Dreamweaver MX dasturini ishga tushirish uchun quyidagi kadamlarni bajarish kerak: Pusk
Dasturning ishchi sohasini har qanday foydalanuvchi didiga va tajribasiga mos ravishda sozlab
Ob`ekt palitrasi (Insert) - turli xil tipdagi ob`ektlarni (rasmlar, jadvallar, maxsus
simvollar va boshqalar) sahifada tezda joylashtirish uchun xizmat qiladigan
tugmalarga ega;
Xususiyatlar palitrasi (Properties) - belgilangan matn yoki ob`ekt xususiyatlarini
ko’rsatadi va ularni tahrirlash imkonini beradi.
O’zgaruvchan palitralar (Floating Palettes)- oynalar, inspektorlar va palitralarni
umumiy bloka birlashtirish uchun xizmat qiladi.
Hujjat oynasi Dreamweaver MX dasturining asosiy oynasi hisoblanib, unda hujjatni yaratish
va tahrirlash jarayonini ko’rish mumkin; Hujjatning brauzer oynasida qanday ko’rinishini taxminiy
ko’rsatib turadi; Joriy loyixaga bog’liq bo’lgan turli xil ma`lumotlardan foydalanish imkonini beradi.
Ob`ekt palitrasi jadvallar, rasmlar, katlamlar va boshqa ob`ektlarni tezda joylashtirishga
mo’ljallangan tugmalardan tashkil topgan. Ob`ektlar palitrasini ochish\yopish uchun bosh menyudan
Window > Insert bo’limini tanlang yoki Ctrl+F2 klavishlar birligini bosing.
Ob`ektlar palitrasi quyidagi bo’limlarga ega:
Characters - maxsus simvollarni sahifaga o’rnatish va simvollarni tanlov asosida
o’rnatish imkonini beradi;
Common - rasm, jadval, Flash kliplari, Shochweve, Java apletlari va boshqa ko’p
ishlatiladigan ob`ektlar;
Forms - shakllar va boshqarish elementlarini yaratish;
Frames - sahifada ko’p qo’llaniladigan freymlar tuzilishlarini o’zida saqlaydi;
Head - sahifa sarlavhasi teglari: META, KEYWORDS va Base, Refresh va
boshqalar;
Xususiyatlar palitrasi sahifaning belgilangan elementlari xususiyatlarini ko’rish va tahrirlash
imkonini beradi. Ob`ektlarni belgilash nafaqat hujjatning asosiy oynasida, balki HTML-kod oynasida
ham bajarilishi mumkin.
Xususiyatlar oynasini ko’rish uchun bosh menyudan Window > Properties bo’limini tanlash
yoki Ctrl+F3 tugmalarini bosish kerak.
Ko’pgina xususiyat o’zgartirishlari shu vaqtning o’zida ob`ektda qo’llaniladi. (Ayrim
xususiyatlarni qo’llash uchun esa sichqoncha tugmasini xususiyatlar palitrasi sohasida bosish kerak.)
Birinchi marta xususiyatlar palitrasida ko’p foydalaniladigan ob`ekt xususiyatlari chiqadi.
Qo’shimcha parametrlarini chiqarish uchun esa o’ng tomondan, pastdagi uchburchak belgisini bosish
kerak.
Dostları ilə paylaş: