Sagdullayev s. Ganiyev a. Reja



Yüklə 14,15 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü14,15 Kb.
#185533
  1   2   3   4
Презентация1 samandar

IQTISODIYOT FAKULTETI MAVZU: O’zbekiston iqtisodiyotining tarkibi va jahon iqtisodiyotidagi o’rni

SAGDULLAYEV S.

GANIYEV A.

Reja

  • O’zbekiston iqtisodiyotining asosiy yo’nalishlari. Sanoat hamda qishloq xo’jaligi sohalari
  • O’zbekiston iqtisodining sohalardagi asosiy ulushi.
  • O’zbekistonning Jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni va so’nggi yillardagi faoliyati
  • Ozbekiston iqtisodiyoti raqamlarda

Oʻzbekiston ogʻir sanoat rivojlangan, yengil sanoat rivojlangan mintaqalardan biri sanalgan. Yetakchi tarmoqlari: Elektroenergetika sanoati Mashinasozlik Kimyo sanoati

Energetika iqtisodiyotining asosini yirik issiqlik elektr stansiyalari tashkil etgan shulardan: Sirdaryo DUK, Angren DUK, Novoangrenskaya GES, Toshkent DUK, Navoiy DUK va boshqalar; Chirchiq daryosidagi Chirchiq-Boʻzsuy GES kaskadi (Chorvoq GESi, Xodjikent GESi, Gʻazalkent GESi va boshqalar), Sirdaryodagi Farhod GESiAmudaryodagi Tuyamuyun irrigatsiya-energetika majmuasi va boshqalar. GAz sanoati ham yaxshi rivojlangan boʻlib hududdagi asosiy ishlab chiqarish hududlari Buxoro (Gazli va boshqa konlar) va Qashqadaryo (Muborak, Shoʻrtan) viloyatlari hisoblangan. Neft (Fargʻona vodiysi, Buxoro va Surxondaryo viloyatlari), qoʻngʻir (Angren) va qattiq (Surxondaryo viloyatidagi Shargʻun koni) koʻmir qazib olingan. Qoʻrgʻoshin- ruxvolfram — molibden va mis rudalari (Qoramazor konlari guruhi va boshqalar), oltin (Navoiy, Jizzax viloyatlari va boshqalar) qazib olingan.

"Shurtan gaz kimyo majmuasi"

Rangli (Toshkent viloyatining Olmaliq, Chirchiq tumanlari) va qora metallurgiya (Toshkent viloyatining Bekobod tumani) rivojlangan. Kimyo sanoatida paxtachilik uchun mineral oʻgʻitlar (azot va fosfor) ishlab chiqarish (Chirchiq, Qoʻqon, Samarqand, Fargʻona, Olmaliq, Navoiy) ayniqsa ajralib turdi; kimyoviy tolalar ishlab chiqarish (Fargʻona); plastmassa (Fargʻona, Jizzax va boshqalar), rezina buyumlar, maishiy kimyo va boshqalar. Mashinasozlikning asosiy tarmoqlari: qishloq xoʻjaligi (paxta yetishtirishni kompleks mexanizatsiyalash uchun mashina va mexanizmlar, paxta terish kombaynlari va boshqalar), traktorlar ishlab chiqarish, paxta tozalash va toʻqimachilik sanoati uchun asbob-uskunalar, qurilish va yoʻl mashinalari, elektrotexnika sanoati; aviatsiya, radioelektron va priborsozlik sanoati, kimyo va neft mashinasozligi rivojlangan. Asosiy markazlari: Toshkent, Samarqand, Namangan, Fargʻona, Andijon viloyatlari hisoblangan. Qurilish materiallari korxonalari sement, asbest-sement quvurlari, shifer, kulolchilik, devor materiallarini ishlab chiqargan (Bekobod, Oxangaron, Angren, Navoiy, Toshkent va boshqalar). Oʻz vaqtida Oʻzbekiston SSR hududida shlab chiqarish salmogʻiga koʻra eng yirik sanoat korxonlari yaratilgan[2]. Jumladan, oʻsha vaqtda 7 ta eng yirik korxonalar mavjud edi. Ular, Olmaliq togʻ kon metallurgiya korxonasi, Chrchiq elektro kimyo kombinati, Fargʻona azot zavodi, Naviy kimyo kombinati, Navoiy togʻ kon metallurgiya kombinati, Jizzax plastmassa turbalar zavodi, Toshkent qishloq xoʻjali mashinasozligi zavodlari sanalgan.


Yüklə 14,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin