chog’ida to’plangan ma’lumotlarni tahlil etish, yuk oqimini baholash
jadvalini statistik tahlil
etish orqali ko’pincha qarorlarni qo’llab-quvvatlaydi. Masalan, u kompaniyalar ulushi, tushumi
va rentabellik bo’yicha aviabozorlar uchun bashoratlash imkonini beradi.
Mazkur tizim shu
tarzda aviakopaniyalar rahbariyatlariga chiptalar narxi, taransportga bo’lgan talab va hokazo
masalalar yuzasidan qaror qabul qilishga ko’maklashadi.
Geografik tizim. Geografik axborot tizimi – bu qarorlar qabul qilishga ko’maklashuvchi
tizimning maxsus kategoriyasi bo’lib, kompyuter grafikasini geografik ma’lumotlar
bazasi
hamda tizimning boshqa vazifalari bilan integrallash imkonini va odamlarni geografik jihatdan
taqsimlashga oid qarorlar qabul qilishda ko’maklashuvchi xaritalar va shunga o’xshash
obyektlarni tuzish hamda ko’rsatish imkoniyatini yaratadi.
Misol uchun, u jinoyatchilikka
tegishli geografik xaritani tuzish va milisiya kuchini to’g’ri taqsimlashga katta yordam beradi.
Shuningdek
undan urbanizatsiya darajasini, o’rmonchilik san’atini, temir yo’l biznesini
o’rganishda foydalaniladi.
7.4. Qaror qabul qilishga yordamlashuvchi tizim darajalari. Ekspert tizimi
Qarorlar qabul qilishga ko’maklashuvchi tizim darajalari. QQKTni tasniflashda
quyidagilar hisobga olinadi:
- Hal etiladigan boshqaruv
vazifalarining tuzilishi;
- Qaror qabul qilinishi kerak bo’lgan tashkilot boshqaruvining iyerarxiya
darajasi;
- Hal etiladigan vazifaning u yoki bu sohadagi biznesga tegishliligi;
- Foydalaniladigan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari turi.
Hal etiladigan vazifalarning murakkabligi va qo’llanilish sohasiga bog’liq xolda QQQTning
3-ta darajasini ajratib ko’rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: