Samarqand davlat tibbiyot universiteti



Yüklə 210,04 Kb.
səhifə4/7
tarix25.12.2023
ölçüsü210,04 Kb.
#193727
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Dori moddalarni organizmga yuborish usullari

Birinchi usul. Shpris silindri birinchi, ikkinchi va uchinchi
barmoqlar orasida siqib turiladi, to'rtinchi va beshinchi bar-
moqlar bilan porshenni ushlab turiladi. Ignani yelka sathiga 30°
burchak ostida teri burmasining asosiga pastdan yuqoriga (bemor
tik turadi) sanchiladi. Terini teshishda igna teshigi hamisha yuqoriga qaragan bo-
lishi kerak. Teri ostiga, mushaklarga va venalarga inyeksiya
qilishda ignani bor bo'yicha emas, balki taxminan 2/3 qismi
kiritiladi, chunki igna muftasi bilan birikkan joyidangina sini-
shi mumkin. Teri teshilgach, shpris chap qoʻlga olinadi. o'ng
qo'lning ikkinchi va uchinchi barmoqlari bilan silindr gardishi
qisib turiladi, birinchi barmogi paxta sharchani chap qo'l bilan qo'yib, igna tortib olinadi. Chap qo'ldagi paxta sharcha bilan esa dori yuborilgan joyni yengi uqalanadi, shunday qilinsa u teri osti yog' hujayrasida yaxshi tarqaladi va qaytib chiqmaydi. Terining teshilgan joyida yodning spirtli eritmasi shimdirilgan paxta
sharchasini uzoq ushlab turmaslik kerak, chunki yod terini kuydirishi mumkin.
Ikkinchi usul. To'ldirilgan shprisni ikkinchi va uchinchi, to'rtinchi
barmoqlar bilan vertikal holda ignasini pastga qaratib ushlab turiladi. Ignani tezlik bilan sanchib ikkinchi barmoq bilan porshen dastasi bosiladi va dori yuboriladi. so'ngra igna chiqariladi.
Teri osti inyeksiyalarida turli asoratlar, jumladan turli hajm va turli
qattiqlikdagi infiltratlar kuzatilishi, bunda shikastlangan sohada yallig'lanish
mahsulotlari yigʻilib, shu joy berchlashib qolishi mumkin. Bunga oʻtmas
igna yoki ignaning ingichkaligi, shuningdek infeksiya tushishi sabab bo'ladi.
Infiltrat yuzaga kelishida bemorning ahvoli ham muhim ahamiyatga ega.
Chunonchi, ogʻir ahvolda yotgan bemorlarda dorining soʻrilishi sekinlashadi.
Ba'zan infiltratlar erib, madda, oqma yara hosil qiladi. Hosil bo'lgan infiltratlarning soʻrilishini tezlashtirish uchun qizdiradigan kompresslar, fizioterapiya qo'llaniladi. Yiring boylagan joylar (abssesslar) yoriladi.

Yüklə 210,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin