Jismoniy tayyorligi – bu harakat ko’nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning me’yoriy ko’rsatkichi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun barcha asosiy jismoniy mashq turlari bo’yicha me’yoriy ko’rsatkichlar va ularni bajarish sifatiga qo’yiladigan talablar ishlab chiqilgan. Ular «Bolajon» tayanch Dasturida ko’rsatib berilgan.
Jismoniy kamolot – bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog’liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichi.
Jismoniy tarbiya – bu jismoniy kamolotga erishishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon sanaladi. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
Jismoniy tayyorgarlik – bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo’nalganligi (aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U konkret kasb xususiyatiga ko’ra o’tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, o’tkazish metodikasining o’ziga xosligi bilan harakterlanadi.
Jismoniy ta’lim – jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko’nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi.
Jismoniy mashqlar – harakatlar, harakat faoliyatlari, harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli o’yinlar) bo’lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. “Mashq” iborasi harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi.
Sport – bu musobaqa jarayonida namoyon bo’ladigan, u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo’naltirilgan maxsus faoliyat sanaladi.
Jismoniy madaniyat – umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida to’plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy boyliklari majmuasi.
Jismoniy harakat – ijtimoiy harakatning o’z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi darajasini oshirish va sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qo’ygan maxsus turi. U davlat, jamoat tashkilotlari va xalq ommasining jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish sohasidagi maqsadga yo’naltirilgan faoliyatini ko’zda tutadi.
Texnologiya -
muayyan ishlab chiqarish sohasidagi usullar va jarayonlar majmuasi.
Metod -
bu bilimga erishish usuli, olimning ma’lum tarzda tartibga solingan, ongli va izchil faoliyat.