Salqin saharlarda,bodom gulida, Binafsha labida,yerlarda bahor



Yüklə 9,8 Kb.
tarix19.04.2023
ölçüsü9,8 Kb.
#100558
ssenariy

Salqin saharlarda,bodom gulida,


Binafsha labida,yerlarda bahor
Qushlarning parvozi, yellarning nozi
Bahmal vodiylarda,qirlarda bahor.
Assalomu alaykum, bugungi tadbirimiz sababchilari munis va muhtarama ayollar, aziz va mehribon ustozlar.Fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor barchamizga muborak bo‘lsin. Ayollarimiz shunday baxtga musharraf ekanlarki, yasharish yangilanish fasli bo‘lmish bahor faslida ularning bayramlari Respublikamiz bo‘ylab keng nishonlanadi. Bayram kayfiyatini ulashish maqsadida bolajonlar bilan bugun tabdir kechasini uyushtirdik, marhamat bayram ishtirokchilari bo‘lmish 2-sinfni davarmizga taklif etamiz
1. Qo‘shiq sadolari ostida kirib kelishadi

2. Husn-u malohatning tengsiz timsoli,


Farzand baxtin ko’rish o’y-u xayoli.
Farishtaga o’rnak oydek jamoli,
Aziz mukkaramsan-o’zbek ayoli.
Sen uchun farzandning baxti bo‘lsa bas
O’tkinchi dunyoni qilmaysan havas.
Har kiygan libosing malaklarga xos
Muqaddas, azizsan- o’zbek ayoli.
Hech bir bayramni tabrik va she'rlarisiz tasavvur eta olmaymiz.
Bugun nafaqat onajonlarimiz bayramini, balki, bahoring kirib kelganligini ham nishonlamoqdamiz. Shu munosabat bilan yigit-qizlarimizdan bugungi shodiyona tabrik she'rlarini tinglasak.
3.Oyim yopar shirmoy non,
Men ham qarab turmayman,
Gul solaman xamirga,
O‘t yoqaman tandirga.
Mehnat qilgach, albatta,
Sindirib katta-katta—
Yeyilganda shirmoy non,
Men ham qarab turmayman.
Qizlarimiz ijrosida Xorazmcha ,,Non yopaman‘‘ kuyiga raqs.
4. Onajonlarimizga bag‘ishlangan hikmatli so‘zlar, maqollar marhamat.
5.Yurakcha kuyi
6. Yigitlar ijrosida raqs
7. Ona haqida monolog
8.Qizlar raqsi(turkcha)
9.Sahna ko‘rinishi (2 olgan bola)
10. Havolarga sochilmoqda
Oromijon bir atir,
Boychechaklar ochilmoqda
Tuproq yorib qaydadir
Dilbar qizlarimiz ijrosida Boychechagim raqsi.
11.Har bir insonni ONA voyaga yetkazadi.Xatto buyuk insonlarni ham ONA dunyoga keltirgan.G’azal mulkining sultoni Alisher Navoiyni ham ONA dunyoga keltirgan.Alisher Navoiyni onasi uchun atalgan she’rni O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov yozgan.
Alisherning onasi
Bilmam qanday ayol bo’lgan
Alisherning onasi
Balki unung aqliga ham
Lol qolgan zamonasi.
Balki uning ko’zlarida
Bo’lgan og’ir bir hayol.
Balki g’amgin bir zotdir u,
Balki sho’hchan bir ayol.
Balki buyuk farzandiga
Terib kelgan chechaklar.
Balki tunlar unga bedor
Aytib bergan ertaklar.
Mayliga, u kim bo’lmasin,
Yolg’iz bir so’z ma’nosi:
Alisherning onasi u,
Navoiyning onasi.
12. O'g'il bolalar ijrosida lazgi kuyiga raqs.
13. Tadbirimizga lirik chekinish kiritamiz . Qiziqarli o‘yin o‘tkazamiz , bunda onajonlarimiz ishtirok etadi. "Ona farzandini qanchalik yaxshi biladi "keling tekshirib ko‘ramiz.
13. Bu mening onam qo‘shiqi yangraydi.
14. Ota onalarga so’z
Sharaf tojini istama,onang roziligini izla.
Ona –quyosh,uning mehr tafti hech qachon sovutmaydi.
Onalar haqida qancha gapirmaylik qanchalik e’zozlamaylik shuncha oz.Bayramingiz muborak bo’lsin,aziz va mehribon buvijonlar,onajonlar hamda opa-singiljonlar!Baxtimizga hamisha sog’-omon bo’ling. Chehrangizdan quvonch, yuzingizdan doimo tabassum, mehr to’la ko’zlaringizdan baxt ,shodlik yog’ilib tursin.
Aziz onalar va opa-singillar bugungi 8-martga atalgan kechamiz ham o’z nihoyasiga yetdi.
E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 9,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin