Samaradorligini



Yüklə 437,95 Kb.
səhifə24/27
tarix31.08.2022
ölçüsü437,95 Kb.
#63372
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
370-иш режа

NIZOMI



    1. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’min1ash maqsadida tashkil etiladigan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkaziladigan bir martalik tanlov tartibini belgilaydi.

  2. “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida o‘tkaziladigan tanlov (bundan keyingi o‘rinlarda — tanlov deb yuritiladi) talaba- yoshlar uchun eng ulug‘, eng aziz ayyom, vatanimiz mustaqilligining 30 yilligini katta tayyorgarlik bilan kutib olish, bu qutlug‘ sananing mohiyati va ahamiyatini, xalqimizning fidokorona mehnati, ezgu orzu-intilishlarini ko‘rsatib beradi.

  3. Tanlovni oliy ta’lim muassasalari doirasida tashkil etish va o‘tkazish jarayoni oliy ta’lim muassasalari Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori va bo‘lim boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.



IL Tanlovning maqsadi va vazifalari


  1. Tanlovning asosiy maqsadi — iqtidorli, talantli talaba-yoshlarlarning keng imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, targ‘ib qilish, o‘z qobiliyatlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda izlanuvchan va mehnatsevar yoshlarni qo‘llab-quvvatlab, imkoniyatlar yaratishdan iborat.

  2. Tanlovning vazifalari quyidagilardan iborat:

iqtidorli, izlanuvchan talaba-yoshlarning imkoniyatlarini ko‘rsatib berish hamda ilmiy salohiyatlarini yuzaga chiqarish;
talaba-yoshlarda ijodkorlik, mehnatsevarlik, izlanuvchanlik tuyg‘u1arini shakllantirish,
yoshlarimizning o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iste’dodli izlanuvchan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash.



Yüklə 437,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin