Samarqand davlat tibbiyot universiteti


Menyu satrida joylashgan bo`limlar quyida batavsil yoritiladi



Yüklə 3,56 Mb.
səhifə6/56
tarix26.09.2023
ölçüsü3,56 Mb.
#149058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Укув кулланма 2023 Лицие

Menyu satrida joylashgan bo`limlar quyida batavsil yoritiladi:
Файл – fayllar bilan bog`liq bo`lgan barcha amal buyruqlari joylashgan;
Правка – tahrirlash amallarini o`zida saqlovchi amal buyruqlari joylashgan;
Вид – ish kitobining ekranda hosil bo`lish variantlari joylashgan;
Вставка – jadvalga kerakli elementlarini qo`yish va qo`yish bilan bog`liq boshqa amal buyruqlari joylashgan;
Формат – ish kitobini va jadvalni formatlashga bog`liq bo`lgan barcha amal buyruqlari joylashgan;
Сервис – dasturning har xil qo`shimcha funksiyalari buyruqlari joylashgan;
Данные – berilganlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan buyruqlar joylashgan;
Окно – Excel dasturining ikkilamchi oynasi bilan bog`liq bo`lgan amal buyruqlari joylashgan.



Uskunalar paneli


Menyu satri ostida uskunalar paneli joylashgandir. U tugmalar va yoyiluvchi ro`yxatlardan tashkil topgandir. Uskunalar paneliga asosan matnni tahrirlashda va formatlashda ko`p ishlatiladigan funksiyalar tugmalari joylashtiriladi.
Har bir tugma o`z nomiga ega. Tugmaning nomini ko`rish uchun unga sichqoncha ko`rsatkichi keltirib, bir necha soniya ushlab turish kerak. Agar joriy vaqtda tugmaga bog`langan funksiya bajarilish imkoni mavjud bo`lmasa, u holda bu tugma rasmi rangsiz holda bo`ladi.
Uskunalar paneli foydalanuvchining xohishiga ko`ra tuzilishi ham mumkin. Quyida, Excel dasturda hujjatlarni tahrirlashda juda ko`p ishlatiladigan ikkita asosiy “Стандартная” (3.4-rasm) va “Форматирование” (1.4-rasm) uskunalar paneli tugmalari tavsiflangan.



1.4-rasm

“Стандартная” uskunalar panelidagi tugmalarni tavsiflaymiz.


[Создать] – yangi hujjat tashkil qilish (Ctrl + N);
[Открыть] – kompyuter xotirasida mavjud bo`lgan hujjatni ochish (Ctrl + O);
[Сохранить] – tahrirlanayotgan hujjatni xotiraga saqlash (Ctrl+S);
[Печать] – hujjatni qog`ozga chop qilishga yuborish;
[Предварительный просмотр] – hujjatni qog`ozga chop qilishdan avval ko`zdan kechirish;
[Правописание] – hujjatning orfagrafik va grammatik xatolarni tekshirish va to`g`irlash.
[Вырезать] – hujjatdagi ajratilgan fragmentni yo`qotish va uni “буфер обмен” ga joylash (Shift + Delete);
[Копировать] – hujjatdagi ajratilgan fragment nusxasini “буфер обмен” ga joylash (Ctrl + Insert);
[Вставить] – hujjatning kerakli joyiga “буфер об­мен” da joylashgan fragmentni qo`yish (Shift + Insert);
[Отменить] – oxirgi bir yoki necha amallarni bekor qilish;
[Вернуть] – avvalgi bekor qilingan bir yoki bir necha amallarni qaytarish.
[Добавление гиперссылки] – joriy joyga gipermurojatni joylash;
[Рисование] – rasm hosil qilish uchun xizmat qiluvchi uskunalar panelini hosil qilish;
[Масштаб] – matnning ekranda namoyish qilish masshtabini sozlash.


[Автосумма] – yig`indi funksiyasini ishga tushiradi (Alt+=);
[Вставка функции] - ixtiyoriy funksiyani ishga tushirish;
[Сортировка по возрастанию] – berilganlarni alifbo bo`yicha o`sish tartibida saralash;
[Сортировка по убыванию] – berilganlarni alifbo bo`yicha kamayish tartibida saralash.
[Мастер диаграмм] – diagramma tashkil qilish va uni ishchi varag`iga joylashtirish;


[Справка по Microsoft Excel] - Excel so`rovnomasini chaqirish.

Yüklə 3,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin