Sahna qonuniyatlari. Reja



Yüklə 195,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix01.01.2022
ölçüsü195,9 Kb.
#50250
1   2   3
Sahna qonuniyatlari

“qarama-qarshiliklarni plastik harakatga ko‘chishidir”. 

Ommaviy  bayram  va  tomoshalarga  kelsak,  bunday  san’at  doimo 

qahramonona va romantik, poetik va obrazli epik mazmunli, monumental shaklga 

ega  bo‘lishi  lozim.  Bu  san’at  global  masshtabli,  falsafiy  muloqot  va  katta  poetik 

ehtiroslar  san’atidir.  Davr  kataklizmalari-uning  asosiy  voqeasi,  tarix-bu  vaqtning 

harakat birligi, xalq-bosh qahramon bo‘lib xizmat qiladi.  

Ommaviy  tomosha  yumoristik  yoki  satirik,  fojiaviy  yoki  patetik  (qattiq 

hayajonga  soluvchi)  bo‘lib,  u  har  doim  hayotbaxshdir.  Ommaviy  tomosha  hech 

qachon  pessemistik  bo‘lmaydi.  Optimizm-uning  asosi,  g‘oyasi,  mag‘zi  bo‘lib, 

tarixiy  taraqqiyot  sari  yuruvchi  tarixiy  davrni  aks  ettiradi.  Uni  «kichkina 

odamning» taqdiri emas, balki xalqning taqdiri hayajonlantiradi. 

Rejissyor  A.D.  Popov:  -«Xalq  ishtirok  etadigan  sahnalarni  sahnalashtirish 

rejissyordan  katta  tajriba,  madaniyatni  talab  qilib,  rejissyorlik  mahoratining 

imtihoni  hisoblangan»,-deydi.  Darhaqiqat,  ommaviy  bayramlar  rejissyorlaridan 

katta mas’uliyat talab qilinadi. Ommaviy bayramlar rejissyori ommaviy sahnalarni 

ishlab chiqishi, katta guruhlar harakati parteturasini yaratishi, maxsus tayyorgarligi 

bo‘lmagan  ko‘p  sonli  qatnashchilar  bilan  ishlashi,  ommaviy  ta’sirchan 

mizanssenalar shaklini qurishi asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 

Mizanssenalarni  qurish  jarayonida  rejissorda  katta  vazifa  turadi.  U  teatr 

rejissyori  singari  ijroni  faqat  bir  tomonga  (sahnadan-tomoshabinga)  emas,  balki 

mizanssenani  to‘rt  tomonga  (stadion  maydonida),  (amfiteatr  maydonida)  barcha 

tomonga  mo‘ljallab  qurishi  lozim.  Shu  bilan  birga,  u,  ko‘p  ming  sonli  xalq 

ommasini  kerakli  bloklarga  bo‘lib,  birlashtirib,  ushbu  kartina  ichidan  asosiy 

voqeani «dramatik tugunni» ajratib ko‘rsata olishi lozim. «Bu borada kompozitsion 

mahoratini  oshirishda,  mashhur  rassomlar  asarlaridagi  ommaviy  mizanssenalarni 

o‘rganish  juda  ham  foydalidir»,-deydi  I.G.Sharoev.  Masalan:  Rembrandning 

«Tungi dozor», Bryulovning «Pompeyning oxirgi kuni», Surikovning «Boyarinya 



Morozova»,  Repinning  «Krest  yurishi»,  Kolvisning  «Dehqonlar  urushi», 

Mazerelning «Zamonamiz apokalipsisi», Riveroning ulkan freskali kompozitsiyasi 

ommaviy  mizanssenalarga qurilgan bo‘lib, bo‘lajak rejissyorlarda kompozitsiyani 

tushuna oladigan didni vujudga kelishiga yordam beradi»

1

.  


Ommaviy  tomoshalarni  sahnalashtirish  jarayonida,  rejissyor  tomoshaning 

umumiy montaj prinsipini tuzishda, nomerlar yaratish va h.k. da ijroning maskali–

obraz  uslubiga  duch  keladi.  Bu  shartli  personaj  bo‘lib,  o‘ziga  xos  xarakterning 

bo‘rttirilgan  chizgisiga  ega  bo‘ladi.  Bu  uslub  sirkdagi  masxarabozlar  uslubiga 

o‘xshaydi,  lekin  bu  maska  komik  bo‘lishi  shart  emas.  Bunday  maska  personaji–

allegorik  funksiyani  bajarib,  Qahramon  yoki  Yovuz,  Oshiq  yoki  Qurbon,  Jangchi 

yoki  Ona  obrazlari  Komedii  de  Arte  maskalar  komediyasidagi  kabi  vazifani 

bajaradi. 

San’atkor ommaviy bayramlarda ko‘pincha  senariydan kelib chiqqan holda 

statistik  ravishda  qo‘llanilib,  shartli  maska–obrazi  timsoli  sifatida  ishlatiladi. 

Yakkaxon  ijro  etayotgan  aktyor  esa,  xalq  ommasi  vakili  sifatida  qandaydir  katta 

insonlar  guruhining  tipik  vakili,  hamma  darhol  taniydigan  «o‘z  davrining 

qahramoni»  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Bunday  holda  tomoshada,  yaxshisi,  rol 

ishtirokchisidan  ko‘ra,  voqealarning  haqiqiy  qatnashchisini,  «tirik»  odamni 

chiqargan  maqsadga  muvofiqdir.  Ommaviy  bayramlarda  ommaviy  mizanssenani 

qurish prinsiplari, omma bilan repititsiya o‘tkazish qonunlari haqida  aytarli deyarli 

o‘quv  qo‘llanmalari  yo‘q.  Faqat  an’anaviy  teatrning    atoqli  arboblari 

K.S.Stanislavskiy,  V.E.Meyrxold,  A.Ya.Tairov,  Ye.B.Vaxtangov,  N.P.Oxlopkov, 

A.D.Popovlarning fikrlari bor. Shu bilan birga kinematografiyaning juda ham qiziq 

tajribasi bor. Ommaviy  bayramlar  rejissyori  mana  shu  mayda  ma’lumotlardan 

nazariy  boyligi  xazinasini  to‘plashi  mumkin.  Ommaviy  tomoshalar  ustasi 

baletmeyster 

A.Obrant 

quyidagicha 

yozadi: 

«Ommaviy  teatrlashtirilgan 

tomoshalar, dramatik spektakldan, hatto operadan anchagina katta bo‘lib, harakatni 

tashkil  qilish,  plastikaning  qoidalariga  bo‘ysunadi.  Agar  tomoshaning  ko‘p  ming 

sonli  ishtirokchilari  bir  butun  ritmga  tushmasalar,  vazifani  birgalikda 



angalamasalar,  harakatlarni  sinxron  bajarmasalar,  hech  qanday  rejissyor  yaxshi 

natijaga erisha olmaydi». 

Obrazli mizanssena, plastik metafora ommaviy tomoshalar rejissyorining tili 

bo‘lib, uning asosiy ta’sirchan vositasidir. 

Masalan: 1983 yil Toshkentning 2000 yilligi bayram tomoshasidagi «Sharq 

afsonasi»  nomli  sport-xoreografik  kompozitsiyasida.  Toshkent  tarixi,  unda  bo‘lib 

o‘tgan  bosqinchilik  urushlari,  o‘zbek  xalqining  do‘stparvarlik  g‘oyasi  ilgari 

surilgan.  Bu  kompozitsiyada  ko‘p  ming  sonli  ishtirokchilar  yordamida  frontal  va 

doiraviy mizanssenalar qurilib, obrazli hal etishga yordam bergan. 

«Toshkent-do‘stlik  shahri»  blokida  shahrimizda  bo‘lib  o‘tgan  zilzila, 

allegorik  ruhdagi,  metoforik  mizanssenada  namoyish  etiladi.  Ishtirokchilardan 

tashkil  qurilgan  shahar  xaritasi,  zilzila  ta’sirida  darz  ketadi.  Bu  daqiqada  badiiy 

fonda  bong  urayotgan  Toshkent  kuranti  ham  dars  ketishi  tasvirlanadi.  Zilzila 

oqibatlarini  bartaraf  etish  uchun  kelgan  do‘stlarning  yordamini  metaforik 

mizanssena orqali, ya’ni qo‘llarida kublar ushlagan gimnastlar, kublardan do‘stlik 

ko‘prigini quradilar Bu ko‘prikdan yordam qo‘lini cho‘zgan mamlakatlar bayrog‘i 

o‘rnatilgan  (xalq  timsolidagi)  mototsiklchilar  qo‘shiq  sadolari  ostida  birin-ketin 

o‘tadilar. 

1992  yil  1  sentabrda  Respublikamizning  mustaqilligiga  bag‘ishlangan 

bayram  tantanasida  maydonga  o‘rnatilgan  ramziy  Toshkent  darvozalari  bayram 

g‘oyasiga  hamohang  ravishda  tarixiy  kechinmalarni,  voqealarni  ochib  berishga 

yordam  beradi.  Mana  shu  darvozalarning  faol  ishtiroki  natijasida  ommaviy 

mizanssenalar 

qurildi. 

Ayniqsa 

maydonga 

karvonning 

kirib 


kelishi, 

teatrlashtirilgan  uslubda  hal  etildi.  1998  yil  1  sentabrdagi  bayram  tantanasida 

«Sab’ai  sayyor»  blokida  Alisher  Navoiyning  «Sab’ai  sayyor»  («Yetti  sayyora») 

dostoni asosida kompozitsiyada yetti qasr, yetti iqlim, yetti malika raqsi mavzulari 

ramziy  7  raqami,  allegorik  uslubda  hal  etilib,  mamlakatimizning  tarixi 

teatrlashtirilgan  uslubda  mizanssenaning  xaotik  (qorishish)  uslubida  namoyish 

etildi.  

 




Yüklə 195,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin