3-qism: Har bir savol 5,1 balldan baholanadi. 26. 1 dan 100 gacha bo`lgan sonlar
yig`indisini toping.
(1+2+3+4+...97+98+99+100 ni hisoblang)
A) 5000 B) 4080 C) 5050 D) 1000
27. Abdurahmon daftariga 1 dan 100 gacha
bo`lgan sonlarni yozdi. (1 ham 100 ham
kiradi). Uning yozgan barcha raqamlari
yig`indisini toping.
A) 800 B) 881 C) 900 D) 901
28. 0; 3; 4; 5; 6 raqamlaridan, raqamlari
har xil bo`lgan nechta besh xonali toq son
tuzish mumkin?
A) 36 ta B) 30 ta C) 306 ta D) 108 ta
29. 570:(89-531:x)=19 tenglamani yeching.
A) 8 B) 9 C) 10 D) 12
30. Uch o`rtoq baliq oviga borishibdi. Ular
ancha baliq ovlab bir savatga solishibdi va
alohida-alohida bo`lib dam olishibdi.
Ozgina vaqtdan keyin birinchi bola
uyg`onib ovlangan baliqlardan o`zini
haqqini olib ketmoqchi bo`libdi. Teng
uchga bo`laman desa bitta ortiq emish.
Haligi bola bitta baliqni suvga tashlabdi va
qolgan baliqlarni teng uchga bo`lib o`zini
haqqini olib ketibdi. Yana ozgina vaqtdan
keyin ikkinchi bola uyg`onibdi. Birinchi
bo`lib man uyg`ondim deb o`ylabdi va u
ham o`zini haqqini olmoqchi bo`libdi. Bitta
baliqni suvga tashlab, qolganini teng uchga
bo`lib bir qismini ya`ni o`zini haqqini olib
ketibdi. Bularni uyg`onganidan xabarsiz
qolgan uchunchi bola ham uyg`onib bitta
baliqni suvga tashlab qolganini teng uchga
bo`lib bir qismini ya`ni o`zini haqqini olib
ketibdi. Shundan so`ng savatda oltita baliq
qolib ketibdi. Bolalar hammasi bo`lib
nechta baliq ovlashgan?
A) 120 ta B) 94 ta C) 25 ta D) 31 ta
TEST 4-sinflar uchun tuzildi Test tuzuvchi: “Salimov akademiyasi” ning
THE SCHOOL OF MATHEMATICAL
ACADEMY
xususiy maktabi
MATEMATIKA fani o’qituvchisi - Z.N.Hamdamov