Sadok suvlikda joylashtirilgan hamda atrofi va pastki qismi to’rdan iborat bo’lgan, ko’p tomonlama qulayliklarga EGA bo’lgan, baliq etishtiriladigan yirik xaltadir



Yüklə 136,72 Kb.
səhifə2/5
tarix14.03.2022
ölçüsü136,72 Kb.
#53770
1   2   3   4   5
Qunduz Avezova Avkakultura

LAQQA BALIQ

  • Erta bahorda laqqalar jinsga qarab ajratiladi. Urg`ochi laqqani erkak laqqadan ajratib alohida saqlaydilar. Laqqa nerest oldindan ancha faol ovqatlanadi. Tabiiy nerest o’tkazish laqqalarning unchalik katta bo’lmagan hovuzdarda, maydoni 500-700 m2, hovuz tubi zich bo’lishi va balchiq bo’lmasligi kerak. Nerest subsrat sifatida, in qurish uchun tolning havo ildizi sifatida qurilib foydalaniladi. Ildizlarni o’zaro tutashtirib aylana hosil qilinadi. Aylana diametri 60-70 sm bo’ladi. Tol ildizini aylana qilish uchun qalinligi 6 mm bo’lgan sim bilan o’zaro tutashtiriladi. Nerestda jinslar nisbati 1:1 har ikkala jins vakillarini nerestdan oldin gipofizar inekstiya qilinadi. Karpsimonlar gipofizidan foydalaniladi. Inekstiya normasi quyidagicha: har bir killogramm og`irlik hisobiga 3 mg gipofiz preparati, 3 ml fizologik eritmaga eritiladi, so’ngra laqqalarga ukol qilinadi. Bu ishni bosh baliqshunos bajaradi. Gipofizar inekstiya ishlari bajarilgandan keyin bir sutka o’tishi bilan nerest boshlanadi, agar suv harorati 20-25 gradusdan pasayib ketmasa nerest 4-5 soat davom etadi. Shunisi ham borki ona laqqa o’z uvildirig`ini bitta inda emas bir nechta inda qo’yadi. Nerest paytida hovuz atrofida umuman shovqin bo’lmasligi kerak. Agar sharoitlar yaxshi tashkil qilinsa uvildiriqlarning otalanish darajasi 80-90 %, chavoqlar chiqishi 75-80 % ni tashkil qiladi. Laqqa embrionlarining inekstiya muddati 1700-1800 0 S/ soat. Inkubastiya davri tugashi bilan sadokdan inlar sug`urib olinadi. Inkubastiya o’tib bo’lishi btlan oradan 4 sutkadan keyin aralash oziqlanishga chavoqlar o’tadi. 10 sutkadan boshlab chavoqlar oziqlanishi faollashadi. Keyingi boqish ya’ni chavoqlarni malkiy (mayda baliqcha boqiladigan) hovuzlarga o’tkaziladi. Laqqa chavoqlari asosan mono kulturada o’stiriladi. Laqqa chavoqlari normasi 300000 dona gektargadir. Chavoqlar zooplankton bilan oziqlanadi va bir oyda 2-3 gramm bo’ladi. Yashovchanlik 75-80 % malkiy davri tugashi bilan molo davri boshlanadi. Laqqa mololari karp o’stirish hovuzlariga o’tkaziladi. Zichlik normasi 3-5 ming dona gektarga. Kuzga borib segoletkalar massasi 20-30 gramm bo’ladi.
  • Yashovchanlik 70 %. Qishda segoletkalar, karp va boshqa o’simlikxo’r baliqlar segoletkalari bilan birgalikda qishlash hovuzlariga o’tkaziladi. Chunki laqqa qishda oziqlanmaydi va yirtqichlik qilmaydi. Qishlash hovuzida 2-3 tonna gektarga yashovchanlik 35-100 %. bir yoshar laqqachalarni karp boqiladigan hovuzlarga qo’yib yuboriladi. Zichlik normasi 100-200 dona gektariga. Laqqa boqiladigan hovuzlardagi xashaki baliqlar (bistryanka, gambuziya, bichok, vobla) soni hisobga olinadi. Hovuz sharoitida ikki yashar laqqalar og`irligi 1.1- 1.2 kg gacha etadi.
  • b) Kanal laqqasi - Jctalurus punctatus.Sadokda yaxshi o’sadi, issiqsuv balig’i. Suv haroratining optimal ko’rsatgichi 26-290 S. Eng yaxshi o’sish 21-350 S gacha. Agarda suv harorati 350 S dan oshsa uning oziqlanishi sekinlashadi va hattoki o’ladi. Agarda suv harorati 210 S pasaysa kam oziqlanadi, kam o’sadi. Suv harorati 70 S tushganda umuman oziqlanmaydi. Sadoklarda kanal laqqasini o’tqazish suv harorati 100 S bo’lganda boshlanadi. Lekin suv harorati 270 S gacha ko’paytirilganda kanal laqqasi stressga tushadi, keyinchalik kasal bo’lib, so’ngra o’ladi. Agarda segoletkasi og’irligi 25 g dan past bo’lsa, unda suv harorati 150 S dan to 210 S gacha bo’lganda baliqlashtirish ishi boshlanadi. Odatga ko’ra yaxshi segoletkalar 15-20 sm uzunlikda, mahalliy bozorda 600-700 g laqqa xaridorgir bo’lsa, unda sadokga uzunligi 20 sm bo’lgan segoletkalar bilan baliqlantiriladi. O’zbekiston sharoitida kanal laqqachasi vegetatsiya davrida (210-230 kun) 800-1000 g bo’ladi. Iloji bo’lsa sadokni bir xil razmerdagi kanal laqqachasi bilan baliqlantirish lozim. Har bir sadokga (sadokning katta- kichikligiga qarab) 170-500 m3 norma hisoblanadi. Demak sadokning hajmi 1 m3 bo’lsa, to 500 ekz kanal laqqachasi quyiladi. Baliqshunos qancha kanal laqqachasi o’tqazishni mo’ljallaydi, eng yaxshisi siyrak 170-290 ekz / m3 gacha o’tqazadi. Suv aerastiyasiga e’tibor berish lozim. Sadokda 170 ekz / m3 dan kam o’tkazmang, chunki kanal laqqachalari o’zaro urishib bir- biriga qattiq jarohat etkazadi

Yüklə 136,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin