Sahnalashtirish faoliyati vositasida bolalarda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#179303
1   2   3   4
PDF‑документ

Key words:
stage activity, creativity, acting ability, dramatization, costumes,
role, director, theatrical performance, image, children's theater.
Sahnalashtirish faoliyati rivojlantirish vositasi sifatida.
Ijodkorlik qobiliyati (ijodkorlik) - bu insonning ongida va xatti-harakatlarida
nazarda tutilgan , yangi ma’lumotlar-maxsulotini yaratib, boshqalarga ulashishiga
aytiladi. Ushbu tushunchaga ko'ra, nafaqat rasm, mashina, nazariya yaratilishi, balki
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 1
525
www.openscience.uz


insonning shaxsiy rivojlanishining barcha faktlari xam yaratuvchi sifatida qaralishi
mumkin. Ba'zi tadqiqotchilar, "ijodkorlik" atamasini qisqartirib, bilimga oid
faoliyatni,ya’ni muammoni yoki voqeani yangi yoki noan’anaviy tarzda ko’ra olishni
o’z ichiga olgan. 
Zamonaviy psixologiya va pedagogika fani ma’lumotlarni o’z ichiga oladi,
bunda san’atning barcha turlari, nafaqat bolalarning badiiy qobiliyatlarini, balki
“inson faoliyatining barcha sohasida amalga oshadigan”- ijodiy qobiliyatini
rivojlantiradi. Bola san'atga qanchalik erta kelib qolsa, rivojlanish jarayoni ham
effektiv bo'ladi.
Ma'lumki, teatr hayotning ko’rgazmali shaklining badiiy aksi bo’lib, obrazlar
orqali dunyoni qabul qilishga asoslanadi.
Teatrda ma'no va mazmunnni ifodalashning o'ziga xos vosita, aktyorlar o'yinida
paydo bo'ladigan sahna asaridir. Biroq bolalarni asosiy estetik ta'limi sohasida
musiqiy-teatr faoliyati eng kam rivojlangan yo'nalish bo'lib qolmoqda.
Tabiatga ko'ra, teatr san'ati bolalarning rolli o'yinlariga yaqin,yani bolalar
jamoasi faoliyatiga. Bolalar o'yinlari va teatrning eng muhim komponenti 
rol bo’lib
 
 
,

atrof-muhitni o'rganish va anglashning badiiy aksi. Ushbu jarayonlarni tashkil
qilishning shakllaridan biri - 
o'yin 
- ya’ni rol ijrosi va aktyorlik.
Sahnalashtirish mashg’ulotlarining musiqiy komponenti teatrning taraqqiyoti va
ta'limiy salohiyatini kengaytirishdir, emotsional effektni kuchaytirishda bola dunyoni
hiss qilishi va kayfiyatiga ta’sir etishi, shuningdek musiqa tilining fikri va hissiyoti,
teatrda mimika va jestga qo’shiladi. Bunday holatlarda bolalar sensor-perspektiv
analizatorlarining(kuzatuvchi,eshitish,xarakatli) hajmi va miqdori ortadi. Bunday
holda bolalarda hissiy-perseptual analizatorlarining soni va hajmi (vizual, eshitish,
vosita) ortadi.
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 1
526
www.openscience.uz


Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilari “rol oynash”, “qo'shiq aytish” va
“raqsga” tushishlarga tabiiy moslashadilar, teatrlashtirilgan va musiqiy sahna
ko'rinishlarini qabul qilish orqali bolada katta qiziqish uyg'otib, unda ishtirok etishlari
xohish-istagini bildiradi. Teatr va musiqa ijodiyoti bolalar ehtiyojlarni qondirish bilan
muammolardan ozod qiladi, u quvonchli daqiqalar va katta zavqni his qiladi. Rol
ijrosidagi matn va musiqiy qo'shiq so'zlari hissiy tizimlar bilan bog'langanligi
tufayli,bola matnlar mazmunini tushuna boshlaydi va ijro jarayonida qo'shilishi,
sahnaga qarashi, xatto "o'zi" ga ham qarash tajribasini egallashga, uni tuzatishga va
uni baholashga o’rganib boradi. 
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarning ijodiy faolligini rivojlantirish.
Shunday qilib, sahnalashtirish faoliyati orqali bolalar ijodiy qobiliyatini va bola
shaxsini kompleks rivojlanish bilan bog'liq qator vazifalarni hal qilishga yordam
beradi. Aynan:
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 1
527
www.openscience.uz


- tarbiyalanuvchilar aktyorlik ifoda vositasi va teatr xaqidagi dastlabki
bilimlarini shakllantirishga yordam berish; 
-tarbiyalanuvchilar mustaqil musiqiy-teatr faoliyati talablarini rivojlantiradi;
- tarbiyalanuvchilarda teatr san’atiga bo’lgan qiziqishlari o’yg’onadi;
- atrofdagi xodisalarga bo’lgan shaxsiy – yahlit estetik munosabatlarini
shakllantiradi;
-diqqatni, xotirani, xayolotni, fikrlashni, nutqni, hissiy va ixtiyoriy sohani,
intellektual, musiqiy va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi.
Yuqorida sanab o’tilgan vazifalardan tashqari adabiyot, musiqa, teatrga bo’lgan
qiziqishlarini sahnalashtirish faoliyati orqali uyg'otadi, ma’lum hissiyotlarni o'yin
mahorati orqali mujassamlashtiradi, yangi obrazlarni yaratishga va fikrlashga
undaydi. Teatr bolaning hissiy dunyosiga katta ta'sir ko'rsata oladi. Bugungi kunda
bolalarda diqqat va nutq, ixtiyoriy xatti-xarakatlari, xotirasining yetarlicha
rivojlanmagani koplab ota-onalar, psoxologlar va tarbiyachilarni o’ylantirmoqda.
Bola tilidan bayon etish, fantaziyalash,o’ynash orqali- bolaning qisiqligini yechish,
erkin emotsional bo’lishining eng qisqa yolidir. Bu barcha ishlarni sahnalashtirish
yordamida bajarish mumkin.
Shunday qilib, bevosita sahnalashtirish faoliyatida bolaning teatrlarga borishi,
bolalar spektakli va namoyishlarini tomosha qilibgina qolmasdan teatrlashtirilgan
faoliyatda ishtirok etishi, teatrlashtirilgan to’garaklarga va mashg’ulotlarga borishini
tavsiya qiladi. 
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda
bugungi kunda ko’plab rivojlantiruvchi dasturlar yaratilmoqda.Ular bunday holatlarni
o’zlashtirish uchun aniq mazmunga ega, o’quv materialini o’z ichiga oladi:
- Bolalar oddiy musiqiy-sahnaviy bilimlarini ifodalay olishi (improvizatsiya,
fantaziya, etyud) va aktyorlik mahorati vositasi orqali yonalishni olish.
- Maxsuldorlik faoliyatda ushbu bilimlarni rivojlantirsh va mustaxkamlash,
aynan musiqiy- teatrlashtirilgan namoyishlarda amalga oshadi.
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 1
528
www.openscience.uz


- Teatr san’atining paydo bo’lishi va tashkil topishi, shuningdek musiqiy
teatrlar xaqida dastlabki bilimlari shakllanishi.
Mashg’ulotlarning mazmuni va qoidasi; individual va jamoaviy harakatlariga
o'rgatishda bolalarni atrofdagi haqiqatni his qilishi, uni tahlil va nazorat qilish;
bolalarning aktyorlik ifoda vositasi asosida pantomimik va og'zaki hissiyotlarga va
verbal-emotsional improvizatsiyaga asoslangan, shuningdek, musiqiy- sahna
faoliyatida vokal-xor va musiqiy-ritmik komponentlarini o’zlashtirishi; so’z omonligi
va sahna nutqi ko’nikmalarini egallashi,aktiv ijodiy unumdorlik faoliyatiga qamrab
oladi.
Bolalarning badiiy-ijodiy faoliyatini tuzishda maktabgacha ta’lim
muassasalarining guruhlarida xar –xil burchaklar tashkil qilingani ishni
osonlashtiradi( musiqiy, teatrlashtirilgan burchaklar va x.k.) 
Taniqli musiqachilar, rassomlar, san'atkorlarning ijodiy mahoratini namoyish
etish orqali, tabiyiki bolalar ijodiy shiddati va qiziqishini namoyon eta boshlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyachisiga mustaqil ijodiy faoliyatni
boshqarishda bevosita koplab usul va uslublar tavsiya etilyapti, shuningdek turli
hildagi sahnaviy mashg’ulotlar jarayonida bolalar bilan ishlash shakli xam berilyapti.
Teatr faoliyati bo'yicha mashg'ulotlar mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- spektakllarni oldin va keyin tomosha qilib suhbat qurish va bolalar teatrlariga
tashrif buyurish;
- mashg’ulotlarga o'yin-dramatizatsiyani kiritish;
- turli ertak va inssenirovkalarni tayyorlsh va oynash;
-ifodali ijro shakllanishi uchun mashqlar ( verbal va noverbal);
- bolalarning ijtimoiy-emotsional rivojlanishi maqsadida mashqlar bajarish.
Sahnalashtirish faoliyati mashg’ulotlarining mazmuni nafaqat asarning adabiy
matni bilan tanishish, balki mimika, xarakat, kostyum, mizanstsensa(spektaklining
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 1
529
www.openscience.uz


ayrim paytlarida dekoratsiya va aktyorlarning joylanishi),imo-ishora, ya’ni “belgilar”,
ifodali nutqda rol ijro etishdan iborat.
Teatr faoliyatidagi mashg'ulotlar bir qator funktsiyalarni bajaradi: bilim, ta'lim
va taraqqiyot. Ularning vazifasi nafaqat o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish. Ushbu
vazifani olib borishning mazmuni, shakllari va usullari bir vaqtning o'zida uchta
asosiy maqsadni amalga oshirishi kerak:
- nutq va teatrlashtirilgan qobiliyatlarni rivojlantirish;
- ijodkorlik muhitini yaratish;
- bolalarni ijtimoiy va hissiy jihatdan rivojlantirish.
Teatr faoliyatini tashkil etishda tarbiyachi katta rol o'ynaydi, usbu jarayonni
mohirlik bilan boshqaradi. Tarbiyachi nafaqat ifodali so’zlashi yoki o’qib berishi
kerak, balki qarashni, ko'rishni, tinglashni va eshitishni xam bilishi lozim, ammo har
qanday “obrazga kirishish”ga xam tayyor bo’lishga majbur, yani aktyorlik mahoratini
egallagan bo’lishi va rejisyorlik malakalariga ega bo’lishi shart. Aynan shu
mahoratlar ijodiy potensialni oshiradi va bolalarning teatrlashtirilgan faoliyatini
o’zlashtirishga yordam beradi. 
Mashg’ulotlar jarayonida tarbiyachi bolalarga hech qaysi holatda, hech qanday
bosim, taqqoslash, baho berish, maxkumlikni qo'llashi mumkin emas. Aksincha,
bolalarga gapirish, ichki faoliyatni ko'rsata olish imkoniyatini yaratib berish kerak.
Pedagog o’zining aktyorlik va erkinlik mahorati bilan tortinchoq bolani sahnaga
chiqishdan tomoshabinga aylantirib qo’ymasligini nazorat qilishi shart. Tarbiyachi
bolani “sahnaga” va ijro jarayonida xato qilishdan, qo’rqib chiqishdan, qo’rqishiga
yo’l qoymasligi kerak. Bolalar jamoasi “artist” va “tomoshabinlar”ga bo’linadi,
ammo doimiy sahnada ijro etuvchi, doimiy tomoshabinlarga tomosha ko’rsatuvchi
bo’lishi mumkin emas, yani bolalar rollari bilan xam almashib turishlari kerak. Teatr
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 1
530
www.openscience.uz


faoliyatidagi mashg'ulotlar hayotdan olingan mavzularni mustaqil improvizatsiya
qilishi, ertaklar, sahna ko’rinishlari va tasvirlar uchun rol o'ynashini o'z ichiga olishi
mumkin. Sahnalashtirish faoliyati ikki yonalishda tashkil etiladi:
1. Bolalar ijodiy mashqlarni bajarish jarayonida aktyorlik asoslarini egallaydilar;
2. Bolalar xar xil turdagi teatr san'atiga xos xarakterda bo'lgan texnik usullarni
o'zlashtiradilar.
Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarning ijodiy rivojlanishi teatr san'ati bilan
tanishishning tizimli va shaxsiy ahamiyatiga ega bo'lgan jarayonda amalga oshiriladi.
Bolaning shaxsiy tajribasi asosida mavzu materialining izchil murakkabligini talab
qiladi, bu esa bolaning ko'p qirrali teatr dunyosiga kirishini ta'minlaydi.
Sahnalashtirish faoliytida mashg’ulotlar kompleksining amalga oshish jarayoni
quyidagi vazifalarda o’z echimini topadi:
- Tarbiyalanuvchining mustaqil ijodkorligi va ijodiy qobiliyatini rivojlanishi;
- Turli ko’rinishdagi ijodiy faoliyatga qiziqishini tarbiyalashi;
- Improvizatsiya malakalariga ega bo’lishi;
- Nutq faoliyatining shakli va funktsiyasi, barcha komponentlarning rivojlanishi;
- Bilish jarayonlarini takomillashtirishi.
Barcha bolalarning biror sahna asarini, ko’ngil ochar bayramlarga tayyorlanishi
uchun turli uslublar tavsiya etiladi: bolalarni xoxshiga ko'ra rollarni tanlash, eng
qo'rqoq va uyatchang bolalarni asosiy rollarga tayinlash, rollarga kartochkalar
bo'yicha taqsimlash (bolalar sxematik tarzda personaj rasmi tushirilgan kartani
tarbiyachining qo'lidan oladilar), rollarni juftlik bilan ijro etish.
Mashg’ulotlar mobaynida tarbiyachi bolalarning fikrini va javoblarini eshta
olishi kerak, agarda bola javob bera olmasa undan izohni so’rashni keragi yoq, undan
ko’ra to’g’ri personaj xarakatiga o’tish lozim; asar qaxramoni bilan to’qnshganda
bola kirishib olishiga va u bilan suhbatlashishi uchun vaqt berish darkor, yakuniy
ishda esa xar xil yollar bilan bolaning quvonchini oshirish kerak. 
Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishning effekti quyidagi usullar bilan amalga
oshiriladi: 

muammoni qo’yish yoki muammoli vaziyatni yaratish; 

kreativ maydonni yaratish; 

bir o’yindan ikkinchi o’yinga o’tishi, bunda oddiydan kora ijodiy
murakkabroqga o’tish; 

mashqlar, etudlar, shunday qilib, teatrlashtirilgan faoliyatda tashabbus,
moslashuvchanlik va fikrlashning mustaqilligi, bolalar sahna ijodiyoti
rag'batlantiriladi.
Bolalar ijodkorligini rivojlantirish quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
bolalarga berilgan ijodiy vazifani bajarish; ijro jarayonida muammolarni hal qilish;
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 1
531
www.openscience.uz


bolalar uchun ijodiy maydonni yaratish; o’yin jarayonida mashqlarni puxta o’rgatish ;
etudlarni bajarish.
Shunday qilib, teatrlashtirilgan faoliyatda tashabbus, moslashuvchanlik va
fikrlashning mustaqilligi - bolalar ijodiyotining faoliyati bo’lib, ushbu faoliyat
tarbiyachi tomonidan rag'batlantiriladi. 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin