Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


Blokcheynda tarmoq havfsizligini ta’minlash masalalari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə31/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

2.2. Blokcheynda tarmoq havfsizligini ta’minlash masalalari

Havfsizlik tadbirlari tarmoqqa shunday joriy qilinganki, uning umumiy inkor etish nuqtasi bo‘lmaydi, nafaqat maxfiylik, balki har qanday harakat bekor qilinmasligi va autentifikatsiya ham ta’minlanadi. Tizimda ishtirok etishni istagan har bir shaxs shifrlashdan foydalanishi lozim – bu muhokama qilinmaydi va o‘ylamasdan qilingan harakatlar oqibatlarini faqat shu harakatlarni amalga oshirgan shaxsgina his qiladi.Xakerlik hujumlari, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, firibgarlik, kiberqo‘rqitish, fishing, spam, ziyon keltiruvchi dasturlar, virus-tovlamachilar – bularning barchasi insonning jamiyatdagi havfsizligiga tahdid soladi. Internetning ilk davri, ko‘plab jarayonlarni shaffof qilish va inson huquqlari buzilishini qiyinlashtirish o‘rniga, xususiy shaxslar, institutlar va iqtisodiy faol sub’ektlarhavfsizliga tahdidlar yaratar edi. O‘rtacha internetdan foydalanuvchi ko‘pincha elektron pochta va hisob qaydlarini oddiy parollar himoya qiladi deb umid qilardi, chunki provayderlar yoki ish beruvchilar ishonchliroq parollarni talab qilmasdi.Shuni ham aytish kerakki, raqamli valyuta oddiy faylda saqlanmaydi. U kriptografik xeshbilan belgilangan tranzatsiyalarda aks ettiriladi.Foydalanuvchilar o‘z pullari uchun kriptokalitlarga ega bo‘ladilar va tranzaksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir-birlari bilan birgalikda amalga oshiradilar. Bunday havfsizlik uchun ularning har biri mas’uliyatli bo‘lishi – shaxsiy kalitlarni ishonchli himoya qilishlari zarurligidir.Bu yerda havfsizlik standartlari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bitkoyin blokcheyni AQSH Standartlar va texnologiyalar milliy instituti tomonidan chiqarilgan va axborotni qayta ishlash federal standarti sifatida qabul qilingan mashhur va puxta ishlab chiqilgan SHA-256shifrlash standartida ishlaydi. Blok yechimini topish uchun zarur bo‘lgan ko‘p martalik matematik hisob-kitoblarni takrorlash murakkabligi hisoblash qurilmasidan masalani yechish va yangi bitkoinlar ishlab topish uchun ko‘p elektr energyasi sarflashni talab qiladi. Ba’zi bir boshqa algoritmlar esa ancha kamroq energiya sarflaydi. Bizningcha, har qanday iqtisodiyot hamma uchun ishlaganda eng yaxshi tarzda ishlaydi. Bu unda ishtirok etish uchun to‘siqlarni pasaytirish lozimligini anglatadi. Bu kapitalni qayta taqsimlash emas, balki qayta taqsimlangan kapitalizm uchun platforma yaratish kerakligini anglatadi.Ilk internet davri ko‘plab odamlar uchun ko‘plab mo‘jizalar yaratdi. Biroq, yuqorida aytib o‘tilganidek, dunyo aholisining katta qismi na texnologiyalarga, na moliya tizimiga va na iqtisodiy imkoniyatlarga ulanish imkoniga ega bo‘lmagan holda, avvalgidek, tizimga ulanmasdan qolib ketmoqda.


Boz ustiga, yangi kommunikatsiya vositasi hamma uchun farovonlik keltirishiga bo’lgan umid oqlanmadi. Ha, Internet rivojlangan mamlakatlardagi kompaniyalarga, rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga, millionlab odamlarga ish taqdim etishga imkon berdi. U ko‘plab tadbirkorlar uchun bozorga kirishga bo’lgan to‘siqlarni pasaytirdi va aholining kam ta’minlangan qatlamlariga yangi imkoniyatlar va bazaviy axborotga ulanish imkoniyatlarini taqdim etdi.O‘ylaymizki, blokcheyn texnologiyasi hamhar bir kishining huquqlarini va insoniylikni saqlashva qodir bir texnologiyadir. Moliya hizmatlari butunjahon tarmog‘i hozirgi kunda ko’plab muammolarga to‘lib-toshib yotibdi. U ancha eskirib qolgan, chunki yuqori dinamikali raqamli dunyodan ortda qolib ketayotibdi va shu sababli ham sekin va ishonchsiz ishlaydigan, o‘tgan asrdan qolgan texnologiyalarga asoslanadi. U monopol bo‘lib, milliardlab odamlarga bazaviy moliyaviy vositalarga ulanish imkonini bermaydi. U markazlashtirilgan bo‘lib, shu sababli axborotning sizib chiqishi va boshqa hujumlar hamda inkor qilishlarga uchraydi. U monopollashtirilgan bo‘lib, shu sababli status-kvoni qo‘llab-quvvatlashga intiladi vainnovatsiyalarga to‘sqinlik qiladi. Blokcheyn novatorlar va tadbirkorlarga ushbu kuchli platformada qiymat yaratishning yangi usullarini topgan holda shu va boshqa ko‘plab muammolarni hal qilishga imkon beradi.Jahon moliya mutaxassislari blokcheyn bilan bog’liq bo’lgan quydagi g’oyalar haqida puhta o‘ylab ko‘rishlari lozim:

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin