Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti


Homiylik va investitsiyalarning amalga oshirilishi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə36/244
tarix10.05.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#110740
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   244
Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti

Homiylik va investitsiyalarning amalga oshirilishi. Kompaniyayoki yangi korxonaga investitsiya kiritish kapital qiymatining ortishi, dividendlar olish, foizlar, renta va ularning xilma-xil kombinatsiyalari ko‘rinishida daromad olish imkonini beradi. Raqamli tarmoq mexanizmi investorlarni tadbirkorlar va kompaniyalar egalari bilan rivojlanishning «farishta» bosqichidan tortib,IPOgacha va uning boshqa turli rivojlanish bosqichlarida uchrashtirgan holda ko’plab bozorlar vujudga keltiradi. Mablag‘lar jalb qilish odatda vositachilarni, masalan, investitsion banklarni, venchurli investorlarni va huquqshunoslarni talab qiladi. Blokcheyn tizimi esa ularning yuqorida tavsif etilgan ko‘plab funksiyalarini avtomatlashtiradi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pirringli moliyalashtirish uchun yangi modellardan foydalanishga imkon beradi, shuningdek, dividendlar hisoblash va tegishli kupon to‘lovlarini amalga oshirishni yanada samaraliroq, shaffofroq va ishonchliroq qiladi.
Qiymatni sug‘urta qilish va risklarni boshqarishning amalga oshirilishi. Risklarni boshqarish va uning xususiy holati bo‘lgan sug‘urtalash xususiy shaxslar va kompaniyalarni ko‘zda tutilmagan yo‘qotishlar va haloqatlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Kengroq ma’noda moliya bozorlarida risklarni boshqarish, ularni oldindan aytish yoki nazorat qilish hamda qiyin bo‘lgan hodisalarni xedjirlash uchun bir talay hosila, murakkab strukturalangan moliyaviy mahsulotlar va vositalar yuzaga keltirgan. So‘nggi hisob-kitoblarga ko‘ra, hozirgi davrda barcha ommaviy ochiq bo‘lgan hosila qimmatli qog‘ozlarning nominal qiymati 600 trln dollarni tashkil qilar ekan. Blokcheyn tizimi sug‘urta qilishning nomarkazlashgan modellarini qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa risklarni boshqarish hamda hosila qimmatli qog‘ozlardan foydalanish jarayonini yanada shaffofroq qiladi. Insonning ijtimoiy va iqtisodiy kapitaliga, uning harakatlari va boshqa nufuzga oid ko‘rsatkichlarga asoslangan blokcheyn tizimining o‘zi sug‘urta qiluvchilarga aktuar riskni yaxshiroq tushunish va turli jarayonlardan xabardor bo‘lgan holda qaror qabul qilishiga imkon yaratadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin