Samarqand davlat chet tillar instituti


Qoraxoniylar davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə10/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   139
Majmua 2023 yangi

Qoraxoniylar davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot. Qoraxoniylar davri O’rta Osiyo xalqlari hayotida muhim ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o’zgarishlarning ro’y berganligi bilan tavsiflanadi. Bu davrda o’lka somoniylar davridagidek markaziy asosda emas, balki ko’proq mahalliy-hududiy tarzda boshqarilar edi. Xonlar xoni hisoblangan Tamg’achxon asosan Qashqarda turib, viloyatlarni idora qilishni mahalliy zodagonlar ixtiyoriga to’la topshirib qo’ygan edi. Iloqxonlar o’z hududlarini katta vakolatli hukmdorlari sifatida faoliyat ko’rsatib amalda mustaqil siyosat yuritishga intildilar. Jumladan, poytaxti Samarqand bo’lgan Movarounnahr Iloqxoni Qoraxoniylar davlatida katta obro’ va ta’sirga ega bo’lgan. SHu bois viloyat boshqaruvi ma’muriyatida somoniylar davridagidek vazirlar, sohibbaridlar, mustafiylar va boshqa mansabdorlar faoliyat ko’rsatgan. SHaharlar esa shahar hokimi, rais va muhtasiblar tomonidan boshqarilgan. Tamg’ochxonlar mis tanga pullar zarb qilganlar.Qoraxoniylar davrida ham musulmon ruhoniylari katta imtiyozga ega bo’lganlar. Bunga javoban ular mahalliy aholini itoatda tutishda hukmron sulolaga xolis xizmat qilganlar. Katta-katta, yer-mulklar ularning tasarrufiga vaqf mulklari sifatida berib qo’yilgan. Qoraxoniylar davrida aholi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik, ovchilik va savdo-sotiq bilan shug’ullanganlar.
Qoraxoniylarda oddiy xalq budun deyilgan. Soliq to’lovchi fuqaro raiyyat deb atalgan. Qabila boshliqlari esa bek deyilgan. Savdogarlar sart deb atalgan. Qoraxoniylar davlatida hunarmandchilik (kulolchilik, to’quvchilik, shishasozlik, temirchilik, zargarlik), shuningdek ziroat va chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlovchi sohalar taraqqiy etgan. SHuningdek, qimmatbaho toshlar, oltin, mis, temir qazib olingan. SHaharsozlik inshoatlari pishiq g’ishtdan bunyod etilgan.Movarounnahrda yuz bergan eng muhim o’zgarishlardan yana biri shuki, bu davrga kelib uzoq davom etgan etnik jarayonlar natijasida o’zbeklar xalq sifatida shakllandi. Qoraxoniylar davrida ham, somoniylar davridagidek, shaharlar hayoti o’sib, rivoj topdi, hunarmandchilik turlari, savdo-sotiq sohalari ham ancha yuksaldi. Samarqand, Buxoro, Termiz, O’zgan, Toshkent, Marv, Isfijob va boshqa shaharlarning xalqaro karvon savdosidagi roli va mavqei ham muttasil oshib bordi.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin