O`quv qo`llanma 8 Sahifa
qiladilar. Bo’yinni egish va to’g’rilashda, boshni yon tomonlarga burishda,
ko’krakni bosishda og’riq kuchayadi. Bemorlar majburiy holatni
egallaydilar (boshini oldinga qilib qaddini baland qo’yib yotadilar).
Qizilo’ngach, bronxlar teshilganda mediastinal, so’ngra esa teri osti
emfizemasi vujudga keladi.
Qon tahlilida yuqori leykotsitoz, leykoformulaning chapga siljishi,
EChTning oshganligi ma’lum bo’ladi. Rentgenogrammalarda ko’ks
oralig’i ko’lankasining kengayganligi, ichi bo’sh a’zolar teshilganda esa,
ko’ks oralig’ida gaz borligi qayd etiladi.
Davolash: Muolaja tadbirlarini o’tkazish bilan birga jarrohlik
amaliyoti (operatsiya) qo’llaniladi. Bundan maqsad infektsiya manbaini
bartaraf etish, ko’ks oralig’ini antiseptik eritmalar bilan doimiy yuvib
turish uchun qo’sh bo’shlig’li silikon naychalar bilan adekvat
drenajlashdan iborat. Muolaja tadbirlari bakteriologik tekshiruvlar tahlili
va nazorati ostida antibakterial muolaja, diurez stimulyatsiyasi bilan birga
detoksikatsion infuzion muolaja, hamda bemorning immunologik holatini
quvvatlaydigan muolajalar o’tkazishdan iborat.
Surunkali mediastenit o’tkir mediastenitning oqibati bo’lishi
mumkin. Unga sil, antipolipoz, zaxm sabab bo’lishi ehtimoli bor. Idiopatik
sklerozlovchi mediastenit ham farq qilinadi.
Klinik ko’rinishi. Surunkali mediastenit uzoq vaqt mobaynida
belgisiz kechishi mumkin. Keyinroq esa, ko’krak qafasida og’riq, tana
haroratini subfebril ko’rsatkichlargacha ko’tarilishi, yo’tal, nafas olishda
qiynalish va uning qisishi, lanjlik, holsizlik, yutish jarayonida qiynalishlar,
ko’krakda siqilish sezgisining paydo bo’lishi kuzatiladi. Bu simptomlar
odatda sil (o’pka yoki limfatik tugunlar sili), zaxm kabi spetsifik
kasalliklaridagi bo’ladigan klinik belgilar bilan o’tadi. Sklerozlovchi
mediastenitda, kasallikning rivojlanishi jarayonida asta-sekin yuqori kovak
venaning ezilishi bilan bog’liq simptomlarning paydo bo’lishi (yuz
kerikishi, qo’lda shish, tsianoz paydo bo’lishi), ko’krak teri osti
venalarining g’oyat darajada kengayishi sodir bo’ladi.
Diagnozni tasdiqlash uchun qizilo’ngach va yuqori kovak venasiga
kontrast modda yuborib rentgenologik tekshirishdan foydalaniladi.
Davolash: spetsifik antibakterial preparatlar tayinlashdan iborat.
Idiopatik sklerozlaydigan mediastenitda nurlash, kortikosteroidlar qo’llash