Bilimlarni boshqarish – bu bilimni identifikatsiya qilish, bilimni boshqarish, bilimni rivojlantirish va undan foydalanishdir. U bilimlarni qanday olish, uni tarqatish, o‘zgartirish, undan foydalanish hamda firma uchun zarur amaliy ustunliklarni uzluksiz topish bilan shug‘ullanadi.
Bilimlar kapitali – bu kompaniyaning bilimlarni egallash, ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun sarflagan sarmoyalaridir. Bilimlar kapitalining muhim tarkibiy qismi kompaniyaning intellektual mulki hisoblanadi. Bilimlar korporatsiyasi – bu bilimlarni raqobatbardosh ustunliklar uchun asos bo‘lib hizmat qilishini, uning eng qadrli aktivlar sifatida muhimligini tan oluvchi firma. Bloger – internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan, axborotdan foydalanuvchilar tomonidan ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs. Bitkoin kriptovalyutasi– bu o’zaro ishonchga emas, balki kriptografik kodlash tizimiga asoslangan, o’zaro hech qanday vositachilarsiz (bank yoki boshqacha moliyaviy uskunalarsiz) to’lovlarni bevosita ishtirokchilar orasida amalga oshirilishini ta’minlovchi to’lov tizimi valyutasining bir turidir. Bitkoin pitstsa kuni (Bitcoin Pizza Day) – 2010 yilda aynan shu kuni chexiyalik dasturchi Lazlo Xanesh bitkoinga dastlabki haqiqiy savdoni amalga oshirgan, ya’ni, o’z o’rtog’iga 10 ming bitkoin o’tkazib bergan va o’rtog’i o’z navbatida unga Papa John's restoranidan ikkita pitstsa buyurtma qilgan. O’sha vaqtda bir bitkoin 0,003 AQSH dollariga teng bo’lgan va ikkita pitstsaning narxi esa 30 dollar bo’lgan. BTC – Bitkoin – kriptovalyutalarning eng asosiy turi BCH - BitcoinCash – bitkoinning egizagi Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva