta’sirlanish mexanizmlari;
- Yurak qon tomiri kasalliklarini davolashda ishlatiladigan dori – darmonlar.
Dostları ilə paylaş: |