Samarali mexanizmi sifatida



Yüklə 340,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix31.01.2023
ölçüsü340,51 Kb.
#82059
1   2   3   4
1572-Текст статьи-4670-1-10-20221113

 
 
1-rasm. Texnologik innovatsiyani rivojlantirish va qo‘llash bosqichlari 
1-bosqich 
Yangi texnologiyaning paydo bo‘lishi, shu mavzudagi birinchi 
ishlar
2-bosqich 
Yangi texnologiyalardan ijobiy natijalarni ko‘rish, ommaviy uni 
qabul qilish
3-bosqich 
Yangi texnologiyani ommaviy ravishda joriy etish bilan bog‘liq 
kasbiy muammolar aniqlanishi. Professional hamjamiyat yangi 
texnologiyalar bilan bog‘liq kamchiliklarni qayd etishi va ilmiy 
izlanishlarni olib borishi. 
4-bosqich 
Kamchiliklarni baholash, bartaraf etish bo‘yicha tadqiqotlar 
olib borilishi.Yangi texnologiyalardan foydalanish usullarini 
takomillashtirish va sinovdan o‘tkazish Kadr tayyorlash. 
5-bosqich 
Natijalarni qayd etish. Professional hamjamiyat yangi 
texnologiyani afzalliklari, imkoniyatlari va cheklovlarini anglab, 
texnologiyani haqiqiy zarurat deb taqidlashi. 
Ushbu bosqichlarni raqamli texnologiyalar nuqtai nazardan tahlil 


Образование и инновационные исследования (2022 год №8)
ISSN 2181-1717 (E)
155
http://interscience.uz
qiladigan bo‘lsak hozirgi vaqtda uchinchi bosqichda ekanligimizni ta’qidlash 
mumkin. Chunki,bir tomondan raqamli texnologiyalarning imkoniyatlarini, 
afzalliklarini, samaradorligini ob’ektiv baholashga egamiz, boshqa tomondan 
esa ta’limning barcha darajalarida global ravishda amalga oshiriluvchi jiddiy 
ilmiy yondashuvlarning yo‘qligi sababli ana’naviy ta’limdagi yutuqlarni 
yo‘qotish, turli xavf-xatarlarni hisobga ololmaslik muammolari borligini 
ta’kidlab o‘tishimiz mumkin.
Raqamlashtirish davrda oliy ta’limning rivojlanish xususiyatlari va 
muammolarini tahlil qilish qo‘yidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi:
Birinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanish talabalarning o‘qish va o‘qishdan tashqari faoliyati ko‘lamini 
kengaytirish, o‘quv-tarbiya jarayonini interaktiv, mustaqil, ijodiy faoliyatga 
aylantirish imkonini beradi.
Ikkinchidan, AKTni rivojlantirishning zamonaviy darajasi ta’lim, kasb-
hunar va tarbiya resurslaridan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi, milliy 
ta’lim tizimini jahon tarmog‘iga integratsiyalashuvini ta’minlaydi, ta’lim, 
madaniyat va tarbiya sohasidagi xalqaro resurslardan foydalanishni sezilarli 
darajada osonlashtiradi.
Uchinchidan, AKT an’anaviy ta’lim va tarbiya jarayonining asoslarini 
o‘zgartiradi. Ulardan foydalanish yosh, vaqt va makon to‘siqlarini yengib 
o‘tishga, OTMda talabani o‘qitish, tarbiyalash va ijtimoiylashtirishning 
shaxsiylashtirilgan jarayonini tashkil etishning yangi va samarali shakllarini 
doimiy izlashga olib keladi.
To‘rtinchidan, zamonaviy OTMda o‘quv-tarbiya jarayonini 
takomillashtirish bo‘yicha o‘zgarishlar o‘qitishga yangi uslubiy 
yondashuvlarni ishlab chiqish va shunga muvofiq yangi ta’lim texnologiyalari 
va ta’lim jarayonini qurishning tashkiliy shakllarini ishlab chiqishni talab 
qiladi.
Beshinchdan, ta’limning innovatsion modellarini va ta’lim jarayonini 
tashkil etishning yangi shakllarini joriy etish amaliyoti ilg‘or axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, tarmoq xizmatlari va mablag‘laridan 
foydalanishga asoslangan. Ular ta’limning mazmuni, uslubiy va texnologik 
tarkibiy qismlarining izchilligini va ta’lim makoni sifatini oshirish uchun 
haqiqiy imkoniyatni ta’minlaydigan interaktiv ta’lim maydonining bir qismi 
sifatida amalga oshiriladi.
Oltinchidan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quv-tarbiya 
jarayoniga ta’siri o‘qitish vositalari, shakllari, usullari va texnologiyalarini 
modernizatsiya qilish bilan cheklanmaydi. Bu ta’lim muassasalarining ichki 
rivojlanishiga va ularni ta’lim va tarbiya jamoalariga aylantirishga olib keladi.
Mazkur xulosalar bilan bir qatorda, ta’lim-tarbiya jarayonida yangi axborot 
texnologiyalaridan foydalanish tajribasini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun 
quyidagi taklif-mulohazalar muhim xisoblanadi:
- o‘quv jarayoniga AKTni joriy etish uchun moddiy-texnik va tashkiliy 
shart-sharoitlar yaratish;
- raqamli ta’lim resurslari bankini maqsadli shakllantirish, ular orasida 
mualliflik metodik va dasturiy ta’minot alohida o‘rin egallashi lozim;



Yüklə 340,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin