Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ilmiy tadqiqot loyihalari, konstruktorlik ishlari,
texnologik tayyorlashda qo’llash ilmiy tadqiqotlarning avtomatlashtirilgan tizimi, loyihalash
avtomatlashtirilgan tizimi, ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash avtomatlashtirilgan
tizimining yaratilishiga olib keladi.
Kompleks ITAT va LAT ilmiy-tadqiqot instruktorlari va loyiha tashkilotlarida fundamental
tadqiqotlarni olib borish va texnika, texnologiyalarning yangi avlodlarini
yaratish uchun
ishlatiladi. Bunday tizimlar tarkibiga sun’iy intellekt komponentlari(ekspert tizimlar, bilimlar
bazasi, multimedia vositalari) va ishchi stansiyalari lokal tizimlari hamda tadqiqotchi
konstruktorlarning avtomatlashtirilgan ishchi o’rinlari kiradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ilmiy-tadqiqotlar, loyiha-konstruktorlik ishlari va
ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashdan asosiy maqsad «tadqiqot-loyihalash-konstruktorlash-
ishlab chiqarishga tayyorlash» hayotiy davrining barcha bosqichlarida mahsulot ishlanmalari va
texnologiyasini o’tkazish, sifati, foydalanish xarakteristikasi, texnologiyasi,
yangi mahsulot
ilmiyligi jihatini oshirish, nomenklaturani kengaytirish, tajribaviy
ishlab chiqarishni
qisqartirishdan iborat.
Sanoat sohasida AAT iyerarxiyasining sohaviy harakati ustunlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: