Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar xaqida Turli xil bayramlararafasida, ayniqsa, yangi yil bo’sagasida ijtimoiy tarmoqlarda ishlovchi ko’pchilik insonlarga turli xil shahslardan yoki kontakt listga yozilgan «dust»lardan biror bir resursga kirish va unga ovoz berish so’ralib, natijani qisqa SMS orqali jo’natish suraladi. Shundan foydalangan xolda firibgarlar o’z chirkin niyatlarini amalga oshiradilar. Bunday firibgarliklarning to’riga tushib qolmang va ko’rsatilgan raqamga SMS ma’lumoti jo’natmang. Taklif qilingan resursga o’tish kompyuterga xavfli virus tushib qolishiga olib kelsa, ko’rsatilgan raqamga SMS jo’natish hisob raqamida kattagina pul mablagning yo’qotilishiga olib keladi. Ijtimoiy tarmoqdagi sizning saxifalaringizga va elektron pochtangizga
Toshkent Moliya instituti R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva ruxsatsiz kirishlarning oldini olish uchun hamda firibgarlarning sizga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan xatti-xarakatlaridan himoyalanish uchun quyidagi chora tadbirlarni ko’rishingiz tavsiya etiladi:
Elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlarda kimningdir sizga biror bir amalni bajarish xaqidagi ko’rsatmalarni bajarishga shoshilmang;
Sizga ma’lumot yuborgan «do’stingiz» yoki muallifdan elektron xabarni xaqiqatan ham u yuborganmi yoki yo’qligini aniqlashtiring;
Agarda ijtimoiy tarmoqdagi saxifangiz (yoki do’stingizning saxifasi) begonalar tomonidan ochilgan bo’lsa, darxol elektron pochta va ijtimoiy tarmoq parollarini o’zgartiring xamda kompyuteringizni viruslar bor yoki yo’qligiga tekshirib ko’ring;
Kompyuteringizga sinovdan o’tgan va ishonchli antivirus dasturlarni o’rnating hamda internetdan foydalanish bo’yicha xavsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiling.
Mobil telefon raqamidan foydalangan xolda insonning qaerdaligini aniqlab beradigan imkoniyatlardan foydalanishda juda extiyot bo’ling! Chunki keyingi vaqtlarda internet tarmogida bunday takliflar ko’payib ketayapti. Buning uchun firibgarlar ko’rsatilgan nomerga SMS va hisob raqamiga pul o’tkazishni so’raydilar. Shu ma’lumotlardan foydalanib, tarmoq firibgarlari hisob raqamingizdan kattagina pul mablagini o’marib ketadilar. Mobil telefon raqami bo’yicha insonning qaerda ekanligini aniqlash mumkin, ammo bu ishni mobil aloqa kompaniyasi operatori ruxsati bilan, ko’rsatilgan talablarga mos ravishda amalga oshirish mumkin. Shuning uchun ham agar bunday taklif boshqa insonlardan chiqsa, ularni firibgar deb hisoblashdan o’zga chora yo’q. 6.2. Elektron tijoratdagi ba’zi bir firibgarlik usullari