Bu davrda bolaning boʼyi 116-120 sm ga oʼsadi, ogʼirligi 23-25 kg ni tashqil etadi, oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi. Bolaning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolish
MAKTABGACHA TA`LIMDA DASTLABKI GIMNASTIKANI TASHKIL ETISH
Bu davrda bolaning boʼyi 116-120 sm ga oʼsadi, ogʼirligi 23-25 kg ni tashqil etadi, oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi. Bolaning umurtqa suyaklari qotmaganligi tufayli tez qiyshayib qolishi mumkin.
Shuning uchun ham suyaklarning toʼgʼri oʼsishiga alohida eʼtibor berish kerak. Bolaning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashadi, biroq muskullari hali yetarli darajada mustahkamlanmagan boʼladi. Olti yoshga yetganda miya poʼstlogʼi rivojlanib, ogʼirligi va tashqi koʼrinishi jihatidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning asablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʼlish talab etiladi.
Jismoniy tarbiya instruktori va ota-onalar boshlangʼich gimnastika faoliyatiga oid turli usullarni bola bilan birgalikda (uning xohishini hisobga olgan holda) tanlashlari maqsadga muvofiqdir. Bolaning boshlangʼich gimnastika boʼyicha mashqlarni ongli ravishda tushunib, aniq va toʼgʼri bajarishiga alohida eʼtibor berish.
Jismoniy sifatlarni oʼstirish, muvozanat saqlash, harakatni boshqarish hamda fazoda moʼljalga olishni shakllantirishni davom ettirish.
Bolada faollik, mustaqillik, doʼstona munosabat va oʼzaro yordam kabilarni tarbiyalash. Sport turlari (futbol, basketbol, voleybol v.b.) haqida tushuncha berish, mashhur sportchilar (masalan, bokschi Xasanboy Doʼstmatov, gimnastikachi – Oksana Chusovitina) bilan tanishtirish, ularning hayotiga oid qiziqarli voqealarni soʼzlab berish orqali bola qalbida sportga nisbatan muhabbatni orttirish.
Yirik motorikani rivojlantirish. Bola oʼz tanasini boshqaradi va maʼlum maqsad sari aniq harakatlanadi. U yurish, yugurish, yumalatish, irgʼitish, ilib olish, emaklash, tirmashish, muvozanat saqlash kabi asosiy harakatga doir mashqlarni bajara oladi.
Bolaning sport turlari bilan shugʼullanishiga koʼmaklashish; jismoniy chiniqishi uchun ochiq havodan samarali foydalanish: estafetali oʼyinlarni tashqil qilish, musiqa ohangiga mos gimnastika harakatlarini bajarishini ragʼbatlantirish, sport anjomlari bilan taʼminlash, turli sport anjomlaridan foydalanish imkoniyatini berish.