Samarqand davlat chet tillar instituti raman german tillari fakultet fransuz tili yo


Tilshunoslikda va tarjimashunoslikda “o’zlashgan so‘zlar” tushunchasi



Yüklə 266 Kb.
səhifə3/5
tarix11.04.2023
ölçüsü266 Kb.
#95993
1   2   3   4   5
Fransiya tilida international iboralarning differensial xususiyatlari

2.Tilshunoslikda va tarjimashunoslikda “o’zlashgan so‘zlar” tushunchasi
O‘zlashma so‘zlar keng tushuncha bo‘lib, uning turli qirralari jahon, rus va o‘zbek tarjimashunosligida u yoki bu ko‘rinishda o‘z aksini topgan.( Bu haqda qarang: Fedorov A.V. Vvedenie в теорию перевода. М., 1958; его же. Основы общей теории перевода. М.,1983; Влахов С., Флорин С. Непереводимое в переводе.. М.,-1980; Salomov G‘. Tarjima nazariyasiga kirish. T., 1983; Vladimirova N. Milliylikni tarjimada aks ettirish muammosi. Tarjima san’ati (Maqolalar to‘plami). T., 1973. 153-163 betlar; Fayzullaeva R. Национальный колорит и художественный перевод. Т., 1979. Shu muallif. Yo‘llar yiroq, ko‘ngillar yaqin. Tarjima san’ati. T., 1973. 250-262-betlar; Po‘latov YU. Mopassan novellalarining tarjimasi haqida. Tarjima san’ati (Maqolalar to‘plami). T., 1961. 119-133 betlar.; Mirzaev I.K. K К передаче французских слов реалий на узбекский язык. АКД., Л., 1975; Xolbekov M.N. Parda Tursun – fransuz adabiyotining tarjimoni. Tarjima madaniyati. (Maqolalar to‘plami) . T., 1982. 125-130-betlar, shu muallif. Gi de Mopassan merosi O‘zbekistonda. Tarjima muammolari. (Maqolalar to‘plami) uch kitobdan iborat. 2- kitob . T. S., 1991. 30-40 betlar; Hamraev H. Milliy so‘zlar-realiyalar va badiiy tarjima. Tarjima madaniyati. 158-161 betlar. Olim S. “Qiyomat”ning Ibrohim G‘ofur talqini. Tarjima muammolari. 2-kitob. 12-23 betlar; Sodiqov Z. YUsuf xos Xojib “Qutadg‘u bilig” asarining olmoncha ilmiy badiiy talqinlari. NDA. T., 1994).
Ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan fransuz adabiyotida har bir tildan kirib kelgan ko‘pgina o‘zlashmalarni uchratish mumkin. Xuddi shunday o‘zlashmalaridan biri arab tilidan kirib kelgan o‘zlashma so‘zlar. Kurs malakaviy ishimizda xuddi shunday arab o‘zlashmalariga boy asarlar, ya’ni F.Dyushenning “Qamar” va “Tamilla”(Z.Bashariy tarjimasi,1997 yil) asarlarini ko‘rib chiqamiz.
Ammo, fransuz badiiy adabiyotida arab o‘zlashmalarining uchrashi hamda, ushbu asarlarning ruscha va o‘zbekcha tarjimalarida qanday o‘girilganligi muammosi badiiy tarjimada qanday hal etilganligi va asliyat matnidagi so‘zlarga mos kelishi masalalari haligacha o‘zbek tarjimashunosligining ob’ekti bo‘lgan emas. Arab o‘zlashmalari fransuz badiiy adabiyotida berilishi mavzusi keng o‘rganilgan emas, ko‘proq tarjimonlarning qaydlari yoki mutarjimlik tajribalari haqida yozgan maqolalarda bir qadar yoritilgan. O‘zbek tarjimashunosligida esa bu hal qilinishi zarur bo‘lgan muhim muammolardan biri sanaladi.
Shuning uchun ham o‘zlashma so‘zlar va ularning berilishi nafaqat fransuz, balkim rus va o‘zbek tarjimonlari uchun hamisha qiyinchilik tug‘dirib kelgan. Mazkur tadqiqot bu boradagi xilma-xillikni bartaraf etish, yagona me’yorlarni belgilab olish, tegishli tamoyillarni ishlab chiqishga ko‘maklashishga yo‘naltirilgan o‘zbek tarjimashunosligidagi ilk tadqiqot hisoblanadi.
XVIII-XIX asr mashhur fransuz yozuvchisi F.Dyushenning “Qamar”. “Tamilla” asarlari tarjimasi tadqiqot ob’ekti qilib olindi.
Bundan tashqari xorijiy va mustaqil respublikamizning taniqli adabiyotshunos va tarjimashunos olimlari A.Fedorov, D.Dyurishin, S.Vlaxov, S.Florin, I.O.Sultonov, J.SHaripov, G‘.T.Salomov, N.V.Vladimirova, F.K.Sulaymonova, N.Komilov, A.Qayumov, N.Otajonov, H.S.Karomatov, M.N.Xolbekov, N.I.Qodirova, R.X.Shirinovalarning ilmiy asarlaridan kelib chiqadigan nazariy xulosalarga ham suyanilgan.
Tadqiqotning asosiy maqsadi bu quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:

  • badiiy tarjima taraqqiyotining turli davrlarida arab o‘zlashmalarini tarjimalarda berish muammolarini qanday hal qilinganligi, bu boradagi turli tamoyillarni tekshirish;

  • o‘zlashma so‘zlarni tarjima qilishning hozirgacha mavjud tajribalarini umumlashtirib, bu borada amal qilish lozim bo‘lgan muayyan me’yorlarni belgilash;

Tanlangan mavzuning o‘zbek tarjimashunosligida o‘rganilmaganligi bilan belgilanadi. Fransuz-o‘zbek adabiy aloqalarining turli masalalari yurtimiz qator olimlarining tadqiqotlarida o‘rganilgan bo‘lsa-da, arab realiyalarining fransuz badiiy asarlarda berilishi va ularning tarjimalarda qay darajada aks ettirilishi o‘zbek tarjimashunosligida dastlabki urinishdir. Bundan tashqari tadqiqotimiz uchun tanlangan asarlarning tarjimalari ham o‘zbek tarjimashunosligida u yoki bu muammoni o‘rganish nuqtai nazaridan tahlil qilinmagan.
Oliy o‘quv yurtlarida tarjima nazariyasi va amaliyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik, qardosh xalqlar adabiyoti fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish, seminarlar o‘tkazish, shuningdek, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratish va turli uslubiy tavsiyanomalar tuzishda foydalanish mumkin. Kurs ishidan olingan natijalardan tarjima tarixi, tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslikda hamda, adabiy aloqalar bo‘yicha maxsus kurslarda foydalanish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Mavzu yuzasidan gapirishdan oldin o‘zlashtirma so‘z haqida ma’lumotga ega bo‘lishimiz lozim. Quyida tilshunos olimlarning bu haqda bir qancha fikrlari keltirib o‘tilgan.
Tilshunoslikda xususan, etimologiya, leksikologiya va qiyosiy lingvistikada o‘zlashmalarini (ko‘pincha o‘zlashgan so‘zlar deyiladi), ma’lum bir tilda boshqa bir tildan kelgan atamalarini shu tilning (leksikasiga) lug‘ati tarkibiga kiritishdagi barqaror jarayon deb yuritiladi. O‘zlashgan so‘zlar bir tildan ikkinchi tilga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ushbu so‘zlar o‘z tilida so‘zlovchilarning so‘z boyligini oshirishdagi neolizmlar, lemmalar kabi jalb qiluvchi vositalarning bir qismini tashkil etadi.
Tilga asosan ochiq leksikaga oid, ya’ni, ot, fe’l, sifat so‘z turkumiga mansub so‘zlar o‘zlashadi, kirib keladi. Yopiq leksika (olmosh, bog‘lovchi va hokozo) o‘z tarkibiga faqatgina qo‘shimchalargina qabul qilish mumkin. Bunday holatlar, ayniqsa, beruvchi til keng tarqalgan, ommaviy bo‘lsagina yuz beradi. Galliyadagi lotin tili katta bosqichlardan so‘ng german tillaridan ko‘plab garmatik so‘zlarni qabul qilganlikni misol tarzida keltirib o‘tish mumkin.
O‘zlashtirish jarayonida so‘z turkumining almashish holati ham yuz berishi mumkin. Maslan, lotin tilidagi “quidam” so‘zi olmosh so‘z turkumiga mansub, biroq bu so‘z “quloqu’un” tarzida frnsuz tiliga o‘zlashgan va ot so‘z turkumiga kiritilgan.
So‘z o‘zlashishning ko‘plab sabablari mavjud. Albatta, ular boshqa so‘zlarni, ya’ni ekvivalentni siqib chiqarmaydi. Sabablaridan biri, butunlay yangicha ma’no ifodalovchi so‘z qabul qiluvchi til tarkibiga etishmasiligi mumkin. Masalan: mutlaqo notanish bo‘lgan hayvon yoki o‘simlik turi kashf qilinsa, ularning nomi ushbu turlar kelib chiqqan mamlakat tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlashadi.
Masalan:
1. Avocat (advokat) nahuate (nahyuatl, markaziy amerika hindu qabilalarining tili) tilidagi ate so‘zidan, Kastiliya (Ispaniyadagi shahar, qirollik) tili orqali abogado tarzida etib kelgan, “avocat” – adolat yordamchisi demakdir va aguacate so‘zidan ham “avocat” (avokato daraxti mevasi) so‘zi kirb kelgan. Ikkala so‘z ham birlashib ketgan. Bu so‘zlar dastlab insonlar mustamlakasida bo‘lgan atsiteklar bilan bo‘lgan aloqalar orqali kirib kelgan.
2. Puma (puma) yuqoridagi so‘z kabi kechua tilidan Kastiliya tili orqali kirib kelgan.
3. Café (qahva) arab tilida “qahwa”, turk tiliga “qahve” tarzida o‘tgan, fransuz tiliga esa italyan tili orqali kelgan.
Tilshunoslikdagi o‘zaro aloqalar natijasida o‘zlashtirish kengayib borgan.
Masalan:
Fransiyaning shimolida ishlatiladigan wassingue (pollatta) so‘zi g‘arbiy flamandlarning (Shvetsariya) wassching so‘zidan kirib kelgan, bunga sabab Fransuzlar ushbu tilda so‘zlovchi halqlar bilan aloqada bo‘lishgan. Xuddi shu kabi, guerre (urush), heanm (dubulg‘a), yoki fromboise (malina) kabi mashhur franklarning ushbu so‘zlari Fransuz tilining kattagina qismini tashkil qiladi. Aloqada bo‘lgan halqlar faqatgina yaxshi, kerakli fikrlarni olaverishmagan, ya’ni ba’zi so‘zlarning (masalan, wassingeu) o‘zlashtirishga zarurat bo‘lmagan.
Chetdan o‘zlashgan so‘zlar mahalliy so‘zlarga nisbatan ko‘proq eshitilganligi uchun qayta-qayta qo‘llaniladi.
Bundan tashqari, madaniy, iqtisodiy, siyosiy tomondan davrida ustun bo‘lgan davlat tili ham odatda beruvchi til sifatida faol bo‘ladi.
Fransuz tilidagi harbiy lug‘at (batterie, brigade) Fransiyaning harbiy organi namuna sifatida ko‘rilganligi uchun Yevropa davlatlarining ko‘plab armiyalarida qo‘llaniladi. Xuddi shuningdek Italiyaning musiqiy rivoji xalqaro musiqada piano (pianino) va adagio (musiqani sekin, cho‘zib ijro etish ko‘rsatmasi) kabi so‘zlarni olib kirdi, ingliz tili bugungi kunda ushbu yo‘nalishda muhim ahamiyatga ega, lekin ko‘proq informatikaga oid, Fransuz tilida ekvivalenti bo‘lmagan vid va bit kabi so‘zlar kirib kelgan; bu til sanoat, korxonalarni idora qilishga oid so‘zlarni (manager, staff, marketing, budjet…) o‘zlashtirish, mayl ta’siri natijasida ba’zan juda umumlashib ketadi, o‘zlashgan so‘z faqatgina sinonim bo‘lib qolishi mumkin, oldingi ekvivalentiga biroz moslashtirilgan bo‘ladi.
Masalan:
Ommaviy yig‘insuhbatlarida “publier” (e’lon qilmoq, bosib chiqarmoq) fe’li o‘rniga “posfer” so‘zi ishlatilishi ingliz tiliga xosdir. “posfer” fe’li fransuz tiliga ingliz tilidagi “to post” so‘zidan olingan, “publier” fe’li bunga juda mos keladi.
O‘zlashtirma asosiy mayl hodisasining bir qismiham bo‘lishi mumkin. Bu faqatgina juda yuqori darajadagi samimiyat, ajoyib deb hisoblangan madaniyatga taqlid qilishga bo‘lgan xohishni namoyish qilishdir. Ingliz tilidan o‘zlashgan so‘zlar shunday deb topilgan, Fransiyada, ayniqsa Kvebekda o‘rtacha holatga. Ingliz tili esa aksincha fransuzcha so‘zlar orqali lug‘at boyligini oshirgan, masalan: rendez-vous (uchrashuv) yoki oleja-vu (oldin ko‘rilgan) kabi so‘zlar olingan. Shunday bo‘lsada urf bo‘lish (moda) ta’siri ostida kirib kelgan ortiqcha so‘zlar lug‘atga kiritilmaydi.
Masalan:
redirgote” (syurtik) ingliz tilidagi “riding-coat” (otda yurishga mo‘ljallangan palto). Ushbu so‘zlar og‘zaki nutqda uzoq vaqt qo‘llangach lug‘at tarkibiga qabul qilingan. Shuningdek ba’zi o‘zlashgan so‘zlar fransuz tilining imloviy va fonetik qolipiga moslashib ketadi, natijada o‘z- o‘zidan lug‘atga kiritiladi. Bunga esa, albatta, etimologlar ushbu so‘zlarning uzoq vaqt qo‘llanganligini sabab qilib ko‘rsatishadi.
Masalan:

Yüklə 266 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin