Samarqand davlat tibbiyot instituti oliy hamshiralik ishi fakulteti



Yüklə 237,12 Kb.
səhifə2/2
tarix29.12.2021
ölçüsü237,12 Kb.
#48848
1   2
Reanimatsiya(2)

Mavzuning qisqacha Mazmuni

Kurs ishida reanimatologiya asoslari, uning vazifalari, kechiktirib bo'lmaydigan yordam va reanimatsiya talab etuvchi holatlar, Yurak va nafas yetishmovchiligi holatlari, ularni keltirib chiqaruvchi kasallik sabablari, belgilari va bosqichlari bo'yicha nazariy bilimlar hamda davolash va parvarishlash paytida hamshiraning vazifalari haqidagi mavzular yoritilgan.

SO'ZBOSHI

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin xalq xo'jaligining barcha jabhalarida, shu jumladan, ta'lim va tibbiyot sohalarida ham tub islohatlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasining „Ta'lim to'g'risida"gi qonuni, „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", „Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi", „Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida"gi qonunlarning qabul qilinishi ta'lim va tibbiyot tizimi rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi.

„Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning 2-bosqichi ta'lim tizimining barcha sohalari qatori o'rta maxsus ta'lim muassasalari oldida qator muhim vazifalarni qo'ydi. Bu kadrlarni har tomonlama yetuk, malakali mutaxassislar qilib tayyorlashdan iborat bo'lib, asosiy e'tibor ham shunga qaratilgan. Yuqori malakali o'rta bo'g'in tibbiyot xodimlarini tayyorlashda o'quvchilarning ta'lim stan-dartlarida ko'zda tutilgan nazariy bilimlarni mustaqil o'rganishlarini tashkil etish hamda ularni zarur o'quv qo'llanmalar bilan ta'minlash muhim ahamiyatga ega.

Ushbu o'quv qo'llanmada reanimatsiya asoslari bo'yicha amaldagi yangi o'quv dasturida ko'zda tutilgan nazariy bilimlarga oid, shuningdek, tomirlar ichida qonning ivishi, uzoq bosilib qolish sindromi kabi muhim mavzular ham ma'lum izchillikda yoritilgan.

Hamshiralik jarayonining ilmiy asoslarini batafsil o'rganish, har bir muayyan shifoxona sharoitiga mos keluvchi tashkiliy yechimlarni topish dolzarb muammo bo'lib qolmoqda. Qo'llanmada bunga erishish maqsadida bemorning hamshira parvarishi vositasida to'liq qondirilishi lozim bo'lgan barcha tibbiy-sanitar ehtiyojlarini inobatga olish, undan kelib chiqqan holda davolash va parvarishlash usullarining rejasini tuzish va nihoyat shu parvarishlash natijalarini baholash mezonlari keltirilgan.

Qo'llanma tibbiyot kollejlari o'qituvchi va talabalari uchun mo'ljallangan bo'lsa-da, undan davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan yosh mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.

Qo'llanma haqidagi fikr va mulohazalar mualliflar tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilinadi.

I Bob

REANIMATSIYANING RIVOJLANISH TARIXI. TERMINAL HOLATLAR

Anesteziologiya meditsinaning og'riqsizlantirish usullari va vositalari bilan, reanimatologiya esa meditsinaning reanimatsiya qilish, ya'ni klinik o'lim davrida organizmni tiriltirish — qayta jonlantirish bilan shug'ullanadigan bo'limidir.

Anesteziologiya va reanimatsiya sohalarining rivojlanishini bir necha davrga bo'lish mumkin:

b i r i n с h i davr — eramizdan oldingi va keyingi yillarni o'z ichiga olib, tibbiyotda og'riqsizlantirish usullari qo'llanilgan;

ikkinchi davr — 1842—1947-yillarni o'z ichiga oladi.

Bu davrda hayotning tugashi va organizmning so'ngan funksiyalarini hayotga qaytarish bilan bog'liq bo'lgan nazariy bilimlar shakllana boshlagan. Bu davr turli mamlakatlarda turlicha rivojlangan;

uchinchi — ilmiy-amaliy ishlarbilan shug'ullanish davri, ya'ni bu davrda ishlar fanga asoslangan holda amalga oshirilgan.

Bu davrda organizmni faqatgina og'riqsizlantirish emas, kezi kelganda bemor organizmini har qanday jarohat va og'riq natijasida sodir bo'ladigan asoratlardan, noxush holatlardan saqlash ishlari bajarilgan. Bu davrda anesteziologiya xizmatiga zarur vaziyatlarda bemor hayotini saqlash, hayot uchun zarur bo'lgan organizm a'zolari ishini boshqarish kabi vazifalar yuklandi, boshqacha qilib ifodalaganda, anesteziologiya-reanimatologiya xizmati jadal davolash deb ataladigan ilmiy-amaliy sohaning paydo bo'lishiga olib keldi.

Ana shu davrdan boshlab narkoz va mahalliy og'riqsizlantirish to'g'risida yetarli tajribaga ega bo'lindi. 1957—1966-yillarda

anesteziologiya-reanimatologiya xizmati rivojlanib, shakllandi va tibbiyotda o'z o'rnini aniqlab oldi. Oxirgi o'n yillar ichida bu soha alohida fan sifatida ajralib chiqdi. Mamlakatda anesteziolog-reanimatologlar jamiyati paydo bo'ldi. 1966-yildan boshlab Sobiq Ittifoqda anesteziologiya-reanimatologiya sohasi ilmiy asosda rivojlanib, tabobat sohasida amaliyotda keng qo'llana boshlandi. Anesteziologiya-reanimatologiya xizmatining rivojlanishi shahar va viloyat markazlarida ilmiy tekshirish institutlari, bo'lim va laboratoriyalar ochilishi bilan boshlandi. Bu soha ilmiy asosda rivojlanishi bilan bir qatorda amaliyotda keng qo'llanila boshlandi va kechiktirib bo'lmaydigan xizmatni tashkil qilish maqsadida joylarda kecha-yu kunduz xizmat qiladigan anesteziolog-reanimatologlar navbatchiligini tashkil qilish yo'lga qo'yildi. Malakani oshirish oliygohlarida mustaqil kafedralar ochilib anesteziolog-reanimatolog shifokorlar, anesteziologiya va reanimatologiya bo'limlari uchun hamshiralar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Bo'limlarda tibbiyot xodimlari uchun yangi tartib va qoidalar ishlab chiqildi. 1970-yillarga kelib anesteziologiya va reanimatsiya xizmati birlashib, keng va ko'p qismga ega bo'lgan kasalxonalarda anesteziologiya va reanimatsiya bo'limlari ochildi. Kasalxonalardagi boshqa bo'limlardan og'ir kasallar shu bo'limga yig'ilib, kechiktirib bo'lmaydigan yordamni zudlik bilan ko'rsatishda ancha qulayliklar yaratildi, terminal tushgan bemorda o'limning oldi olinishida muvaffaqiyatlarga erishila boshlandi. Og'ir va terminal holatlarda sifatli va o'z vaqtida yordam ko'rsatishning eng asosiy yo'llaridan biri kadrlardan to'g'ri foydalanish, ularni o'z joyiga qo'yish, asbob-anjomlardan to'g'ri foydalanish hamda bo'lim xodimlarining ish sharoitlarini yaxshilashdan iboratdir. 1970-yildan boshlab anesteziologiya-reammatologiya xizmati rivojlanishi bilan bir qatorda xizmat sohasi mustahkamlana boshladi, soha xodimlari yetarli darajada bilim va tajribaga ega bo'lishdi, davolash maskanlarida bemorlarga alohida shakllangan xizmat ko'rsatila boshlandi.

1.1. O'zbekistonda anesteziologiya-reammatologiya xizmatining tashkil etilishi va rivojlanishi

Respublikamizda anesteziologiya-reanimatologiya xizmati 1966-yildan boshlab rivojlana boshladi, ya'ni shifokorlar malakasini oshirish oliygohida anesteziolog-reanimatologlar tayyorlash kursi ochildi. Keyinchalik oliygohga qarashli birinchi shahar klinikasida anesteziologiya-reanimatologiya kafedrasi tashkil etildi (1970). Unga professor A.S.Zarzar boshchilik qilib, kafedra yosh mutaxassis-larni aspirantura va klinik ordinaturaga qabul qila boshladi. Hozirgi vaqtda respublikamiz klinika va kafedralarida shu soha bo'yicha 40 dan ortiq professor, 8 ta tibbiyot fanlari doktorlari, 60 ga yaqin tibbiyot fanlari nomzodlari xizmat qilib kelmoqdalar. Anesteziolog-reanimatologlar soni respublikamiz bo'yicha 2003-yil hisobiga qaraganda 2006 ta bo'lib, respublikamizdagi umumiy shifokorlar sonining 3,8 %ini tashkil qiladi. Ko'pchilik anesteziolog-reanimatologlar jadal davolash bo'limlarida yoki reanimatolog bo'lib ishlamoqdalar.

Anesteziologiya-reanimatologiya xizmati uch bosqichda boshqariladi:

O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligidagi bosh mutaxassis — bosh anesteziolog-reanimatolog;

viloyatlardagi bosh mutaxassis;

— tumanlardagi bosh mutaxassislar.

Respublikamizning hamma viloyatlarida, tuman kasalxonalari va tez tibbiy yordam Markazlarida anesteziologiya-reanimatologiya bo'limlari mavjud, ayrim kasalxonalarda esa mutaxassisliklar bo'yicha anesteziologiya-reanimatologiya bo'limlari tashkil etilgan (masalan, tug'uruqxona va bolalar kasalxonalarida, kardiologiya bo'limlarida va h.k.).

Anesteziologiya xizmati faqat og'riqsizlantirish bilan shu-g'ullanadi. Bemorni operatsiyaga tayyorlash, anesteziya turini aniqlash, operatsiya va boshqa tekshirish muolajalarida organizm ishini sun'iy boshqarish, organizmni operatsiya davomidagi shikastlar, ruhiy toliqishlardan asrash, operatsiya tugagandan so'ng bemorni reanimatsiya xizmatiga (albatta bemor uyg'ongandan so'ng) topshirib, narkoz kartasiga yozib imzo qo'yish bilan chegaralanadi. Bundan keyingi jarayonlar reanimatolog javob-garligiga o'tadi. Ko'pchilik viloyat va tuman Markaziy kasalxona­larida qo'shma reanimatsiya-anesteziologiya va jadal davolash bo'limlari mavjud bo'lib, u yerlarda hozirgi davolash usullari qo'llaniladi. Katta klinik kasalxona va ilmiy tekshirish institutlarida bu xizmatlar alohida ko'rinishda yoki har sohaning o'z reani-matsiyasi masalan, neyroreanimatsiya, kardioreanimatsiya, tok-sikologik reanimatsiya, operatsiyadan keyingi reanimatsiya, bolalar reanimatsiyasi, tug'ruqxonalar reanimatsiyasi va hokazolar bo'lishi mumkin.

Respublikamizdagi katta klinika va markazlarda anesteziologiya xizmati reanimatologiya xizmatidan ajratilgan, buning sababi birinchidan kadrlar, apparatura va ayrim anjomlar yetishmasligi bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan mutaxassislarning o'rin almashinib ishlashiga, shu bilan birga universal mutaxassis bo'lishga imkon yaratilishidir. Respublikamizda reanimatsiya—-intensiv davolashda har 10000 aholiga 10,7 ta kasal o'rni to'g'ri keladi. Bemorlarning o'rtacha reanimatsiya bo'limida bo'lishi 3,7 kunni tashkil qiladi, kasal o'rni band bo'lishi bir yilga 293 kunni, kasal o'rni aylanishi 77,9 tani tashkil qiladi. Reanimatsiya bo'limlari bo'yicha o'rtacha o'lim 8,7 %ni tashkil etadi.

Respublikamizda 1992-yil 18-avgustda Sog'liqni saqlash vazirligining 445-sonli "O'zbekiston Respublikasi xalqiga anes-teziologiya-reanimatsiya xizmatini kelajakda takomillashtirish va yaxshilash choralari to'g'risida" qabul qilgan qaroriga muvofiq shu soha xizmati takomillashtirib borilmoqda. Bu ikkala sohaning rivojlanishi, ko'rsatiladigan xizmatlar yoki boshqa o'xshashliklarini hisobga olib, anesteziologiya va reanimatsiya emas, balki anesteziologiya-reanimatologiya xizmati deb, bu soha shifokorlarini esa anesteziolog-reanimatologlar deb atashga kelishildi.

1999-yilda Respublika anesteziolog-reanimatologlarining I syezdi bo'lib o'tdi, Respublika anesteziolog va reanimatologlari assotsiatsiyasi tashkil etildi, bu tashkilot Yevropa va Jahon anesteziolog-reanimatologlar tashkilotiga kiritildi. O'zbekistonda anesteziolog-reanimatologlar tayyorlash va o'qitish bo'yicha Yevropa regional fondining ochilishi, respublikamizda aneste­ziologiya-reanimatologiya xizmati rivojlanishiga turtki bo'ladi. 2001— 2003-yillarda respublikamizga 250 dan ortiq narkoz, sun'iy nafas berish apparatlari va boshqa diagnostik davolash asbob-uskunalari keltirildi, katta klinikalarda narkoz uchun laringial maskalar qo'llanila boshlandi.

2003-yil Buxoro shahrida O'zbekiston Respublikasi anes-teziolog-reanimatologlarining П syezdi bo'lib o'tdi, unda Rossiya va Hamdo'stlik davlatlaridan delegatlar qatnashib, anesteziologiya-reanimatologiya xizmatidagi yutuqlar, qilingan ishlar, kelajakda bajarilishi kerak bo'lgan muammolar haqida kelishib olindi. Respublikamizda bu soha xizmatining to'xtamasdan rivojlanib borishi qayd qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining „O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi to'g'risida"gi 1998-yil 10-noyabr PF-2107 sonli Farmoni aneste-ziologiya-reanimatologiya xizmatini ham isloh qilishni chetda qol-dirmadi. Isloh qilishning Davlat dasturida eng ahamiyatlisi respub-likada tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va oshirishga imkon bergan shoshilinch tibbiy yordamning mukammal tizimini barpo etishdir.

Sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturida belgilangan vazifalarni joriy etish, jumladan, tibbiy yordam sifatini oshirish masalalarida tibbiyot kadrlarini tayyorlash Dasturlan ham qayta ko'rib chiqildi. Uzluksiz tibbiy ta'lim va uzluksiz kasbiy rivojlanish tamoyillari joriy etildi.

Islohotning muvaffaqiyatli joriy etilgani — birinchi bosqichi, islohotning ikkinchi bosqichi — aholiga turli sohalar bo'yicha malakali tibbiy yordam ko'rsatish va ixtisoslashgan yordam sifatini yaxshilaydigan yuqori texnologiyaga ega respublika ixtisoslashgan markazlarini shakllantirishga zamin yaratdi. Ochilgan markaz va klinikalarda kechiktirib bo'lmaydigan yordam ko'rsatishda reanimato-logiya xizmatining alohida o'rni borligi haqida ko'rsatib o'tildi.

1.2. Reanimatsiyada hamshiralik ishi

Tibbiyotning boshqa sohalari kabi reanimatsiya sohasida ham hamshiraning alohida o'rni bor. 1999—2000-yillardan boshlab tibbiyot institutlarida oliy ma'lumotli hamshiralar tayyorlana boshlandi. Bunday hamshiralar tayyorlashdan maqsad respub­lika, viloyat va tumanlarda tashkil etilgan shoshilinch tibbiy yordam markazlari yoki boshqa maxsus tibbiyot muassasalarini yuqori malakali hamshiralar bilan ta'minlashdir. Respublikamizga „hamshiralik ishi" tushunchasi 1995-yildan boshlab kirib keldi. Avval hamshira ishiga shifokor ko'rsatmasini bajaruvchi oddiy bir ijrochi sifatida qaralar edi. Hamshiralik ishiga o'qigan hamshiralar har tomonlama o'z ishining ustasi, asoratlar natijasini oldindan biladigan yoki sezadigan, keng dunyoqarashli va muolajalarni aql-idrok bilan bajaradigan bo'lishi kerak. Tibbiyotning qaysi sohasida ishlamasin yuqori malakali hamshira yordamini ko'rsata bilishi kerak, chunki ko'pchilik bemorlar birlamchi tashxisdan emas, ikkilamchi tashxisdan yoki kasallikdan yoxud uni noto'g'ri parvarish qilish oqibatida kelib chiqadigan asoratlardan o'lishlari mumkin.

Yuqori malakali, yangi tibbiyot texnikasi bilan mukammal ishlay oladigan, bemorlarning ahvoliga baho berib, kasallik belgilari asosida hamshira tashxisi qo'yadigan, bemor muammosi bo'yicha mustaqil reja tuzib ishlay oladigan hamshiralarni tayyorlash shu kunning talabiga aylanmoqda.

Jahon Sog'liqni saqlash tizimida hamshiralik ishi alohida o'ringa ega. Bu tashkilotning „LEMON" dasturi bo'yicha hamshiralarni tayyorlash borasida katta amaliy ishlar olib borilmoqda. Kelajakda umumiy hamshiralar KSHP (kichik-shifokorlik punktlari) va boshqa tibbiyot muassasalarida barcha muolajalarni o'zlari bajara olishlari zarur.

„LEMON" dasturi hamshiralik ishi o'quv materiallari tibbiyot hamshiralari, akusherlar va boshqa o'rta tibbiyot xodimlarining kamchiliklarini yo'qotishga, bilimini to'ldirishga yordam beradi. Insonlarning bir-biri bilan muloqotda muloqot munosabatlari murakkab jarayon bo'lib, hamshiralik ishi uchun alohida ahamiyati bor, chunki hamshiralik kasbi alohida mas'uliyatni, insonlarga e'tiborni, muloqot munosabatlarida esa yuksak ma'naviyatni talab qiladi. Hamshiralik ishida hushmuomalalik g'oyat muhim omil hisoblanadi.

Muloqot insonparvarlikni o'zida mujassam etgan hamshiralik ishining yoki parvarishining asosidir. Insonni tushunish va u bilan muloqotda boiish uchun o'sha insonning hurmatini va ishonchini qozonish kerak.

Bemor bilan suhbat paytida bemorlarga o'zi haqida gapirishiga imkon berish, barcha diqqat-e'tiborni kasalga qaratish, turli savollar berib va ularni sharhlab uning gapini to'xtatib qo'ymaslik kerak. Bemor butun e'tiborini gapirayotgan yoki tinglayotgan kishiga qaratadi. Gapirayotgan bemordan ko'z uzmaslik, unga ochiq chehia bilan qarab o'tirish lozim.

Olimlarning fikricha hamshiralik ishi yoki jarayoni asosida xolizm tamoyillari, ya'ni bemorga nisbatan uning oilasining jismoniy, ruhiy, hissiy, aqliy, ijtimoiy va ma'naviy ehtiyojlarini hisobga olish yotadi. Hamshiralik jarayoni quyidagi bosqichlarni o'tadi: tekshirish, rejalashtirish, amalga oshirish va baholashdan iborat bo'lib, keyinchalik unga yana bir bosqich — hamshira tashxisi bosqichi qo'shildi. Bosqichlar quyidagilardan iborat.

Birinchi bosqich — bemorlarni tekshirish. Bosqichning maqsadi bemorning ahvolini baholash, buning uchun bemordan axborot olish, ya'ni obyektiv va subyektiv ma'lumotlar to'plash. Agar bemor hushsiz bo'lsa (o'zi to'g'risida gapira olmasa), ma'lu­motlar bemorning qarindoshlaridan yoki boshqa tibbiyot xodim-laridan olinadi. Ma'lumotlar kasallik tarixiga yozib qo'yiladi.

Ikkinchi bosqich — bemorning ehtiyojlari va muam-molaridan kelib chiqqan holda bemor ahvolini tashxislash. Bosqichning maqsadi: bemorda kasallik kelib chiqishiga sabab bo'lgan, mavjud va eng muhim muammolarni aniqlash va shu muammolarni keltirib chiqaruvchi va rivojlantiruvchi sabablarni o'rganish, muammolarni yengishda kasalning irodasi va organizmini, imkoniyatlarini belgilab olish. Muhim muammolar deb, hozircha mavjud boimagan, ammo vaqt o'tishi bilan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar tushuniladi. Masalan, bemor uzoq vaqt harakat qilmay yotishi oqibatida yotoq yaralar paydo bo'lishi mumkin. Shunday muhim muammoni hamshira oldindan ko'ra bilishi yoki sezishi kerak. Tekshirish natijasida bemorda bir vaqtning o'zida bir necha muammo aniqlanishi mumkin, bunday holatlarda hamshira muammolar yoki asoratlarning qaysi bin kasal hayotiga xavf solishi yoki ahvolini og'irlashtirishi mumkinligini bilib, birlamchi, oraliq va ikkilamchi muammolarni belgilab ish ko'rilishi kerak, chunki xavf soladigan muammolar birlamchi hisoblanib, kechiktirib bo'lmaydigan yordam talab qiladi. Oraliq muammolar uncha xavf tug'dirmaydi, unga hamshira yordami bir-oz kechiksa ham bo'ladi, ikkilamchi muammolaming kasallikka va uning rivojlanishiga bevosita aloqasi bo'lmaydi. Barcha muammolarni aniqlab hamshira tashxis qo'yishga kirishadi. Hamshira tashxisi — hamshiraning klinik mulohazalari bo'lib, bemor muammolaridan kelib chiqqan holda qo'yiladi, shu asosida parvarish rejasi har bir bemor uchun alohida tuziladi. Hamshira tashxisi uch tarkibiy qismdan iborat bo'lib, PES formulasigajamlanadi (Gordon, 1987). Bunda: P—muammo, E—muammoni keltirib chiqargan sabab, S—kasallik belgisi va simptomlaryig'indisi, ya'ni sindromlardir.

Hamshira tashxisini shifokor tashxisidan farqlash:

shifokor tashxisi kasallikni aniqlaydi, hamshira tashxisi esa kasallikka nisbatan ro'y bergan organizm reaksiyasini aniqlashga yo'naltiriladi;

shifokor tashxisi butun kasallikni davolash jarayonida o'zgarmay qolishi mumkin, hamshira tashxisi esa har kuni yoki bir necha bor, organizmning kasallikka nisbatan ko'rsatgan reaksiyasiga qarab, o'zgaraverishi mumkin;

shifokor tashxisi kasallikni shifokorlik amaliyoti darajasida davolashni ko'zda tutadi, hamshira tashxisi esa hamshiralik faoliyatidagi parvarishni nazarda tutadi;

shifokor tashxisi organizmdagi patofiziologik o'zgarishlarga bog'liq ravishda qo'yiladi, hamshira tashxisi esa o'z salomatligi borasidagi mulohazalarga asoslanadi. Hamshira tashxisi hamshiralik parvarishi rejasini tuzish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Uchinchi bosqich — hamshiraparvarishinirejalashtirish. Bosqichning maqsadi parvarish natijalarini belgilab olish va qilinadigan ishlar rejasini tuzish, ishlarni amalga oshirish uchun shart-sharoitning mavjudligi. Masalan, uyquning buzilishi:

bemor uyqusini kuzatib borib uyquni buzadigan sabablarni aniqlash;

bemorni kun davomida uyqudan chalg'itish (kechasi yaxshi uxlashi maqsadida);

tarkibida kofein bor oziq-ovqatlarni va ichimUklarni bemorga bermaslik;

bemorni uxlatish uchun tadbirlar qo'llash (vanna qo'llash, sut berish, uqalash) va boshqa mashqlar o'tkazish;

uyqu uchun ma'lum soatlar ajratish va bu jadvalning buzilishiga yo'l qo'ymaslik;

iliq so'zlar, ma'noli, maqsadli gaplar va harakatlar bilan bemor ishonchini qozonish;

h) shifokor tavsiyasiga binoan muolajalarni bajarish.

To'rtinchi bosqich — hamshira parvarishi rejasini amalga oshirish va ularni hujjatlashtirish. Hamshira parvarishi quyidagi turlarga bo'linadi: mustaqil parvarish — hamshira tomonidan o'z kasb hususiyatlariga tayangan holda bajariladi, bunga shifokor aralashmaydi; boshlang'ich parvarish — shifokor ko'rsatmasi va bevosita nazorati ostida bajariladi; hamkorlikdagi parvarishda shifokor, boshqa tibbiyot xodimlari va bemorning qarindoshlari qatnashadi, ammo hamshiraning mas'uliyati yuqori bo'ladi. Parvarishning har bir bosqichi hamshira tomonidan hujjat-lashtirilib, parvarish yoki kuzatuv varaqasiga yozib boriladi.

Beshinchi bosqich — hamshiralik parvarishi natijalarini baholash. Bunda hamshiralik parvarishiga bemorning reaksiyasi baholanadi, ko'rsatilgan yordam va qo'lga kiritilgan natijalar tahlil qilinadi va sifati aniqlanadi. Agar maqsadga erishilsa va muammo hal etilsa, vaqti belgilab qo'yiladi, mabodo maqsadga erishilmasa buning sabablari shifokorlar bilan birga hal qilinib, parvarish rejalariga o'zgartirishlar kiritiladi.

Profilaktik reanimatsiya bemorlarning o'ta og'ir yoki terminal holatga tushib qolishining oldini olish va sabablarini aniqlab chora ko'rishdir. Aytaylik, biror bemor tez yordam mashinasida olib kelindi yoki biror bo'limga reanimatolog maslahatga chaqi-rildi, agar shu bemorda og'irlashish kuzatilsa, tezda chora ko'ril-masa bemor terminal holatga tushib qolishi mumkin, bunday bemorlar reanimatsiya bo'limiga ko'chiriladi (Deryabin, Lionsom Chernyaxovskiy, 1971- yil).

Davolash reanimatsiyasi reanimatsiyaning davomi bo'lgan jadal davolash. Bunda bemorlarda sodir bo'lgan asoratlar davolanadi, mabodo shu asoratlar davolanmasa yoki reanimatsiya usullari qo'llanilmasa, bemor og'ir yoki terminal holatga tushib qolishi yoki o'lishi mumkin.

Operatsiyadan keyingi reanimatsiya — reanimatsiya davri, bemor narkoz holatidan chiqishi bilan boshlanadi. Bizga ma'lumki narkozdan keyingi holat ikki davrdan iborat, ya'ni oldingi davr (olti soatni o'z ichiga oladi) hamda kechki davr (24 soatni o'z ichiga oladi). Shu davrlarda sodir bo'ladigan asoratlar oldini olish hamshira-anestezist va anesteziolog-reanimatolog javobgarligida bo'ladi.

Qayta tiklash reanimatsiyasi — reanimatsiyadan keyingi davr. Bu davrda og'ir jarohat, terminal va kritik holatlarda hamda reanimatsiya va jadal davolash davomida organizm a'zolarida bo'lgan ayrim asorat hamda o'zgarishlar tiklanadi va davolanadi. Bu davr bir qancha bosqichlarni o'z ichiga oladi. Reanimatsiya va jadal davolash bo'limida ishlaydigan shifokor yoki hamshira bemor organizmi qaysi sababga ko'ra terminal holatga tushgan bo'lishidan qat'iy nazar hayot uchun zarur bo'lgan a'zolar ishini boshqara bilishi kerak.

Jadal davolash deganda bemorni faol davolashgina emas, balki organizmning bir yoki bir necha a'zolari va sistemasining ish faoliyati buzilganda o'sha a'zo funksiyasini vaqtincha sun'iy ravishda boshqarib turish yoki faoliyatini tiklash tushuniladi.

Jadal davolashdan asosiy maqsad: .

— yo'qotilgan holatni tiklash;

— biror a'zo funksiyasini biror usul bilan almashtirib tiklash.

Organizmdagi o'zgarish va buzilishlarni o'z holiga qaytarish uchun quyidagi ishlar bajariladi: sun'iy yoki yordamchi nafas berish; nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash usullarini qo'llash, ya'ni traxeyani intubatsiya qilish, traxeostomiya, mikro-traxeostomiya; yuqori va pastki nafas yo'llarini sanatsiya qilish yoki ularni yuvish; kislorod bilan davolash; bemorni mikroklimatli xonaga joylashtirish; infuzion terapiyani yo'lga qo'yish; dezin-toksikatsiya usullarini qo'llash (organizmdagi hamma o'zgarishlarni hisobga olgan holda); organizmni turli zaharli narsalardan tozalash, ya'ni gemasorbsiya, gemodializ — qonni almashtirish.

Jadal davolashning yana bir usuli sindromli davolashni yoiga qo'yishdir, ya'ni organizm uchun xavf soladigan bir yoki bir necha sindromlarni yo'q qilish va oldini olish.

Navbatdagi usul farmakoterapiya bo'lib, u ko'p qiralli va har tomonlama dori-darmonlarni qo'llashga asoslangan.



II Bob

O’PKA-YURAK REANIMATSIYASI

2020-yurak reanimatsiyasi muvaffaqiyatli o'tkazilgandan keyin yurak ishi yaxshilanadi, qon aylanishi tiklanadi, qon bosimi ko'tariladi, tomir urishi yaxshilanib, bemor o'zi nafas ola boshlaydi, lekin bemor hali hushiga kelmaydi. Bu holat shifokorlarni tegishlicha choralar ko'rishga chorlaydi. Har qanday muvaffaqiyatli reanimatsiyadan keyin ham organizmda asoratlar qoladi. Bu holatlar reanimatsiyadan keyingi holat yoki klinik o'lim paytida sodir bo'lgan metabolik moddalar buzilishi va gipoksiya natijasi deb hisoblanadi. Zamonaviy reanimatsiyaning vazifalaridan biri terminal holatdagi kasallarning asab sistemasida boiadigan patologik jarayonlarni o'rganish va ularga qarshi kurashishdan iborat. Bizga ma'lumki, og'ir holatlarda miyada modda almash-inishi buziladi, neyronlar ishdan chiqadi, miya to'qimalarida ADF, ATF fermentlari kamayib ketadi, energiya zahirasi esa 3—4 daqiqaga yetadi. Keyinchalik neyronlar nekrozga uchray boshlaydi. Shuning uchun vaqtni o'tkazmasdan muolajani boshlab, miyada qon aylanishini yaxshilash, to'qimalarni kislorod bilan ta'minlash, elektrolitlar tengligini yaxshilash, mikrosirkulatsiyani ta'min-lashga erishish zarur. O'pka-yurak reanimatsiyasi bilan bir qatorda miya reanimatsiyasi to'g'risida ham bosh qotirib hamma choralarni ko'rish kerak, aks holda miya to'qimalarida qaytmas holatlar sodir bo'ladi, ya'ni miya o'ladi. Miya ishemiyasi qanday sababga (kalla-miya shikasti, insult, boshqa giptoksik holatlar) kelib chiqishidan qat'iy nazar, davolash choralari iloji boricha tez amalga oshirilishi kerak. Ishemiya zonasining tarqalmasligiga, bu zonani pasaytirishga harakat qilish lozim.

1. Miyani himoya qilish

Qo'llaniladigan profilaktika tadbirlari shunday o'tkazilishi kerakki, miya kislorodga ehtiyoj sezmasin. Bunda fizik yoki gipotermiya yo'li qo'llanilib maxsus apparatlardan foydalaniladi yoki muzli xaltachalar qo'yish mumkin. Shunday yo'llar bilan ham 50—80 % muvaffaqiyatga erishish mumkin ekan. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, organizm harorati 2ГС gacha tushirilganda total ishemiyaga uchragan miya faoliyati tiklanadi. Ammo shuni esdan chiqarmaslik kerakki, organizm harorati 35°С dan tushirilsa, yurak, nafas va qon aylanish sistemasi bunga bardosh bera ol-maydi. Gipotermiya, uchun maxsus apparatlarbo'lmagandabo'yin tomirlari va boshga muz xaltachalar qo'yib, harorat qo'ltiq ostidan va to'g'ri ichakdan o'lchanadi. Agar harorat 2—3 gradusga farq qilsa, gipotermiya to'g'ri bajarilganidan darak beradi. Bundan tashqari, nevrovegetativ blokadalar yordamida miyani ishemiyadan (qonsizlanishdan) asrash mumkin. O'z vaqtida nafas o'tkazuv-chanligini ta'minlab, nafas yo'li orqali kislorod berib turish muvofiqdir. Kislorod doimiy ravishda, tegishli miqdorda fovdasi bo'lmaydi.

Dorilar yordamida miyada bo`ladigan metabolik jarayonlarni va ishemik zonalami 50 % ga kamaytirish mumkin. Bunday dorilarga quyidagilar kiradi: barbituratlar, tinchlantiruvchilar, lidokain, magneziy sulfat, kalsiy antogonistlari, miya to'qimalarida metabolizmni va qon aylanishini yaxshilash uchun kovinton, trental, ensefahol, notropil, serebrolizin, degidratatsion terapiya, miya ichida bosimni pasaytiruvchi dorilar, ayrim jarayonlar uchun aloe, lidaza kabi dori-darmonlar. Miyada ishemiya chegarasini kamaytirish uchun autoregulatsiyani tartibga keltirish kerak. Buning uchun gipervolemiya va yengil gipertenziya holatini organizmda saqlash maqsadga muvofiqdir. Shuni yaxshi bilish kerakki, asidoz gipoksiya holatlarida, organizmda, xususan, miya to'qimalarida turli xil radikallar paydo bo'ladi. Shu erkin radikallar neyronlarni nekrozga uchratishi mumkin. Radikallarning bundaysalbiy ta'sirini yo'qotish maqsadida barbituratlar metionin, askorbin kislotasi, vitamin E kabilarni (ular antigipoksantlar guruhiga kiradi) keng qo'llash kerak.

Gemodinamik yo'l bilan qon bosimini normadan biroz yuqori saqlab, miyada qon aylanishini yaxshilash va destruktiv o'zgarishlarni kamaytirish mumkin. Bunga erishish uchun gipervolimiy a holatini tashkil qilish kerak. Bu dofamin qo'llash yo'li bilan amalga oshiriladi. Eng muhimi perfuzion bosimni bir me'yorda saqlash, uni aniqlash, infuzion terapiya miqdorini belgilash katta ahamiyatga ega. Perfuzion bosimni aniqlash uchun orqa miya pimksiyasi qilinib, miya bosimi o'lchanadi, keyin esa arterial bosim o'lchanib o'rtachabosim aniqlanadi. O'rtachabosim bilan miya ichi bosimi farqi perfuzion bosim deyiladi. Kalla ichidagi bosimni kamaytirish, metabolik usullar hamda neyrojarrohlik yo'llari bilan miyada ishemik zonalami va destruksiyani kamaytirish zarur.

Orqa miya punksiyasi tashxjs qo'yish va davolash maqsadida o'tkaziladi va buning uchun quyidagilar tayyorlanadi: yod, novokain, shpris, igna, leykoplastir yoki bog'lam uchun mato, toza fiziologik suyuqlikda chayqalgan idish, punksiya uchun maxsus igna, mandreni bilan. Orqa miya punksiyasida kasal chap yonboshiga yotqizilib, oyoqlari qomi tomonbukiladi. Punksiya 3-4- yoki 4-5-bel umurtqa oralarida amalga oshiriladi. Olingan suyuqlik laboratoriyaga tahlil uchun yuboriladi.

ELEMENTAR O'PKA-YURAK REANIMATSIYASI

2.1. Nafas olish va nafas chiqarish jarayonlari haqida tushuncha

Bu jarayon uch bosqichda kechadi: birinchi bosqich — atmosfera havosining nafas olish a'zolari orqali o'pkagacha borishi; ikkinchi bosqich — havoning o'pka alveolalaridan to'qimalarga o'tishi; uchinchi bosqich — to'qimalardagi nafas olish jarayoni.

Nafas olish va nafas chiqarish jarayonlari, nafas markazi bilan boshqariladi. Markaz bosh miyaning Varolyov ko'prigida va karotid sinusida joylashgan. Bundan tashqari, nafas olish va uni boshqarishda ko'krak qafasi, uning asab-mushak apparati, o'pka va havo o'tkazish yo'llari ham qatnashadi.

Burun teshigidan to ovoz boylamigacha yuqori nafas yo'llari, ovoz boylamlaridan o'pka alveolalarigacha pastki nafas yo'llari deb ataladi.

O'pka ko'krak qafasida joylashgan bo'lib, juft a'zo hisoblanadi. Chap o'pka ikki: yuqori va pastki bo'limdan; o'ng o'pka esa uch: pastki, o'rta va yuqori bo'limlardan iborat. O'pka to'qimalari yumshoq bo'lib, kengayuvchanlik xususiyatiga ega. Yuqori nafas yo'llari (burun teshiklari, hiqildoq, traxeya va bronxlar) orqali kelgan havo o'pka alveolalarida almashinadi. Bu jarayon qizil qon tanachalari orqali amalga oshiriladi yoki toza kislorod karbonat angidrid gazi bilan almashinadi va nafas yo'llari orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Nafas olish jarayonida nafas mushaklari (diafragma, qovurg'alararo mushaklar, bo'yinning ayrim mushaklari) qatnashadi. Nafas olganda ko'krak qafasi, o'pka hajmi kengayadi, ya'ni havo bilan to'ladi. Bu havo sog'lom kishilarda 700—800 sm kub.ni tashkil qiladi. Nafas chiqarish jarayoni sust jarayon bo'lib, nafas mushaklari bo'shashuvi bilan amalga oshiriladi va o'pka hajmi qisqaradi. Sog'lom kishi bir daqiqada tinch holatda 16—18 marta nafas olib nafas chiqaradi. Nafas hajmi spidometr bilan o'lchanadi. Nafas olganda nafas yo'llari havoni isitadi, namlaydi va tozalab pastki nafas yo'llariga o'tkazadi.

O'pkada havo almashinish jarayoni kislorod va karbonat angidrid gazining porsial bosimlari farqi hisobidan amalga oshiriladi-Kislorodning porsial bosimi o'pkada yoki alveola havosida 10O mm. simob ustuniga, vena qonida esa 40 mm simob ustuniga teng-CO2 ning porsial bosimi alveola havosida 40 mm simob ustuniga, vena qonida esa 46 mm.sim.ust.ga teng. To'qimalarga kislorodni olib borishda, nafas pigmenti — gemoglobinning ahamiyati katta. Bu pigment o'ziga kislorodni yopishtirib olib to'qimalarga otib beradl yoki oksigemoglobinga aylanadi. Oksigemoglobin to'qimalarga O2 ni berib, kislorodga boy bo'lmagan, ishlatilgan gemoglobinga aylanib qaytadi.

Gipoksiya — organizmda kislorodning yetishmasligi. Anoksiya esa organizmda kislorodning umuman bo'lmasligi natijasida yuzaga keladi. Organizmda 5—6 daqiqaga yetadigan kislo— rod zahirasi bo'ladi, xolos. O'pkaning nafas olishi organizmni kislorod bilan ta'minlashi, uni sarflashi, karbonat angidrid gazini chiqarib tashlashdan tashqari, boshqa funksiyalariga ham to'xtalib o'taylik.

О 'pkaning himoya funksiyasi — o'pkada 90 % ga yaqin turli xil zararli narsalar bo'lib, ularni shilliq qavatlarida eritib, balg'arn orqali chiqarib tashlaydi; tozalash-filtrlash funksiyasi — qonni turli xil yog'lardan, qo'shilmalardan, bakteriyalardan tozalaydi; fibrinolitik va antikoagulant xususiyati ham bor. Oqsillarn i parchalaydi — destruksiya va qayta ishlash — surfktant moddasiai ishlab chiqaradi; suv tengligini saqlaydi, o'pka 500 ml gacha suyuqlik ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, o'pka orqali yuborilgan dorilar tomirga yuborilgandan ham tez ta'sir qiladi. Reanimatsiya usullarini qo'llashda o'pkaning ahamiyati katta.

Biologik faol moddalarning (seratonin, gistamin, prostog— landinlar) ta'sirini kuchsizlantirib, ularni eritib yuboradi, ayrim zaharli dorilarni zararsizlantiradi. Organizmda issiqlik quwatini ishlab chiqarishda va uni sarflashda muhim o'rinni egallaydi. Sutkada 350 kkal. issiqlik ishlab chiqaradi, gemodinamikani boshqarto turadi.

Yurak urishi va nafas olishning to'xtashi bemor hayotdan ko'z yumdi degan gap emas. Bizga ma'lumki, biologik o'limga o'tishdan oldin 3—4 daqiqani o'z ichiga oladigan klinik o'lim bor. Shu 3—4 daqiqa orasida organizmga zarur bo'lgan kislorodni berib nafas olish, qon aylanish tiklansa, bemorni albatta hayotga qaytarish mumkin. Fiziologiyadan ma'lumki, miya to'qimalari kislorod yetishmovchiligiga 3—5 daqiqa bardosh beradi. Ana shu vaqt ichida yuqorida aytib o'tilgan shartlar bajarilmasa, miya to'qimalarida qaytmas jarayon sodir bo'lib, miya o'ladi. Bunday holatlarda bemor taqdirini daqiqalar emas, soniyalar hal qiladi. Eng yaxshi tashkil qilingan tez yordam xizmati ham falokat yuz bergan joyga 10—20 daqiqasiz yetib bora olmaydilar. Reanimatsiya ishlarini o'z vaqtida bajarish uchun aholini, barcha soha xizmatchilarini oddiy reammatsiya usullarini bajarishga o'rgatish kerak. Qon aylanishining to'xtashi ikki xil ko'rinishda bo'ladi yoki boshqacha aytganda ikki asorat natijasida yurak to'xtaydi. Asistoliya va fibrilatsiya, ya'ni yurak mushaklarining qaltirab-titrab harakat qilishi yoki qisqarishi. Ko'pincha yurak mushaklari diastoliya fazasida to'xtaydi, fibrilatsiyaning tez va sust o'tishi yurak mushaklarining tarangligiga bog'liq.

2.2. O'pka-yurak reanimatsiyasi

O'pka-yurak reanimatsiyasi. quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

nafas yo'llari o'tkazuvchanligini ta'minlash;

og'izdan-og'izga, og'izdan-burunga sun'iy nafas berish;

yurakni bilvosita va bevosita massaj qilish yo'li bilan (1-rasm);

bemor komada bo'lsa koma holatini aniqlash;

bemorni to'liq yechintirib butun tanasini ko'zdan kechirish, haroratini o'lchash;

— tutqanoqlar yoki qaltirashlar bo'lsa ularni yo'qotish (reanimatsiya o'tkazilayotganda bemor notinch bo'lsa, tutqanoqlar tutib tursa, uni tekshirib ahvolini belgilash va yordam ko'rsatish ancha murakkablashadi);

qonda glukoza miqdorini aniqlash;

og'riqsizlantirish (mone'lik bo'lmasa) choralarini ko'rish.

Bulardan tashqari, qon aylanishini defibrilatsiya qilish, yurak bo'shlig'iga dorilar yuborish yo'li bilan ham tiklashga harakat qilinadi.

Nafas yo'llarining o'tkazuvchanligini ta'minlash — birinchi navbatda bajariladigan muolaja. Bu ishni to'g'ri va tez bajarilsa, reanimatsiya muvaffaqiyatli o'tkaziladi, aks holda reanimatsiyaning qolgan elementlarini bajarish befoyda.

Koma va narkoz paytlarida yoki behush bo'lgan bemorlarda til orqaga ketib, nafas yo'llarini berkitib qo'yadi. Og'ir jarohatlar natijasida singan tishlar, ezilgan to'qimalar, balg'am va laxta qon, qusuq mahsulotlari ham nafas yo'llarini berkitib qo'yadi. Laringospazm, bronxospazmlar, nafas yo'lining qisilishi va allergiyalarda nafas yo'llari shishib, berkilib qolish hollari sodir bo'ladi. Nafas yo'llarining bunday berkilib qolishiga mexanik berkilish yoki asfiksiya deyiladi.

1-rasm. Yurakni yopiq usulda uqalash: a — ko'krak yoshidagi bolani; b — maktabgacha va maktab yoshidagi bolani.

Mexanik berkilish to'liq va qisman bo'lib, to'liq berkilganda, o'pkaga umuman nafas o'tmaydi, bemor ko'kargan bo'ladi, og'ziga havo yuborilganda ko'krak qafasi ko'tarilmaydi. Qisman berkilganda havo yuborilganda yoki bemor o'zi nafas olsa, qovurg'alar orasi kengayadi, nafas olishda nafas mushaklari qatnashadi, bemorda gipoksiyaklinikasi ko'zgatashlanadi. Birinchi navbatda nafas yo'llarini tozalash uchun bemor tekis va qattiq joyga chalqanchasiga yotqiziladi, qisgan kiyimlari yechiladi va muolaja quyidagicha bajariladi: bemorning bo'yni orqaga maksimal qayiriladi; jag'i oxirigacha ko'tariladi; pastki va yuqorigi jag'i oldinga chiqariladi (2-rasmga qarang). Shunda nafas yo'llarida qarshilik kam bo'ladi.



Ikkinchi qilinadigan ish nafas yo'llarini yot narsalar — suv va balg'amdan tozalash. Tozalash uchun mexanik usul qo'llaniladi, ya'ni qisqichlarga marli o'rab havo yo'li artiladi. Tovush boylamlarigacha ketib qolgan yot narsalarni olish uchun bemorning epigastrial sohasidan diafragmaga qarab kuch bilan itariladi, shu usul bir necba marta takrorlanadi. Bulardan tashqari, nafas yo'llarini tozalashda elektr so'rgichlardan foydalaniladi. Nafas yo'llarini tozalashda laringoskopiyaning roli katta.

Nafas yo'llari tozalangan, o'tkazuvchanligi ta'minlangan bo'lsa bemor og'ziga havo yuborilganda ko'krak qafasi ko'tarilib tushadi. Shundan keyin ikkinchi bosqich — o'pka-yurak reanimatsiyasining navbatdagi ikkinchi elementiga o'tiladi.

Og'izni-og'izga qo'yib sun'iy nafas beriladi, ya'ni bemor o'pkasiga ma'lum bosim (700 ml) ostida havo yuboriladi (3-rasm).



Sun'iy nafas berishning Selvestr Holger, Nilson va Sheffefi kabi usullari ham mavjud, lekin ularni bajarish qiyin bo'lgani uchun ham qo'llaniladi.

Og'izni-og'izga qo'yib nafas berish texnikasi quyidagicha bajariladi: bemor stol ustiga yoki qattiq joyga yotqiziladi; bemor yoniga cho'kka tushiladi, boshi-bo'yni orqaga qayrilib, ikki barmoq bilan burni qisiladi (mabodo burun qisilmasa og'izdan bosim ostida yuborilgan havo burundan chiqib ketadi). Og'izni atmosfera havosi bilan to'ldirib, bemor og'ziga og'izni jips qo'yib, kuch bilan be­mor o'pkasiga yuboriladi va bir vaqtning o'zida ko'krak qafasining ko'tarilishi kuzatiladi. Agar ko'krak qafasi ko'tarilib tushsa, sun'iy nafas berish to'g'ri va foydali bajarilayotgan hisoblanadi. Aks holda nafas yo'llari o'tkazuvchanligi ta'minlanmagan bo'ladi. Shunday nafas berishni bir daqiqada 16—18 marta takrorlash kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, nafas yuborilganda burun qisilgan, chiqarilganda esa burun va og'iz ochiq bo'lishi va iloji bo'lsa qorinning epigastril sohasiga bosib turish kerak, bu oshqozonga havo ketishidan saqlaydi, natijada oshqozondagi mahsulot nafas yo'llariga chiqmaydi. Biror sababga ko'ra bemor og'zi ochilmasa, yuqoridagi usul burun orqali bajariladi.

Bolalarga sun'iy nafas berilayotganda bolaning og'ziga burni bilan qo'shib nafas beriladi, bunda havo kam miqdorda va tez-tez, ya'ni 22—25 marta beriladi. Sun'iy nafasni maxsus niqoblar, trubkalar yoki Ambu apparatlari yordamida berish ham mumkin.

Oddiy o'pka-yurak reanimatsiyasining uchinchi elementi — yurakni tashqi massaj qilish yo'li bilan qon aylanishini ta'minlash. Bu yo'l bilan qon aylanishi 40—45 % gacha tiklanadi. Ko'krakka bosish tartibini o'zgartirsak, 50—60 % gacha yetishi mumkin. Sun'iy qon aylanishi mexanizmi yurakning to'sh-ko'krak suyagi bilan umurtqalar orasidagi qisilishiga asoslangan, ya'ni yurakni tashqi massaj qilganda qon aorta va o'pka arteriyalariga otilib chiqadi.

Tashqi massajni bajarish uchun kasal qattiq joyga yotqiziladi, qo'llari yon tomonga yoyilgan holda bo'lib, ko'krak qafasi chap tomon 3—5- qovurg'alari ustidan, qo'l kaftining birini ikkinchisining ustiga qo'yib, shunday kuch bilan bosish kerakki, ko'krak qafasi 3_4 sm pasaysin, ya'ni ko'krak qafasiga 50—55 kg kuch bilan bosiladi (5-rasm). Bu muolaja bir daqiqada 70—80 marta bajarilishi kerak. Agar massaj to'g'ri bajarilsa, butun organizm 45—60 %, miya esa 90 %, buyrak 15 %, yurak 35 % gacha qon bilan ta'minlanadi. Massaj qilinayotgan paytda massajchining qo'llari to'g'ri turishi va ma'lum kuch bilan bosishi kerak, aks holda massajdan ko'p asorat olish mumkin. O'pka-yurak reanimatsiyasi og'ir muolaja bo'lib, katta kuch talab qiladi. Shuning uchun ikki reanimator ishtirokida o'tkaziladi; biri sun'iy nafas berish, ikkinchisi tashqi massaj qilish bilan shug'ullanadi. Yurakni massaj qilish sun'iy nafas berishga qaraganda og'ir muolaja hisoblanadi.



Xulosa

Xulosa qib aytganda og`ir bemorlarni davolashda reanimatsiya anestizyalogiya bo`limlarini o`rni katta. Ahvoli og`ir holda olib kelingan bemorni birinchi bo`p reanimatalogiya bulimiga olib kelinadi,va hayotiy funksiyalarni shu yerda qayta tiklanadi.Ahvoli og`ir bemorlarni operatsiya qilish lozim bulganda anestizyoliglarga darrov murojat qilinadi. Bu ikki bulimda katta masulyat bilan ishlanadi. Xirurg vrachlar qatori hamshiralarni o`rni katta chunki diqqatni jamlab e`tibor bilan ishlash kerak.Og`ir bemorlarni davolashda eng avvalo bemorlarni parvarish qilishga e`tiborni qaratish kerak, chunki og`ir yotgan bemorlar o`rnidan turolmastligi sababli yotoq yaralar paydo bulishi mumkin. Shu tufayli bemorlarni har doim choyshablarini ,kiyim kechaklarini almashtirib turish, kurak dumg`aza sohalarni iliq suv bilan artib turish,yuz qo`llarini yuvib, sochlarini tarab tartibli qib yig`ishtirib quyish kerak . Og`ir yotgan bemorlarni ovqatlanishiga katta etibor qaratish kerak chunki bemor organizimi O`zini tiklashi uchun unga ko`.p energiya yani ozuqa moddalar kerak va yana og`ir yotgan bemorlarni parheziga ham e`tabor qaratish kerak. Chunki bemor operatsiyadan chiqqanidan keyin organizim silabiy holatda buladi, organizim o`ta yog`li, sho`r, achchiq bulgan taomlarni hazim qila olmaydi. Hulosa qib aytganda og`ir holatga tushmastlik uchun biz uzimizni asrashimiz kun tartibiga rioya qilishimiz va sport bilan muntazam shug`ullanishimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. P.F. Borovskiy nomli tibbiyot koileji TOSHKENT - „ILM ZIYO" - 2005

Yüklə 237,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin