“qarama-qarshiliklarni plastik harakatga ko‘chishidir”.
Ommaviy bayram va tomoshalarga kelsak, bunday san’at doimo
qahramonona va romantik, poetik va obrazli epik mazmunli, monumental shaklga
ega bo‘lishi lozim. Bu san’at global masshtabli, falsafiy muloqot va katta poetik
ehtiroslar san’atidir. Davr kataklizmalari-uning asosiy voqeasi, tarix-bu vaqtning
harakat birligi, xalq-bosh qahramon bo‘lib xizmat qiladi.
Ommaviy tomosha yumoristik yoki satirik, fojiaviy yoki patetik (qattiq
hayajonga soluvchi) bo‘lib, u har doim hayotbaxshdir. Ommaviy tomosha hech
qachon pessemistik bo‘lmaydi. Optimizm-uning asosi, g‘oyasi, mag‘zi bo‘lib,
tarixiy taraqqiyot sari yuruvchi tarixiy davrni aks ettiradi. Uni «kichkina
odamning» taqdiri emas, balki xalqning taqdiri hayajonlantiradi.
Rejissyor A.D. Popov: -«Xalq ishtirok etadigan sahnalarni sahnalashtirish
rejissyordan katta tajriba, madaniyatni talab qilib, rejissyorlik mahoratining
imtihoni hisoblangan»,-deydi. Darhaqiqat, ommaviy bayramlar rejissyorlaridan
katta mas’uliyat talab qilinadi. Ommaviy bayramlar rejissyori ommaviy sahnalarni
ishlab chiqishi, katta guruhlar harakati parteturasini yaratishi, maxsus tayyorgarligi
bo‘lmagan ko‘p sonli qatnashchilar bilan ishlashi, ommaviy ta’sirchan
mizanssenalar shaklini qurishi asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Mizanssenalarni qurish jarayonida rejissorda katta vazifa turadi. U teatr
rejissyori singari ijroni faqat bir tomonga (sahnadan-tomoshabinga) emas, balki
mizanssenani to‘rt tomonga (stadion maydonida), (amfiteatr maydonida) barcha
tomonga mo‘ljallab qurishi lozim. Shu bilan birga, u, ko‘p ming sonli xalq
ommasini kerakli bloklarga bo‘lib, birlashtirib, ushbu kartina ichidan asosiy
voqeani «dramatik tugunni» ajratib ko‘rsata olishi lozim. «Bu borada kompozitsion
mahoratini oshirishda, mashhur rassomlar asarlaridagi ommaviy mizanssenalarni
o‘rganish juda ham foydalidir»,-deydi I.G.Sharoev. Masalan: Rembrandning
«Tungi dozor», Bryulovning «Pompeyning oxirgi kuni», Surikovning «Boyarinya
Morozova», Repinning «Krest yurishi», Kolvisning «Dehqonlar urushi»,
Mazerelning «Zamonamiz apokalipsisi», Riveroning ulkan freskali kompozitsiyasi
ommaviy mizanssenalarga qurilgan bo‘lib, bo‘lajak rejissyorlarda kompozitsiyani
tushuna oladigan didni vujudga kelishiga yordam beradi»
1
.
Ommaviy tomoshalarni sahnalashtirish jarayonida, rejissyor tomoshaning
umumiy montaj prinsipini tuzishda, nomerlar yaratish va h.k. da ijroning maskali–
obraz uslubiga duch keladi. Bu shartli personaj bo‘lib, o‘ziga xos xarakterning
bo‘rttirilgan chizgisiga ega bo‘ladi. Bu uslub sirkdagi masxarabozlar uslubiga
o‘xshaydi, lekin bu maska komik bo‘lishi shart emas. Bunday maska personaji–
allegorik funksiyani bajarib, Qahramon yoki Yovuz, Oshiq yoki Qurbon, Jangchi
yoki Ona obrazlari Komedii de Arte maskalar komediyasidagi kabi vazifani
bajaradi.
San’atkor ommaviy bayramlarda ko‘pincha senariydan kelib chiqqan holda
statistik ravishda qo‘llanilib, shartli maska–obrazi timsoli sifatida ishlatiladi.
Yakkaxon ijro etayotgan aktyor esa, xalq ommasi vakili sifatida qandaydir katta
insonlar guruhining tipik vakili, hamma darhol taniydigan «o‘z davrining
qahramoni» sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday holda tomoshada, yaxshisi, rol
ishtirokchisidan ko‘ra, voqealarning haqiqiy qatnashchisini, «tirik» odamni
chiqargan maqsadga muvofiqdir. Ommaviy bayramlarda ommaviy mizanssenani
qurish prinsiplari, omma bilan repititsiya o‘tkazish qonunlari haqida aytarli deyarli
o‘quv qo‘llanmalari yo‘q. Faqat an’anaviy teatrning atoqli arboblari
K.S.Stanislavskiy, V.E.Meyrxold, A.Ya.Tairov, Ye.B.Vaxtangov, N.P.Oxlopkov,
A.D.Popovlarning fikrlari bor. Shu bilan birga kinematografiyaning juda ham qiziq
tajribasi bor. Ommaviy bayramlar rejissyori mana shu mayda ma’lumotlardan
nazariy boyligi xazinasini to‘plashi mumkin. Ommaviy tomoshalar ustasi
baletmeyster
A.Obrant
quyidagicha
yozadi:
«Ommaviy teatrlashtirilgan
tomoshalar, dramatik spektakldan, hatto operadan anchagina katta bo‘lib, harakatni
tashkil qilish, plastikaning qoidalariga bo‘ysunadi. Agar tomoshaning ko‘p ming
sonli ishtirokchilari bir butun ritmga tushmasalar, vazifani birgalikda
angalamasalar, harakatlarni sinxron bajarmasalar, hech qanday rejissyor yaxshi
natijaga erisha olmaydi».
Obrazli mizanssena, plastik metafora ommaviy tomoshalar rejissyorining tili
bo‘lib, uning asosiy ta’sirchan vositasidir.
Masalan: 1983 yil Toshkentning 2000 yilligi bayram tomoshasidagi «Sharq
afsonasi» nomli sport-xoreografik kompozitsiyasida. Toshkent tarixi, unda bo‘lib
o‘tgan bosqinchilik urushlari, o‘zbek xalqining do‘stparvarlik g‘oyasi ilgari
surilgan. Bu kompozitsiyada ko‘p ming sonli ishtirokchilar yordamida frontal va
doiraviy mizanssenalar qurilib, obrazli hal etishga yordam bergan.
«Toshkent-do‘stlik shahri» blokida shahrimizda bo‘lib o‘tgan zilzila,
allegorik ruhdagi, metoforik mizanssenada namoyish etiladi. Ishtirokchilardan
tashkil qurilgan shahar xaritasi, zilzila ta’sirida darz ketadi. Bu daqiqada badiiy
fonda bong urayotgan Toshkent kuranti ham dars ketishi tasvirlanadi. Zilzila
oqibatlarini bartaraf etish uchun kelgan do‘stlarning yordamini metaforik
mizanssena orqali, ya’ni qo‘llarida kublar ushlagan gimnastlar, kublardan do‘stlik
ko‘prigini quradilar Bu ko‘prikdan yordam qo‘lini cho‘zgan mamlakatlar bayrog‘i
o‘rnatilgan (xalq timsolidagi) mototsiklchilar qo‘shiq sadolari ostida birin-ketin
o‘tadilar.
1992 yil 1 sentabrda Respublikamizning mustaqilligiga bag‘ishlangan
bayram tantanasida maydonga o‘rnatilgan ramziy Toshkent darvozalari bayram
g‘oyasiga hamohang ravishda tarixiy kechinmalarni, voqealarni ochib berishga
yordam beradi. Mana shu darvozalarning faol ishtiroki natijasida ommaviy
mizanssenalar
qurildi.
Ayniqsa
maydonga
karvonning
kirib
kelishi,
teatrlashtirilgan uslubda hal etildi. 1998 yil 1 sentabrdagi bayram tantanasida
«Sab’ai sayyor» blokida Alisher Navoiyning «Sab’ai sayyor» («Yetti sayyora»)
dostoni asosida kompozitsiyada yetti qasr, yetti iqlim, yetti malika raqsi mavzulari
ramziy 7 raqami, allegorik uslubda hal etilib, mamlakatimizning tarixi
teatrlashtirilgan uslubda mizanssenaning xaotik (qorishish) uslubida namoyish
etildi.
|