Raqamli iqtisod - xo'jalik yuritishning yangi zamonaviy shaklı bo'lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko'rinishdagi katta ma'lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni hizmat qiladi, Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an'anaviy ho'jalik yuritish shakliriga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalami, masofaviy meditsina xizmatlari ko'rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida maxsulot yetishtirishni va uni yetkasib berishni, turli xildagi tovarlami saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin.
Raqamli iqtisodiyotga o'tish nimani anglatadi? - degan savolga quyidagicha qilib javob berish mumkin:
Raqamli iqtisodiyotga o'tish deganda komp'uyterlar va bilimlarga asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyotning yangi turini barpo etishni tushunamiz;
Raqamli iqtisodiyotga o'tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari sifatida ma'lumotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy tarmoqlar, bulutli texnologiyalar, sensor tarmoqlar, buyumlar interneti hamda sun'iy intellekt texnologiyalari misol sifatida ko'rsatish mumkin,
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan texnologiyalar birgalikda "aqlli" ob'ekt va jarayonlani (aqlli davlat, aqlli uy, aqlli shahar, sog'liqni saqlash, transport ba tadbirkorlik) yaratishga imkon beradi.
Raqamli iqtisodiyot quyidagilarda namoyon bo'ladi:
Bu yangi kadrlar va yangi ish joylari hosil bo'lishida
Bu yangi korporativ madaniyat barpo bo'lishida
Bu yangi boshqaruv va nazorat usullarining yuzaga kelishida Bu katta ma'lumotlar bazaları (big data) va aniqlikka erishishda
Bu sun’iy intellekt va intellektual boshqaruv tizimlarining hosil bo’lishida
Bu ta’lim, ishlab chiqarish va boshqaruvdagi virtualizatsiya jarayonlari amalga oshishida
Bu buyumlar interneti va masofaviy ta’lim (MOOC) ning keng miqyosda qo’llanilishida