Sahifalarda animatsiyalar hosil qilish. Dreamweaver dasturining asosiy oynalari, menyusi, komponentlari amaliy mashg’ulot rejasi



Yüklə 336,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix31.12.2021
ölçüsü336,74 Kb.
#49541
1   2   3   4
1-amaliy mashgulot

 

AMALIY QISM. 

Web sahifada “Xush kelibsiz” matni chapdan chiqib o`ngga harakatlanishi hamda brauzar 

oynasining ikki yoniga tegib qaytishi uchun quyidagi html kodini yozamiz: 

 

Xush kelibsiz 

Web  sahifada  harakatlanib  turuvchi  rasmni  joylashtirish  uchun  quyidagicha  html  kodini 

kiritish kerak bo`ladi: 



 

 

Bu  html  kodi  natijasida  brauzer  oynasida  chapdan  o`ngga  harakatlanuvchi,  Banner.jpg 

faylida tasvirlangan rasm paydo bo`ladi. 

 

Macromedia Dreamweaver dasturini ishga tushirish va uni sozlash. 

1.  Dreamweaver MX dasturini ishga tushiring (Pusk/Programmы/ Macromedia / Macromedia 

Dreamweaver MX). 

2.  Dastur ishga tushishi bilan yangi HTML-hujjat hosil bo’ladi. Ob`ektlar palitrasi (Insert)  va 

xususiyatlar paneli (Properties) ni toping. 

3.  Agar birorta palitra ekranda bo’lmasa, Window menyusidan foydalanib uni ekranga chaqiring. 



4.  Window  menyusidan  Insert   va  Properties  punktlari  oldidagi  belgini  olib tashlab,  Insert  va 

Properties panellarini yoping. 

5.  Window menyusidagi Others>History buyrug’ini tanlab, History panelini ekranga chiqaring. 

6.  Ekranning o’ng qismida bir nechta palitralardan tarkib topgan panel hosil buldi, lekin joriy 

vaqtda  faqat  History  palitrasi  faollashtirilgan  holos.  Boshqa  palitrani  faollashtirish  uchun 

sichqoncha tugmasini uning sarlavhasi ustida bosish kerak. 

7.  Insert va Properties palitralarini ekranga chiqaring. Buning uchun Window menyusidan avval 

Inserts buyrug’ini, so’ngra Properties buyrug’ini bajaring. 

8.  Dreamweaver MX dasturida yangi sayt yaratish tartibi: 

9.  Site menyusidan NewSite buyrug’ini bajaring. 

10. Advanced bo’limiga o’ting. Site Name maydoniga yaratiladigan sayt nomini kiriting. Masalan, 

My Site. 

11. Local Root Folder maydonida sayt papkasini ko’rsatish kerak. Maydon yonidagi papka rasmini 

sichqoncha yordamida ishlating. 

12. Ochilgan muloqot oynasidan sahifa fayllari saqlanadigan papkani tanlang. 

13. Papka ro’yxatidan Moi dokumentы papkasini tanlang. 

14. Sichqoncha yordamida yangi papka yaratish piktogrammasini ishlating. 

15. Papka nomini kiriting (lotin alifbosi harflari bilan ismingizni kiriting). Enter tugmasini bosing. 

16. Yangi papkaga kirish uchun uning ustida sichqoncha tugmasini ikki marta bosing. 

17. Soxranit tugmasini ishlating. Saytning lokal papkasi tanlandi. 

18.  HTTP  Adress  maydoniga  hech  narsa  kiritmang.  Enabled  Cache  dan  bayroqchani  olib 

tashlamang. 

19.  OK tugmasini bosing. Yangi sayt yaratildi. 

20. Site (sayt fayllari) oynasini ishga tushiring. Buning uchun Window menyusidan Site palitrasini 

tanlang. 

21. Sayt fayllari bilan ishlash uchun Windows dagi «Provodnik» oynasiga o’xshash oyna ochiladi. 

22. Yangi fayl yaratamiz. File menyusidan New File buyrug’ini bosing. 

23. Ekranning o’ng qismida yangi HTML-faylning piktogrammasi paydo bo’ladi va uning nomi 

Untitled 1.htm bo’ladi. 

24. Bu nomni index.htm ga o’zgartiring. Buning uchun sichqoncha tugmasini fayl nomi ustida ikki 

marta bosing. 

25. Saytimizning  barcha  grafik  ob`ektlari  uchun  yangi  papka  yaratamiz.  Buning  uchun  File 

menyusidan New Folder buyrug’ini bajaramiz va papkaga Images nomini beramiz. 

26. index.htm faylini oching. Buning uchun Site oynasidagi fayl nomi ustida sichqoncha tugmasini 

ikki marta bosing. 

27. Bir  vaqtda  kod  va  dizaynni  ko’rsatuvchi  muhitga  o’ting.  Buning  uchun  View  menyusidan 

Code and Design buyrug’ini bajaring. Sahifada hech narsa bo’lmasa ham HTML-kod sahifa 

haqidagi ayrim ma`lumotlarni o’zida saqlaydi. 

Hujjat oynasidagi  yopish  tugmasini  bosgan  holda,  HTML-fayl oynasini  yoping. Yuqoridan 

ikkinchi yopish belgisini ishlating, chunki birinchi tugma Dreamweaver dasturi oynasiga tegishlidir. 




Yüklə 336,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin