Samarqand davlat tibbiyot universiteti buxoro davlat tibbiyot instituti



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/166
tarix12.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#142845
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   166
Қўлланма Gospital xirurgiya охирги

Gospital xirurgiyasi
31 Sahifa 
Boshqa omillarning ham ahamiyati bor: ichilgan kimyoviy modda 
miqdori, me’dada ovqat borligi va x.k. Odatda kuyishdan keyin stenozlar 
qolgan bemorlarda og’iz va xalqum shilliq, pardasida ham tegishli 
o’zgarishlar kuzatiladi. Qizilo’ngach kardial sfinkteri ustidagi distal 
bo’lim, halqum-qizilo’ngach birikkan sohadagi proksimal bo’lim, 
shuningdek bifurkatsiya sathi eng qattiq zarar ko’radi. Qizilungach shilliq 
pardasidagi qattiq ta’sirotga javoban qizilo’ngach devorlari spazmga 
uchrashi natijasida o’yuvchi moddaning turib qolishi qizilo’ngach distal 
bo’limining birmuncha jiddiy zararlanishiga olib keladi. Ishqorlardan 
zaharlanishda qizilo’ngachda eng og’ir o’zgarishlar yuz beradi, deb 
hisoblaydilar, chunki bularda kislotalardan kuyishdan farqli ravishda 
qoraqo’tirning erib ketishi sodir bo’ladi. 
Patologik anatomiyasi.
Zararlanish darajasi zaharning miqdori va 
kontsentratsiyasiga bog’liq. Refleks tarzida tezda qayt qilish tufayli 
yutilgan suyuqlik miqdori odatda unchalik ko’p bo’lmaydi, biroq og’iz, 
qizilo’ngach va me’daning qattiq kuyib qolishi sodir bo’lishi uchun bir 
necha tomchi kuchli kislota yoki ishqor kifoya qiladi. Shilliq parda 
giperemiyasi va shishdan keyin tezda qizilo’ngach devori nekrozi sodir 
bo’ladi. Nekrozlangan qismlar mayda-mayda zarralar va yirik bo’laklar 
holida kuygan to’qimadan ko’chib tusha boshlaydi. Ayrim hollarda yara 
hosil bo’lishi yuza, boshqa hollarda chuqur bo’ladi. Shilliq pardaning yuza 
zararlanishlari birmuncha tez epiteliylanadi. Chuqur zararlanishlari esa 
granulyatsiya va biriktiruvchi to’qima hosil qilib bitadi, yaralanish
8-10 kungacha saqlanib qoladi. Yaralar juda sekin bitadi. Rivojlanayotgan 
biriktiruvchi to’qima asta-sekin (2-6 oy ichida) chandiq (yamoq) hosil 
qiladi va bujmayadi.
Agar shikastlanish shilliq parda bilangina chegaralanib qolgan 
bo’lsa, qizilo’ngach bo’shlig’i toraymagan holda yuza chandiq hosil 
bo’ladi. Shilliq parda osti qavati va mushak qavati zararlanganda 
sklerozlangan, juda zich (Van Gekker bo’yicha qadoqsimon bujmayish), 
chuqur chandiqli to’qima hosil bo’ladi. Chandiqning ichki yuzasi notekis, 
rangsiz, ba’zan yara chaqasi bor. Chandiqli to’qimaning bujmayishi bir 
necha haftaga cho’ziladi. Qizilo’ngachning chandiqli o’zgarishlari, odatda, 
fiziologik toraymalar sathida: aksariyat o’rta (bronx-aortal) torayish 
sohasida, so’nrpa qizilo’ngachga kirish qismida yoki diafragmal teshik 


O`quv qo`llanma
32 Sahifa 
sohasida hosil bo’ladi. Shunday qilib, kuyishda patologik o’zgarishlarning 
shartli ravishda 4 bosqichini farq qilish mumkin: 1) shilliq parda 
giperemiyasi va shishi; 2) nekroz va yara hosil bo’lishi; 3) granulyatsiya; 
4) chandiqlanish. 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   166




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin