Gospital xirurgiyasi
39 Sahifa
hisoblanadi, biroq, ularning paydo bo’lishi ko’pincha qizilo’ngach
funktsiyasining buzilishi bilan o’tadi, shuning uchun qizilo’ngach
patologiyasini bayon qilishda ushbu kasallik ustida to’xtalib o’tish o’z-
o’zidan joiz hisoblanadi.
Tsenker divertikuli paydo bo’lishida, aftidan, mexanik omil – ovqat
luqmasining halqum devorining kuchsiz joyini ko’p bosib turish, ehtimol,
halqum mushaklari va qizilo’ngachga kirish qismidagi mushaklar
qisqarishining uyg’unligi buzilishi asosiy ahamiyat kasb etsa kerak. Ayrim
mualliflar halqum, halqum-qizilo’ngach divertikullari rivojlanishida
embriologik shartsharoitlarning ahamiyatiga ishora qilib, embrionda
halqum devoridagi shu xildagi bo’rtmalarni qayd qiladilar. Patologik
anatomiyasi. Divertikul asta-sekin bir necha yillar ichida rivojlanadi.
Halqum quyi bo’limi orqa devorida hosil bo’lgan divertikul
qizilo’ngachning orqa devori va umurtqa pog’onasi orasida pastga tushadi.
Divertikul teshigi odatda enlik va halqumning to’g’ridan-to’g’ri
davomi hisoblanadi va qizilo’ngach kirish qismi oldinga, hiqildoqqa
siljigan. Divertikul katta-kichikligi har xil – kichkina botiqlikdan to nok
kattaligigacha bo’ladi. U ovqat bilan to’lganda qizilo’ngachni oldinga qisib
qo’yadi va yutishni juda qiyinlashtiradi. Divertikul qopchasida mushak
tolalari bo’lmaydi va odatda atrofdagi to’qimalar bilan yopishib ketmagan
bo’ladi. Divertikulning ichki yuzasi halqum shilliq pardasi bilan
qoplangan. Ba’zan yuzasida eroziyalari bilan donador yoki yassi
chandiqlari bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: