Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə101/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   139
Majmua 2023 yangi

Millat - til, ma’naviyat, milliy o’zlikni angash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi iqtisodiy aloqalar bilan bog’langan mustaqil sub’ekt sifatida o’ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarningetnik birligidir.
Millatlararo munosabatlar - birga yoki ayri tarzda yashaydigan har xil millatlar o’rtasida amalga oshadigan turli-tuman shakllardagi aloqalarni anglatuvchi tushunchadir.
Millatlararo totuvlik g’oyasi - milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri bo’lib, mamlakatimizda istiqomat qilib kelayotgan barcha etnik vakillari bilan, avvalambor, o’zbek millati va shu bilan birga o’zlarining o’rtasida ko’p yillarga mo’ljallangan ezgulik, ishonchlilik, do’stonalik, yakdillik,
qarindoshlik, ma’naviy-axloqiy va mafkuraviy yaqinlik va birdamlik, murosalilik va boshqa insoniylik munosabatlari mavjudligini va kelajakda ham u yanada kamol topishini ifodalaydi.
Millatchilik bu - millat ayirish, bir millatni har tomonlama ulug’lab, boshqalarining huquq, ehtiyoj va manfaatlarini nazar-pisand qilmaslik, ularni erga urishdan iborat bo’lgan nodemokratik mafkura.
Milliy g’oya – ajdodlardan avlodlarga o’tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta’bir joiz bo’lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu- intilish va umid-maqsadlari yig’indisi.
Milliy g’oya negizlari – ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan, xalqning o’ziga xos milliy xususiyatlarini ifodalagan milliy ma’naviy meros qadriyatlari hamda dunyo xalqlari tomonidan e’tirof etilgan demokratiyaning umuminsoniy prinsiplar majmuidir.
Milliy qadriyat – millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq bo’lgan qadriyat shakli.
Milliy mafkura – millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud bo’lishi va rivojlanishini, erkin va ozod taraqqiyotini g’oyaviy asoslash, ta’minlashga qaratilgan qarashlar tizimi

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin