Xavfsizlik va barqarorlikka taxdidlar xamda mafkuraviy immunitet .Hozirgi voqyelikda Milliy istiqlol g’oyasi va yot mafkuralar orasidagi munosabatlar mafkuraviy kurash, mafkuraviy qarshi turish, psixologik urush shakllarida kechmoqda. Yot mafkuralar mafkuraviy kurashlarning ming yillik uslublarini, shuningdek zamonaviylashtirilgan uslublari: axborot maydoyugai egallab olish; mafkuraviy diversiya, siyosiy indoktrinasiya, mafkuraviy infiltrasiya, dezoriyentasiya, mafkuraviy qo’poruvchilik harakatlarini qo’llash orqali xalqimizda O’zbekistonning buyuk kelajagiga ishonchsizlik uyg’otishga, davlat siyosatini obro’sizlantirishga, odamlarning o’zini Vatan, millat himoyasidan chetga tortishga, loqaydlikka erishishga intiladilar. Bunda ular biror xususiy faktni umumlashtirish (ekstralolyasiya), yolg’onni haqiqatga o’xshatib tasvirlash, kichik muammodan katta yolgon yasash, bir narsani takrorlayverish, tuyguni aqldan ustun qo’yish, tinglovchining shaxsiy manfaatni birinchi o’ringa qo’yib, (unga do’st bo’lib ko’rinish) "hasratlashish", hukumatlarni xalqlarga yomon ko’rsatish, millat dushmanlariga rahmdillik hamfikrlik tuygularini uyg’otish, odamlarga tanish ma’lumotlarni ishlatib «falon joyda falon voqyea bo’ldi», deb rostga yolg’onni ulab yuborish uslublaridan mafkuraviy kurashda foydalanayapti.
Har qanday jamiyat bunday makkor tahdidlarni yengishi uchun o’zida ogohlik mafkuraviy xavfsizlik to’kislik jangovarlik safarbarlik umummilliy birlik kabi ijtimoiy sifatlarga ega bo’lishi kerak. Buning uchun Milliy istiqlol mafkurasining yot mafkuralarga qarshi kurash uslublari, jumladan, buzgunchi g’oyalar mohiyatini fosh qilishga qaratilgan targ’ibot, mafkuraviy monitoring va tahdidlar mohiyatini xalqimiz ongi va qalbiga yetkazish, jaholatga qarshi ma’rifat tarqatish uslublaridan doimo va hamma joyda foydalanish taqozo qilinadi.
Sobiq sovet mustabid tuzumi davrida yosh avlodlar ongini kommunistik tarbiya o’z iskanjasida tutdi. Kommunistik mafkura insonlar ongi va qalbini egallagan edi.
XXI asr boshida mafkuraviy kurashlarning Sho’ro davrida lso’rilmagan, yangi taxdidlar bilan va ilmiytexnologik asosga qurilgan tarshbotlar kurashi davri. deb ham tavsiflash mumkin. Chunki Sho’ro davrida qo’llanilgan targibottashviqot, mafkuraviy kurash usullari hozir ishlamaydi. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar "maftunkor" ko’rinsada va "ommabop" bo’lsada, puxta, ilmiy texnologik asosga qurilganligi sir emas. Chunki ularning targiboti oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g’oya, maqsadning shakli o’zgargan. Masalan, ana shunday g’oyalardan biri "xalifalik davlatini tuzish" g’oyasidir. Bu toyaning mazmun va mohiyat jihatdan zararli ekanligani chuqur anglash zarur.
«Xalifa» so’zining lugaviy ma’nosi — «o’rinbosar», terminologik ma’nosi «musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshligi» deb talqin etiladi. Xalifalik davlati mutlaq monarxiya tipidagi davlat bo’lib, Davlatni xalifa boshqaradi. Xalifalik davlatini boshqaRuv tizimi islomshariat qonunlari bilan belgilanadi. "Xizbuttahrir" da’vo qilgan xalifalik davlati esa "Islom Nizomi" nomli kitobida bayon qilingan qonunlarga asosan boshqariladi. Vaholanki, Paygambarimiz Muhammad (s.a.v.) dan rivoyat qilingan ushbu Hadisi sharifda aniq aytilgan: "Xalifalik mendan so’ng, ummatim ichida 30 yildir, undan keyin podshohlik bo’ladi". Bu mo’tabar sahih Hadiyo Imom Termiziy va Abu Dovuddan rivoyat qilingan. Hozirda "Xizbut-tahrir" tarafdorlari minglab begunoh kishilarning nohaq qoni to’kilsada, xalifalik barpo etilishini majburiy, deb da’vat etmoqdalar. Ularning bunday xattiharakatlaridan ko’zlangan maqsad konstitusiyaviy tuzumni zo’rlik bilan agdarishdan boshqa narsa emas. Shu sababli ulardan sof islomiy qadriyatlarimizni, o’zbekligimizni (chunki Xalifalik davlatida o’zbek degan so’z o’chirib tashlanadi, davlat tili — arab tili, poytaxt ham boshqa joylarda bo’ladi), otabobolarimiz dini haqiqiy islomni himoya qilishga qodir bo’lishi muhim. Shunday lahzalarda beixtiyor olovqalb Cho’lponning vatanparvarona xayqirig’i esga tushadi: "...Ulardan bizga do’st yo’k... Bizning do’stimiz — o’zimiz! Bizning do’stimiz — millat! Ular — mgshlat dushmanlari... Biz ularga dushman! Shuni unutmangiz!" («Kecha va kunduz»). Millatni, Vatanni, otabobolarimiz iymonini, o’zbekligimizni, mustaqilligimizni himoya qilish har bir fuqaroning burchidir. Agar ularning ruhlarni chirqiratib, millatni, Vatanni din niqobidagi yovuz g’oyalardan himoya qila olmasak nima bo’ladi? Qaytib ozod bo’la olmaymiz. Uzbek ham bo’la olmaymiz, Vatanda begona bo’lamiz. Chunki, Xalifaga o’z otabobosi udumlarini unutgan manqurtlar kerak. Ular xalifaning paxtasini ekishi, terishi kerak. Ularning mehnatidan xalifalikka oltinlar oqib borishi kerak. Xalifa esa o’zi bu dunyo lazzatini suradi. Qullariga U Dunyo lazzatlarini beradi. Aks holda xalifalik g’oyasi bunchalik siyosiy maqsadlarni ko’zda tutmagan bo’lardi. Bu dunyo, o’tkinchi dunyo saodatiga qiziqmas, kurashmas edi. Toatibodat, besh vaqt namozga da’vat qilib qo’ya qolar edi. Shunday emasmi?!
"Xizb ut-tahrir" sunniylik doirasidaga diniy-siyosiy partiya bo’lib, 1952 yilda Quddus shahrida tashkil etilgan. Bu partiya falastinlik Taqiyiddin Naboxoniy (19091978) tomonidan, "AlIxvon al musliman" rahbari Sayid Qutb bilan kelisha olmay qolganlaridan keyin tashkil etilgan.
1952 yilda Taqiyiddin Naboxoniy tomonidan yer yuzining musulmon davlatlarida mavjud bo’lgan tuzumni o’zgartirib, "xalifalik" davlatini tuzishlik va bu maqsadni amalga oshirishlik uchun "Islom dini" niqobi ostida "Xizbuttahrir" (Ozodlik) partiyasiga asos solinib, bu partiyaning idoraviy to’plamlari va boshqa qonunlari ishlab chiqilgan edi. Uning a’zolari yoshlarni diniy fanatizm va ekstremizm ruhida tarbiyalashning barcha usullari — da’vat, ishontirish, baraqa va mishmishlar tarqatish, halqa dars uslublarini qo’llab, fuqarolar o’rtasidagi, davlat va shaxs o’rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirishga harakat qildi. Ular go’yo faqat "haqiqiy" musulmonlar hokimiyatga kelsa, "islomiy tartib"ni o’rnatish uchun keskin va agressiv harakatlarga imkoniyat yaratiladi, deb o’ylaydilar.
Bu harakatlar mohiyati haqida Prezident Islom Karimov "Insoniyat tarixida diniy ongning ajralmas qismi bo’lgan odamlardagi e’tiqoddan faqat bunyodkor kuch sifatida emas, balki, buzgunchi kuch, hatto, fanatizm (o’ta ketgan mutaassiblik) sifatida foydalanilganligini ko’rsatuvchi misollar ko’p. Aynan fanatizm illatiga yo’liqqan odamlar yoki ularning guruhlari jamiyatda beqarorlik to’lqinini keltirib chiqarishga qodir bo’ladilar"1, deya alohida ta’kidlaydi.
O’zbekistonning Markaziy Osiyodagi o’rnini hisobga olib, ular diniy oqimlar O’zbekistonda rivojlantirilsa, buning ta’siri tezda Markaziy Osiyoga yoyilipshga umid qiladilar. Chunki diniy allomalar ayni Movarounnahrdan chiqqanligi, bu o’lka xalqi milliy xarakteri, ma’naviyatining shakllanishiga sezilarli hissasini qo’shganligini biladilar. Shu asosda ular diniy niqob ostida yoshlarning mafkuraviy immunitetini susaytirib, ularga davlatimizning demokratik siyosati tamoyillarini qoralab, davlat va xalq o’rtasida ziddiyat keltirib chiqarishga umid qiladilar. Shu sababli "Xizbut tahrir" dastlab yoshlarda soxta islomiy fikrlarga ishonchni oshirishni o’zining asosiy vazifasi deb bildi. Buni Ular saqofiy (tushunchaga oid) amallar, ya’ni siyosiy amaltadbirlaridan eng muhimi, deb hisobladi. Boshqacha qilib aytganda, yoshlarning mafkuraviy immunitetini susaytirish, yengish va o’zlarining soxta g’oyalarini singdirishni birinchi vazifa qilib oldilar.
Bunday soxta g’oyaning ta’siriga tushgan, aldangan bir yoshning xatini e’tiboringizga xavola etamiz:
"Men turli aldovlarga uchib, "Hizb ut Tahrir"dek manfur oqimning qora girdobiga tushib qolganman. Dinni o’rganishga bo’lgan qiziqishim va bu yo’lda qabih niyatli "soxta mulla"lar da’vatiga ko’rko’rona ergashganim tufayli, oxiroqibatda, xiyonatkor kimsaga aylandim. Nadomatlar bo’lsinkim, biz yopshar Olloxding buyuk ne’mati bo’lgan tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetmadik. Maktubimni yo’llashimdan maqsad, halihanuz yoshlarni yo’ldan urayotgan kimsalarning qora qilmishidan tengdoshlarimni ogoh etishdir. Mening qismatim gafpatda qolgan tengdoshlarimga saboq bo’lsa, ajab emas.
1999 yilning oxirlarida Laziz meni Saidkarim degan bolaning uyiga taklif qildi. U yerda Saidkarim besholti nafar bolaga "Islom nizomi" degan kitobdan dars o’tar edi. O’sha kungi dars so’ngida u: "Mana shu bolalar ham qasam ichib, "Hizb ut Tahrir"ga a’zo bo’ldi, sening o’rtog’ing ham a’zo. Sen ham a’zo bo’lgin", dedi. Hali ilmim yo’qligini tushuntirsam, ilmni keyin olaverishim, qasam ichib, "Hizb ut Tahrir"ga qancha erta a’zo bo’lsam, savobi shuncha ko’p bo’lishi, hozir esa go’yoki savobsiz yurganligim, ilmni ishlatganim bilan savobim yo’qligi kabi gaplar bilan boshimni qanday qilib aylantirib qo’yganligini sezmabman. Shundan so’ng haftada bir marta darslarga qatnaydigan bo’ldim... Hozir o’ylab qarasam, qaysi bir kimsa yozgan "Islom nizomi" kitobini Qur’on bilan tenglashtirar ekanmiz...
"Hizb ut Tahrir"ga asosan maktabda yaxshi o’qimagan, tarbiyasi bo’sh oilalarning farzandlarini da’vat qilardik. Chunki ularni boshqarish juda oson. Ilmli odam "Hizb ut Tahrir"chilarning faoliyati jinoyat ekanligini tushunadi. Ilmi yo’qlar esa o’zlari qilayotgan da’vatlarining mazmunini ham anglab yetmasdi. Yana qanday qilib bozorlarda, aholi ko’p bo’lgan joylarda g’avg’o chiqarish, fitna uyushtirish kerakligi haqida ham aytib berilar edi. Bu ishlar odamlarda davlat tuzumiga nisbatan norozilik tugilib, bizga ko’proq qo’shiladi, "Hizb ut Tahrir" kuchayadi, degan maqsadda qilinar edi.
...Jamoat transportida axrlini davlat tuzumiga nisbatan norozilik keltirib chikarish uchun "ochik da’vat"lar kildik. Endi o’ylab ko’rsam, "Xizb ut Taqrir" boshliklari yuragimizga ko’rkuv solib, jinoyatga undagan ekan. Ilmsizligim meni ana shu yo’lga boshladi..." deydi bu xakda nomini aytmaslikni so’ragan, xidoyat yo’liga kaytgan yoshlardan biri1. Odamlarni u yoki bu maqsadga yo’naltirish, tarbiyalash ikki tomonlama jarayon. Bunda tarshbot subyektlari (targyabotchilar, TV, radio, matbuot) va targ’ibot obyektlari (shaxs, aholi) ishtirok etadi. Targ’ibot va tashviqotning samaradorligi xalq, jamoa siyosiy ongida targibotgacha va targ’ibotdan keyingi darajalar orasidagi farkda bilinadi. Jamoa mafkurasidagi o’zgarishlar ilmiy yutuqlarga asoslangan holda olib borilsa, targ’ibot va tashviqot samarasini aniqlash va takomillashtirish mumkin bo’ladi.
Mafkuraviy tarbiya samaradorligi, eng avvalo, jamiyatni mafkuraviy tarbiyalashdan natija qanday bo’lishi kerak ekanligini aniq belgilanishiga bogliq.
XXI asrda ham yuyaviy tortishuvlar to’xtamayapti. Shu bois xalqimizning ertangi mafkuraviy birligani ta’minlash g’oyaviy tarbiyaning izchil, doimiy asosga qo’yshshshini taqozo etdi.
Prezident I.A.Karimov mafkura jabhasiga oid muhim fikrlarni bildirib, quyidagilarni aytdi. Jumladan, "Mintaqamizda "Hizb ut tahrir" kabi ekstremistik ayirmachilik tashkiloti faoliyati tobora xavfli tus olmoqda. U konstitusiyaviy, dunyoviy davlat tuzumiga qarshi chiqib, o’rta asrlardagi islom xalifaligini tuzish to’g’risidagi bo’lmagur g’oyani targib qilmoqda... Lekin, taassuf bilan tan olish kerakki, bu yovuz kuchga qarshi kurashdagi harakatlarimizda Hamjihatlik va izchillik ko’zga tashlanmayapti..."2.
Milliy mafkuraviy immunitet har bir yigitqiz, fukarodagi mustaqillikning siyosiy mohiyati, Prezident Islom Karimov asarlarida ko’tarilgan siyosiy g’oyalar, isloHotlar yutuqpari va muammolari, ichki va tashqi siyosatga doir chuqur bilimlarga tayanadi. Har bir kishi yoki jamoa, jamiyat mafkuraviy immunitetini besh darajaga bo’lib o’rganish, baHolash va shu asosda takomillashtirish mumkin: Bunda:
birinchi, ya’ni mafkuraviy immunitetning kuyi darajasi shaxs, jamoa, jamiyat yuqoridagi bilimlardan xabardor emas; buzrunchi mafkuraviy g’oyalarga befarq, loqayd;
ikkinchidarajasi bilimlar bor, lekin ular his qilinmagan, sistemalashmagan, shu sababli ularni buzg’unchi mafkuraviy g’oyalarga qarpsh ishlatishga tayyor emas;
uchinchi daraja — mafkuraviy bilimlarga ega, lekin ular nazariy, shaxs, jamiyat ularni qo’llashga qiynaladi;
to’rtinchi daraja — asosli bilimlarga ega, vaziyatni to’g’ri baholay oladi; ichki va tashqi siyosiy, mafkuraviy ta’sirlarga qarshi immuniteti shakllangan va uni ongli ravishda ishlatadi;
beshinchi — oliy daraja — mukammal g’oyaviy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarga ega va bu bilimlarni bemalol amalda qo’llab, buzg’unchi mafkuraviy, siyosiy g’oyalarni doimo hamma joyda faol fosh qila oladi.
Tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, keyingi yillarda ayrim yoshlarda millatga, Vatanga foyda keltirishni o’ylash, mustaqillikni mustahkamlashda foydali inson bo’lib yetishish hissi maxsus, ilmiy asosda shakllantirilmaganligi tufayli shaxsiy manfaatni o’ylash, yengil yo’llar bilan to’kis xayotga intilish hissi namoyon bo’lmoqda. Shu bilan birga, ayrim fuqarolar orasida ma’naviy cheklanganlik dunyoqarashning torligi, milliy odob me’yorlariga rioya qilmaslik so’z va ish orasidagi tafovut, milliy g’ururning sustligi kabi noxush ko’rinishlar uchrab turadiki, ularni birgalashib bartaraf qilish lozim.