Yuqoriga - uzoqqasakrash, yugurib kelayotganda bajariladi va uchishda oldinga tez harakatlanish bilan xarakterlanadi. Bunday sakrashlarda tayanch oyoq bilan itarilish qarshiliksiz bajarilishi bilan o'ziga xos bo'lib harakterga ega bo'lmaydi (siltanib sakrash bilan solishtiring), polga tayanch oyoq uchi bilan tushib keyin oxista oyoq kaftiga tushiladi. Itarilishning boshida yelkalar orqaga ketmasdan oldinga intiladi. Qo'l bilan siltash harakatlari ham vertikal bo'yiab yuqoriga emas, balki uchish tomoniga qaratiladi. Siltash esa siltanib sakrashdagi bilan solishtirganda alohida e'tiborga ega emas.
Qadamlab sakrash- yuqoriga uzoqqa sakrashga xos turdir. Ular oldinga, yonga va orqaga bajarilishi mumkin. Oldinga qadamlab sakraganda gimnastikachi qisqa «portlovchi» yugurib kelishdan bir oyoqda itarilib, to'siqlardan oshib sakrash kabi tayanchsiz oyoqni oldinga - yuqoriga yo'naltiradi. Qo'llar bilan siltash harakatlari nisbatan erkin harakterga ega va sakrashning tashqi bezatilishiga bog'liq. Gimnastikachi uchish paytida oyoq-larini keng ochadi va imkoni boricha uchish holatini ushlab turishga harakat qiladi. Qo'nish siltanuvchi oyoqqa, ifodali amortizatsiya va oldinga harakatlanishni saqlagan holda bo'ladi. Oddiy sakragandan oyoqlarni maksimal darajada ochish bilan bajariladigan shpagat sakrash eng samaralichidir.
Qadamlab sakrash juda ko'p modellariga ega: attityude sakrash, oyoqqa tepib, bukib va yozib sakrash. Shpagat bilan halqa sakrash xarakterlidir. (20-rastri). Bunday harakt nafaqat sakrash tayyorgar-ligini a'lo darajada bo'lishini, balki yaxshi rivojlangan faol egiluv-chanlikni talab qiladi.
20-rasm Murakkab sakrashlar yuqorida ko'rilgan sakrash turlarining ba'zi bir belgilarini o'z ichiga oladi. To'g'risini aytganda murakkab sakrashga yugurib kelish, oyoq bilan siltash, oyoqlarni almashtirish, uchishda burilish va boshqa belgilarni o'z ichiga olgan xatlab sakrashni misol qilish mumkin. Murakkab sakrash darajasiga oyoq holatini almashtirish, burilish yoki boshqa murakkablashgan harakatlarni o'z ichiga oladigan qadamlab sakrashni kiritish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
Бирюкова Л. Хореографическая подготовка в спорте. Киев: КГИФК, 1990.
Бирюк Э.В., OvchinnikovaN.A. Хореографическая подготовка в спорте. Киев: КГИФК, 1990.
Борбова Г.А. Художественная гимнастика в школе.-М.: FIS, 1984.
Венгерова П.Н. Федорова О.С. Средства классического экзерсиса на уроках хореографической подготовки в сложно-координационных видах спорта. O'quv-uslubiy qo'llanma -SPb.:SPbGAFK,2000.
Вербова З.Д. искусство произвольных упражнений. -М.: FIS, 1967.
Гавердовский Ю. Техника гимнастических упражнений- М: Terra-sport, 2002.
Karimov М.К. Xoreografiya mashqlari va badiiy gimnastika. O'quv qo'llanma. T.:2003.
Каримов М.К. Упражнения хореографии, художественной гимнастики и народные игры. O'quv qo'llanma. Т.:2005.