Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti,
O zbek tili. Filologiya va tillarni o qitish yo nalishi
4-kurs 02-guruh talabasi Umarova Intizorga
Samarqand shahar XTBga qarashli 19-umumiy
o rta ta’lim maktabida o tagan pedagogik
amaliyot davri bo yicha
TAVSIFNOMA
Umarova Intizor 2021-yilning 6-sentabrdan 2022-yilning 31-martga qadar
Samarqand shahridagi 19-umumiy o rta ta’lim maktabida pedagogik amaliyot
davrini o tadi. Pedagogik amaliyot davrida talaba Umarova Intizor 6- sinflariga
biriktirildi. Umarova Intizor pedagogik amaliyotning dastlabki ikki haftasida dars
tahlili bilan tanishdi. O ziga biriktirilgan ona tili va adabiyot fani o qituvchisi
Yodgorova Go’zal bilan hamkorlikda ish olib bordi. Davlat ta’lim standatlari,
kalendar reja bilan tanishib, o quvchilarga “Ona tili” va “Adabiyot” fanlaridan
dars olib bordi. Darsda turli xil pedagogik metodlardan unumli foydalandi. Shu
qisqa davrda o quvchilar bilan til topisha oldi. “Ona tili” va “Adabiyot”
fanlaridan ko rgazmali vositalardan foydalanib dars olib bordi. Har bir darsga
puxta tayyorgarlik ko rib, qiziqarli dars o tdi va darsdan tashqari tashkiliy
ishlarda faol qatnashdi. Maktabda o tkazilgan barcha tadbirlarda faol ishtirok etdi.
O zi ham dars o tadigan sinflarida ham tadbirlar o tkazdi.
6-“A” sinf rahbari Jabborova Vasila bilan birgalikda sinf majlislari, ota-onalar
majlislarida ishtirok etdi.
Maktab direktori: Daminova O
O TIBDO : __________ __________________________
Amaliyot rahbari: Hasanov A
Samarqand shahar 19-umumiy o rta ta’lim
maktabi 6-“A”sinfining iqtidorli o quvchisi
Ahmadjanova Mehribonga
TAVSIFNOMA
6-“A” sinf o quvchisi Ahmadjanova Mehribon bilimli, ijodkor va boshqalarga
nisbatan iqtidorli o quvchi. Barcha fanlarni yaxshi o’zlashtiradi va a’lo baholarga
o qiydi. Shuningdek, dunyoqarashi keng, o’z fikrini boshqalarga erkin tushuntirib
bera oladi, jamoat ishlarida, tadbirlarda, bilimlar bellashuvida ham faol qatnashadi.
O’z ustida doimiy ishlashi tufayli so’z boyligi yuqori. Mustaqi ravishda sodda
gaplarni tuza oladi, o’zi haqida qisqacha bo’lsa ham ma’lumot bera oladi.
O qituvchilari va sinfdoshlari bilan yaxshi aloqada, tarbiyali o’quvchi. Dars
jarayonlariga muntazam qatnashadi, darsliklar bilan cheklanib qolmay, zamonaviy
kompyuter texnologiyalaridan ham foydalana oladi. Bir necha tadbir va
musobaqalarda olgan faxriy yorliq va diplomlari ham mavjud.
O zi mustaqil ravishda mavzuni o’zlashtiradi va darsni tashkillay oladi.
Mas’uliyatli o’quvchi sifatida o’z kelajagi haqida qayg’uradi va oliy o’quv yurtida
o’qishni davom ettirishni, kelajakda malakali kadr bo’lib yetishishni xohlaydi.
Maktab direktori: Daminova O
Maktab psixologi: Tursunov J
Sinf rahbari: Jabborova V
Amaliyotchi talaba: Umarova I
Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti
O zbek tili. Filologiya va tillarni o qitish yo nalishi
4-kurs 02-guruh talabasi Umarova Intizor
tomonidan Samarqand shahar XTBga qarashli
19-umumiy o’rta ta’lim maktabining 6-“A ”sinf
o quvchilariga
TAVSIFNOMA
6-“A ”sinf o’quvchilari pedagogik amaliyot davomida intizomli, zukko, tirishqoq
va bilimli o’quvchilar sifatida o’zlarini ko’rsatishdi. Bilimlarni har doim qunt bilan
o’rganishga harakat qilishadi va darslarga diqqat bilan quloq solib, so’raganda
izchil javob berib borishadi. Ularning dars davomida faol ishtirok etishlari bilan bir
qatorda, mashg’ulotlarni qoldirmaslikka bo’lgan harakatlari, intilishlari, ayniqsa,
tahsinga sazovor.
6-“ A ”sinf o’quvchilari “Ona tili” va boshqa fanlardan qunt va ixloslari,
tirishqoqlik bilan harakat qilishlari bois maktabda hamda tuman olimpiadalarida
yetakchi o’rinlarni egallab kelishgan. Ushbu o’quvchilar o’qituvchilar tomonidan
berilgan topshiriqlarni kechiktirmasdan, o’z vaqtida to’la va puxta bajarib
borishadi. Maktab va sinflararo o’tkaziladigan tashkiliy, jamoa ishlarida,
jumladan, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ham faol qatnashadi.
6-“A ”sinf o’quvchilar to’g’ri so’zligi, odobliligi, do’stlariga mehribonligi, ahil-
inoqligi bilan o’qituvchilarining, shu qatorda, mening hurmatimga sazovor
bo’lishdi.
Amaliyot rahbari: Hasanov A
Amaliyotchi talaba: Umarova I
ilg’OR, tajRibali O’qituvchilaR haqida ma’lumOt
Qarshiyev Aziz 20 yillik ish tajribaga ega bo’lib,7 yildan beri 19-umumiy o’rta
ta’lim maktabida faoliyat olib bormoqda. Qarshiyev Aziz o’quvchilarga saboq
berish bilan bir qatorda, tuman gazetasi va viloyat gazetalarida o’z maqolalarini
e’lon qilib kelmoqda.
Maktabda o’tkaziladigan turli tadbirlar, jumladan, “Boks tugaragiga!” “Valebol
tugarak”lariga boshchilik qiladi Qarshiyev Aziz ning shogird o’quvchilari ham
turli-tuman musobaqalarda o’rin olib kelmoqda. Hozirgi kunda Qarshiyev Aziz
Jismoniy tarbiya fanidan yuqori sinflarga dars berish bilan bir qatorda 8-“A ”
sinfiga rahbar sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Toifasi oliy.
Saidova Yorqinoy 7yillik ish tajribasiga ega. 19-umumiy o’rta ta’lim maktabida
boshlang’ich sinf o’qituvchisi bo’lib ishlaydi. 3-“ V ” sinf rahbari sifatida faoliyat
yuritmoqda. O’quvchilari bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalarida, shuningdek
,maktabda o’tkaziladigan ko’rik-tanlov va tadbirlarda ham faol ishtirok etib
kelmoqda. Toifasi 1.
O zbekistOn Respublikasi
xalq ta’limi vaziRligi
Samarqand shahar XTBga qarashli
19-umumiy o rta ta’lim maktabi
Ona tili va adabiyot fani o qituvchisi
Umarova Intizorning
o tkazgan tadbir
Ssenariysi
Samarqand shahar 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot
fani pedagogik amaliyotchisi Intizor Umarovaning 5-sinfda “Maqollar”
mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars tahlili
BAYONNOMASI
Sana: “15”-sentabr 2022-yil
Tahlilda ishtirok etdilar:
Maktab direktori: O. Daminova
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi: G. Qo’ziyeva
Ko’rilgan masala: ochiq darsning tahlil qilinishi.
1. 5-sinfda adabiyot fani bo’yicha “Maqollar ” mavzusida o’tkazilgan ochiq dars
tahlili.
Masala yuzasidan maktab direktori so’zga chiqdi. U o’z so’zida darsda
erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdi. U pedagogik
amaliyotchining quyidagi yutuq va kamchiliklari haqida aytib o’tdi:
Yutuqlari: Darsda o’quvchilar faolligiga erishildi, darsda ko’rgazmali
qurollardan foydalanildi: kartochka, buklet, tarqatma materiallardan foydalanildi.
Yig’ilishda fan o’qituvchilari ham dars to’g’risida o’z fikrlarini aytdilar:
Jumladan, G. Qo’ziyeva o’z so’zida dars davomida ba’zi o’quvchilar o’qituvchi
nazaridan chetda qolganligi, buning natijasida o’quvchilarga darsda berilishi kerak
bo’lgan BKM (bilim, ko’nikma, malaka) elementlari o’zlashtirilmay qolganligi
ta’kidlab o’tildi. Darsda erishilgan yutuqlar xususida to’xtalib, zamonaviy texnika
vositalaridan foydalanishning afzalliklari ko’p ekanligini aytib o’tdi. Davlatimiz
tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko’pgina
afzalliklarga ega. Masalan, zamonaviy o’qitishning interfaol uslub metodlardan
foydalanishni takomillashtirish. Darsda bir qator yutuq va kamchiliklarga to’xtaldi.
Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish qarori:
1. Pedagogik amaliyotchi tomonidan o’tkazilgan dars “yaxshi” deb baholansin.
2. Darsda yo’l qo’yilgan kamchiliklar uslub-metod birlashma bilan birgalikda
bartaraf etilsin.
Yig’ilish raisi: Daminova O
Samarqand shahar 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani
pedagogik amaliyotchisi I. Umarovaning O’zbek tili fanidan 2-“b” sinfida
“Harflar maydonchasi” mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars tahlili
BAYONNOMASI
Sana: “28”-fevral 2022-yil
Tahlilda ishtirok etdilar:
Maktab direktori: O. Daminova
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi: G.Qo’ziyeva
Ko’rilgan masala: ochiq darsning tahlil qilinishi.
1. 2-sinfda o’zbek tili fani bo’yicha “Harflar maydonchasi” mavzusida
o’tkazilgan ochiq dars tahlili.
Masala yuzasidan maktab direktori so’zga chiqdi. U o’z so’zida darsda
erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdi. U pedagogik
amaliyotchining quyidagi yutuq va kamchiliklari haqida aytib o’tdi:
Yutuqlari: Darsda o’quvchilar faolligiga erishildi, darsda ko’rgazmali
qurollardan foydalanildi: kartochka, buklet, tarqatma materiallardan foydalanildi.
Yig’ilishda fan o’qituvchilari ham dars to’g’risida o’z fikrlarini aytdilar:
Jumladan, G.Qo’ziyeva o’z so’zida dars davomida ba’zi o’quvchilar o’qituvchi
nazaridan chetda qolganligi, buning natijasida o’quvchilarga darsda berilishi kerak
bo’lgan BKM (bilim, ko’nikma, malaka) elementlari o’zlashtirilmay qolganligi
ta’kidlab o’tildi. Darsda erishilgan yutuqlar txususida to’xtalib, zamonaviy texnika
vositalaridan foydalanishning afzalliklari ko’p ekanligini aytib o’tdi. Davlatimiz
tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko’pgina
afzalliklarga ega. Masalan, zamonaviy o’qitishning interfaol uslub metodlardan
foydalanishni takomillashtirish. Darsda bir qator yutuq va kamchiliklarga to’xtaldi.
Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish qarori:
1. Pedagogik amaliyotchi tomonidan o’tkazilgan dars “yaxshi” deb baholansin.
2. Darsda yo’l qo’yilgan kamchiliklar uslub-metod birlashma bilan birgalikda
bartaraf etilsin.
Yig’ilish raisi: Daminova O
Samarqand shahar 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani
pedagogik amaliyotchisi I. Umarovaning 6-“A” sinfida “Aniq va mavhum otlar”
mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars tahlili
BAYONNOMASI
Sana: “25”-mart 2022-yil
Tahlilda ishtirok etdilar:
Maktab direktori: O. Daminova
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi: G.Qo’ziyeva
Ko’rilgan masala: ochiq darsning tahlil qilinishi.
1. 6-sinfda ona tili fani bo’yicha “Aniq va mavhum otlar” mavzusida o’tkazilgan
ochiq dars tahlili.
Masala yuzasidan maktab direktori so’zga chiqdi. U o’z so’zida darsda
erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdi. U pedagogik
amaliyotchining quyidagi yutuq va kamchiliklari haqida aytib o’tdi:
Yutuqlari: Darsda o’quvchilar faolligiga erishildi, darsda ko’rgazmali
qurollardan foydalanildi: kartochka, buklet, tarqatma materiallardan foydalanildi.
Yig’ilishda fan o’qituvchilari ham dars to’g’risida o’z fikrlarini aytdilar:
Jumladan, G.Qo’ziyeva o’z so’zida dars davomida ba’zi o’quvchilar o’qituvchi
nazaridan chetda qolganligi, buning natijasida o’quvchilarga darsda berilishi kerak
bo’lgan BKM (bilim, ko’nikma, malaka) elementlari o’zlashtirilmay qolganligi
ta’kidlab o’tildi. Darsda erishilgan yutuqlar txususida to’xtalib, zamonaviy texnika
vositalaridan foydalanishning afzalliklari ko’p ekanligini aytib o’tdi. Davlatimiz
tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko’pgina
afzalliklarga ega. Masalan, zamonaviy o’qitishning interfaol uslub metodlardan
foydalanishni takomillashtirish. Darsda bir qator yutuq va kamchiliklarga to’xtaldi.
Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish qarori:
1. Pedagogik amaliyotchi tomonidan o’tkazilgan dars “yaxshi” deb baholansin.
2. Darsda yo’l qo’yilgan kamchiliklar uslub-metod birlashma bilan birgalikda
bartaraf etilsin.
Yig’ilish raisi: Daminova O
Samarqand shahri 19-umumiy o’rta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani
pedagogik amaliyotchisi I. Umarovaning 6-sinfida“Sifat so`z turkumi ”
mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars tahlili
BAYONNOMASI
Sana: “30”-mart 2022-yil
Tahlilda ishtirok etdilar:
Maktab direktori: O. Daminova
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi: G. Qo’ziboyeva
Ko’rilgan masala: ochiq darsning tahlil qilinishi.
6-sinfda ona tili fani bo’yicha “Sifat so`z turkumi” mavzusida o’tkazilgan ochiq
dars tahlili.
Masala yuzasidan maktab direktori so’zga chiqdi. U o’z so’zida darsda
erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida to’xtalib o’tdi. U pedagogik
amaliyotchining quyidagi yutuq va kamchiliklari haqida aytib o’tdi:
Yutuqlari: Darsda o’quvchilar faolligiga erishildi, darsda ko’rgazmali
qurollardan foydalanildi: kartochka, buklet, tarqatma materiallardan foydalanildi.
Yig’ilishda fan o’qituvchilari ham dars to’g’risida o’z fikrlarini aytdilar:
Jumladan, G. Qo’ziyeva o’z so’zida dars davomida ba’zi o’quvchilar o’qituvchi
nazaridan chetda qolganligi, buning natijasida o’quvchilarga darsda berilishi kerak
bo’lgan BKM (bilim, ko’nikma, malaka) elementlari o’zlashtirilmay qolganligi
ta’kidlab o’tildi. Darsda erishilgan yutuqlar txususida to’xtalib, zamonaviy texnika
vositalaridan foydalanishning afzalliklari ko’p ekanligini aytib o’tdi. Davlatimiz
tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan ko’pgina
afzalliklarga ega. Masalan, zamonaviy o’qitishning interfaol uslub metodlardan
foydalanishni takomillashtirish. Darsda bir qator yutuq va kamchiliklarga to’xtaldi.
Ko’rilgan masala yuzasidan yig’ilish qarori:
1. Pedagogik amaliyotchi tomonidan o’tkazilgan dars “yaxshi” deb baholansin.
2. Darsda yo’l qo’yilgan kamchiliklar uslub-metod birlashma bilan birgalikda
bartaraf etilsin.
Yig’ilish raisi: Daminova
Samarqand davlat universiteti 402-guruh talabasi Umarova Intizorning
Samarqand viloyati Samarqand shahar
19-umumiy o’rta ta’lim maktabida amalga
oshirgan pedagogik amaliyoti bo’yicha
HISOBOTI
2021-yil 4-sentabrda “O’zbek tili va adabiyotini o’qitish metodikasi” kafedrasi
o’qituvchilari va 4-kurs talabalari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishni
filologiya fakulteti dekani prof. A. Pardayev ochib berdi va pedagogik amaliyot
haqida tushuncha berdi. Undan keyin pedagogik amaliyot raisi , “O’zbek tili va
adabiyotini o’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri prof. I. Mirzayev so’zga chiqdi
va pedagogik amaliyot o’tkazilish tartibi, muddati hamda bu amaliyotning
ahamiyati va mas’uliyati haqida so’z yuritdi. So’zini yakunlar ekan, talabalarga
omad tiladi. Undan keyin Hasanov A. so’zga chiqdi va amaliyot xususida fikrlarni
to’ldirdi hamda kafedra o’qituvchilari qaysi talabalarga amaliyot rahbari ekanligini
ma’lum qildi. Mening amaliyot rahbarim Hasanov A. ekan.
Men Samarqand viloyati Samarqand shahri XTBga qarashli 19-umumiy o’rta
ta’lim maktabi bilan shartnoma tuzdim hamda shu maktabda amaliyot o’tadim.
Amaliyot rahbarim malakali pedagog o’qituvchi G. Qo’ziyeva hisoblanadi. Menga
6-“A” sinfi biriktirildi, ushbu sinfga ona tili va adabiyot fanlaridan dars
mashg’ulotlarini olib bordim.
Dars o’tish bilan birgalikda dars tahlili bilan ham shug’ullandim. Amaliyot
rahbarimdan hujjat ishlarini o’rgandim.
Amaliyotim davrida turli o’qituvchilarning darslarini kuzatdim. Bulardan bittasi
amaliyot rahbarim G. Qo’ziyeva 6-sinfga ona tilidan “Fe’l nisbatlari” mavzusida
o’tgan darsiga tahlil qilish uchun kirdim. O’qituvchi darsni yurtimizda sodir
bo’layotgan yangiliklarni yetkazishdan boshladi. Darsning asosiy qismiga o’tib,
o’tgan darsni savol-javob qildi. Keyin yangi mavzuni qiziqarli ma’lumotlar bilan
tushuntirdi, klaster, baliq skeleti metodlaridan foydalanib dars olib bordi.
O’quvchilar darsga faol qatnashdilar. Dars mazmunli va qiziqarli o’tdi. Men bu
dars mashg’ulotidan ta’lim metodlarini qo’llashni o’rgandim.
Amaliyot davomida darslarni kuzatib tajriba orttirdim. Shunday darslardan biri
ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Yodgorova G.ning darsi bo’ldi. 5-sinflarga
adabiyot fanidan “Oybek” mavzusida o’tgan ochiq darsida qatnashdim. O’qituvchi
darsni yaxshi tashkil qildi. Dars juda tushunarli va qiziqarli bo’ldi. Bundan tashqari
tarix, matematika, fizika fanlaridan darslarni kuzatdim, tahlil qildim. O’zim ona tili
va adabiyot fanlaridan mustaqil ravishda dars o’tdim.
Shuningdek, amaliyotim davomida tarix fani o’qituvchisi Majidov Husanning 6-
sinflarga “Tarix svilizatsiyasi” mavzusida o’tgan darsiga tahlilga kirdim. Darsni
kuzatdim va tahlil qildim.
Dars tahlillari davomida Pardayeva Faridaning 6-sinfga Adabiyot fanidan
“Zarbulmasal” mavzusida o’tgan darsida kuzatuvchi sifatida qatnashdim.
G. Qo’ziyeva , H. Majidov va F. Pardayevalarning darslarida muntazam
kuzatuvchi sifatida qatnashdim va tahlil qildim. Ulardan dars o’tish texnikasi,
pedagogik mahorat sirlari va darsda vaqtni to’g’ri taqsimlashni, shuningdek,
metodlarni qachon va qanday qo’llashni o’rgandim.
Pedagogik amaliyotim davomida 6 ta (2 ta ona tili va 4 ta adabiyot fanidan)
ochiq dars o’tdim.
15-Sentabr kuni 5-“A”sinfiga “
Maqollar
” mavzusida ochq dars o’tdim. Darsga
kuzatuvchi sifatida N. To’rayeva, G. Qo’ziyevalar kirdi. Darsni tashkil qildim.
O’tgan mavzuni savol-javob qildim va baholadim. Yangi mavzuni turli xil
metodlar asosida tushuntirdim. Yangi mavzuni mustahkamladik. Uyga vazifa qilib
maqollarni o’qib-o’ganib kelishni berdim. Dars qiziqarli o’tdi. Darsdan keyin
o’qituvchilar yutuq va kamchiliklarimni aytib o’zlarining fikrlarini bildirdilar.
28-fevral kuni 2-sinf o’quvchilariga o’zbek tili fanidan “Harflar maydonchasi”
mavzusida ochiq dars o’tdim. Darsga kuzatuvchi sifatida Z. Murodova va J.
Hamrayevlar kirishdi. Darsni tashkil qildim. O’tgan mavzuni savol-javob qildim va
baholadim. Yangi mavzuni darsga doir taqdimot asosida tushuntirdim. Harflar bilan
bog’liq o’yin daraxtchasini o’ynattirdim. Yangi mavzuni mustahkamladik. Uyga vazifa
qilib harflarni takrorlashni berdim. Dars qiziqarli o’tdi. Darsdan keyin o’qituvchilar
yutuq va kamchiliklarimni aytib ozlarining fikrlarini bildirdilar.
25-mart kuni 6-sinfga “Aniq va mavhum otlar” mavzusida ochiq dars o’tdim. Darsga
Xolmirzayeva D., Siddiqova M. lar kuzatuvchi sifatida kirdi. Darsni tashkil qildim.
O’tilgan mavzuni “Aqliy hujum” metodi orqali so’rab, mustahkamladim va baholadim.
Yangi mavzuni tushuntirgach, mustahkamlash uchun “Baliq skeleti”, “Klaster”
usullaridan foydalandim. Berilgan mashqlarni bajardik, Uyga vazifa qilib 106-mashqni
berdim. Darsdan keyin tahlil qilgan o’qituvchilar dars yaxshi o’tganini, darsni namunali
dars sifatida olinishini, o’quvchilar darsga yaxshi tayyorlanib kelishganini aytishdi.
30-mart kuni 6-sinfga ona tili fanidan “Sifat” mavzusida ochiq dars o’tdim. Darsga
kuzatuvchi sifatida N. To’rayeva, M. Maxmudovalar kirdi. Darsni tashkil qildim. O’tgan
mavzuni “Zanjir” usuli orqali savol-javob qildim va baholadim. Yangi mavzuni “Lola
guli” va “Venn diagrammasi” metodlari asosida tushuntirdim. Yangi mavzuni “Aqliy
hujum” orqali mustahkamladik. Dars qiziqarli o’tdi. Darsdan keyin o’qituvchilar yutuq
va kamchiliklarimni aytib o’zlarining fikrlarini bildirdilar.
20-aprel “Muhammad Yusuf hayoti va ijodi” munosabati bilan 8-sinflar bilan
“Muhammad Yusuf – el ardog’idagi shoir” nomli bayram tadbirini tashkil qildim.
Bayramni tashkil etish, o’quvchilarni tayyorlash, ssenariy tuzish ishlarida maktab jamoasi
menga yaqindan yordam berdi. Bayram O’zbekiston Respublikasi madhiyasi yangrashi
bilan boshlandi. Bayramni maktab direktori O.Daminova o’z nutqi va bayram tabrigi
bilan ochib berdi. O’quvchilar tilimiz haqida she’rlar aytishdi, sahna ko’rinishlari, raqslar
ijro etishdi. Tadbir mazmunli va chiroyli o’tdi.
Amaliyotchi: Umarova Intizor
Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti,
O zbek tili. Filologiya va tillarni o qitish yo nalishi
4-kurs 02-guruh talabasi Umarova Intizorning 6-
sentabrdan 31-oktabrgacha bo’lgan vaqt davomida
Samarqand shahar XTBga qarashli 19-umumiy o rta
ta’lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti
yuzasidan tayyorlagan oylik
HISOBOTI
2021-yilning sentabr oyidan boshlab barcha bitiruvchi talabalarga “O’zbek tili
va adabiyotini o’qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan pedagogik
amaliyotning boshlanishi munosabati bilan umumiy tushuncha berildi. Shudan
so’ng men o’zim ishlaydigan Samarqand shahar 19-umumta’lim maktabida
amaliyotimni o’tash bo’yicha hujjat to’g’riladim.
10-sentabrdan amaliyot o’tash uchun maktabga bordim va ta’lim
muassasasining tarixi, joylashishi, tarkibiy tuzilishi, o’quv va tarbiyaviy muhiti,
rahbariyati va jamoasini o’rgandim Keyingi haftada 17-18-kunlari briktirilgan
o’qituvchim va sinf o’quvchilari bilan tanishdim. Oyning 24-25-kunlari fanlar
bo’yicha kalendar reja, ishchi fan dastur, sinf jurnallari va boshqa meyoriy
hujjatlarni o’rganib chiqdim. Shundan so’ng o’quvchilar bilan ishlay boshladim.
Menga 5-“A” sinfi biriktirildi. Hujjat yuritish haqida o’qituvchilar ma’lumot
berishdi. 1-2 marta dars tahliliga kirdim, 31-oktabrdan o’quvchilar kuzgi ta’tilga
chiqishdi.
Amaliyotchi: Umarova I.
Metodist rahbar: Hasanov A.
Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti,
O zbek tili. Filologiya va tillarni o qitish yo nalishi
4-kurs 02-guruh talabasi Fayzullayeva Ra’noning 11-
noyabrdan 28-dekabrgacha bo’lgan vaqt davomida
Samarqand shahar XTBga qarashli 19-umumiy o rta
ta’lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti
yuzasidan tayyorlagan oylik
HISOBOTI
2021-yilning 11-noyabridan II chorak boshlandi, men 12-noyabr kuni ertalab
soat 9:15da maktabga keldim. Jamoa hamkasblar bilan salomlashib, 8-sinflar
xonasi tomon yo’naldim va 9:50 (2-soat) da 8-sinfga ona tili fanidan “Gapning
ifoda maqsadiga ko’ra turlari” mavzusidagi darsni kuzatdim va tahlil qildim. #-
soat 7-sinfga ona tili darsidan “Ismlarning munosabat shakllari” mavzusini
kuzatib, tahlil qildim. Keyingi soat 8-sinflarga adabiyot fanidan “Nodira hayoti
va ijodi” mavzusidagi darsni kuzatdim. 5-soat 7-sinflarga adabiyot fanidan
“O’lmas Umarbekov hayoti va ijodi” haqidagi darsni kuzatdim. 6-soat 8-sinflarga
ona tilidan “Mumtoz matn va lug’atlar ustida ishlash” mavzusidagi darsni
oqituvchi Qo’ziyeva G bilan birgalikda o’tdik.
13-noyabrda ham dars shu tartibda, ammo yangi mavzu asosida darslarni
kuzatdim.
19-20-noyabr kunlari ham, asosan, dars tahliliga kirdim. Yodgorova G. va
Hasanova B. larning darslarini kuzatdim, tajriba va mahoratimni oshirdim.
26-27-noyabr kunlari ustozlarning darslarini mustaqil ravishda o’tdim.
3-4-dekabrda 7-sinflarga ona tili fanidan “Sifatdosh va harakat nomlaridagi
egalik qo’shimchalari” mavzusida; adabiyot fanida esa “Chingiz Aytmatov hayoti
va ijodi” mavzusida dars o’tdim. 8-sinflarga ona tilidan “Matn va lug’atlar bilan
ishlash” hamda “Mustahkamlash” darslarini o’tdim; adabiyot fanidan 3-nazorat
ishi;”Menga yoqqan g’azal” mavzusida insho oldim, albatta, menga biriktirilgan
o’qituvchi Yodgorova G. bilan birgalikda.
10-dekabrda ertalab 8:45 da maktabga keldim va bu kunda men navbatchilik
asosida kirish va chiqish qo’ng’iroqlarini nazorat qildim hamda darslarimni
o’tdim.
11-dekabrda ertalab 9:40 da maktabga keldim va 9:50 da 2-soatda 8-sinflar
bilan darslarni boshladik, bunda 8-sinflardan nazorat ishi tahlilini o’tkazdik,
keying soatda “Sodda gap. Gap bo’laklari” mavzusini o’tdik, adabiyotdan G’afur
G’ulom hayoti va ijodini o’tdim. 7-sinflar bilan esa ona tilidan nazorat ishi testi
olindi, adabiyotdan “Oq kema” qissasini tugatdik.
17-dekabrda maktabga ertalab 7:45 da keldim va 9:00 dan 14:00 gacha kirish-
chiqish qo’ng’iroqlarini nazoratga oldim, dars 1-soatda 7-sinflarga boshlandi, ona
tilidan “Tushum kelishigi” va “Jo’nalish kelishigi” mavzularini o’tdim,
adabiyotdan “Ravshan dostoni haqida” dars o’tdim. 8-sinflarga esa ona tilisan
“Sodda va murakkab kesim" mavzus”ni; adabiyotdan Oybekning “Na’matak”,
“O’zbekiston” she’rlari mavzusini o’tdim.
18-dekabrda to’liq darslar tahlili bilan band bo’ldim.
24-dekabrda Yodgorova G. bilan birgalikda o’quvchilar bilan yakuniy darslarni
o’tdik va darsdan so’ng choraklik baholarni chiqardik. 11-yanvargacha qishki
ta’til boshlandi.
Amaliyotchi: Umarova I
Metodist rahbar: Hasanov A.
Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti,
O zbek tili. Filologiya va tillarni o qitish yo nalishi
4-kurs 02-guruh talabasi Fayzullayeva Ra’noning 7-
fevraldan 20-martgacha bo’lgan vaqt davomida
Oqdaryo tuman XTBga qarashli 40-umumiy o rta
ta’lim maktabida olib borgan pedagogik amaliyoti
yuzasidan tayyorlagan oylik
HISOBOTI
III chorak dars mashg’ulotlari 11 yanvardan boshlanishi kerak edi, ammo
yurtimizdagi pandemiyaning kuchayganligi munosabati bilan karantin cheklov
choralari kuchaytirildi va 11-yanvardan 7-fevralga qadar dars mashg’ulotlari
masofaviy tarzda (onlayn) olib borildi. Ushbu davrda o’quvchilar darslarda faol
qatnashdi, men, asosan, fan o’qituvchilariga o’quvchilarning uyga vazifalarini
tekshirish va mavzuga doir testlar, savollar tuzib, o’quvchilarga telegram dars
guruhi orqali yetkazib, ularning o’quvchilar tomonidan ishlanishini nazorat qilib
bordim.
11-fevral ertalab soat 8:15da maktab binosiga kirdim. 1-soat sinf soati
bo’lganligi sabab 6-“B” sinf o’quvchilari bilan “Korrupsiyasiz jamiyat quramiz”
mavzusida suhbat olib bordim. Suhbatda barcha o’quvchilarning erkin fikrlarini
tingladim va bu fikrlarni o’rtaga tashlab tahlilga tortdik. 2-soat esa 7-“V” sinfiga
ona tili fanidan “Teng bog’lovchilar” mavzusini interfaol pedtexnologik vositalar
asosida tushuntirib berdim. 3-soat 9-“A” sinfiga adabiyot fanidan “O’tkan kunlar”
romani tahlilini o’tdim. Darsda ko’proq obrazlar tahliliga e’tibor qaratilib, Venn
diagrammasi va SWOT metoidan foydalandim.
12-fevral kuni ham maktabga o’z vaqtida kelib darslarni kuzatdim va 11-“A”
sinfidan insho oldim.
18-19-fevral kunlari 6-sinfga ona tili va adabiyotdan dars o’tdim. Malakali
oqituvchilar darsini kuzatib, tahlil qildim.
25-26-fevral kunlari ham shu tartibda kuzatuv darslariga kirdim va o’qituvchi
To’rayeva N. bilan dars o’tdik. Siddiqova M. bilan birgalikda 11-“B” sinfiga
“Rauf Parfi she’riyati” mavzusida ochiq dars o’tdik.
4-5-mart kunlari turli sinflarga kirdim, kuzatuv va tahlil darslarini o’tdim. 4-
mart kuni 1-soat sinf soatida 5-“A” sinfida “Ayolga ehtirom” mavzusini o’tdim.
7-“A” sinf o’quvchilariga “Abdulla Qodiriy – o’tkir zehn sohibi” mavzusida
insho yozdirdim.
11-12-mart kuni ham o’qituvchi To’rayeva N.ning darslarini o’tdim. Dars
kuzatuvlariga kirib, tahlillarini olib bordim.
18-19-mart kuni esa o’qituvchi N. To’rayeva bilan birgalikda o’quvchilarga
chorak baholarni chiqardik va o’quvchilarni ta’tilga kuzatdik. 4-5-soatlarda hujjat
ishlarim bilan band bo’ldim.
2-aprel kuni pedagogik amaliyot bo’yicha hujjatlarimni amaliyot rahbarim A.
Hasanovga ko’rsatdim. Birgalikda xato va kamchiliklarni to’g’riladik va uyga
qaytdim.
Amaliyotchi: Fayzullayeva R.
Metodist rahbar: Hasanov A.
Filologiya fakulteti talabalarining pedagogik amaliyot davrida dars
mashg’ulotlari sifat ko’rsatkichini baholash mezoni
Guruh02
Fan
Mavzu____________________________________________________________
_________________________________________________________________
Amaliyotchi talaba_________________________________
Sana_________________
Tahlil qiluvchilar:
1. _________________________ imzo__________
2. _________________________ imzo__________
3.__________________________ imzo__________
№ Mashg’ulot
(o’qituvchi)ga
oid
ko’rsatkichlar mazmuni
Yuqori ball
Qo’yilgan
ball
1. Darsning tashkiliy ko’rsatkichlari
(14 ball)
1 Darsning
belgilangan
vaqtda
boshlanganligi
2 Guruhning darsga tayyorgarlik holati
3 Guruh
jurnali
(elektron
jurnal)ning
rasmiylashtirilish holati
4 Davomat ko’rsatkichi
2. Darsning o’quv-uslubiy ta’minot
darajasi
(9 ball)
1 Mavzuga
doir
o’quv-uslubiy
adabiyotlarning mavjudligi
2 Ko’rgazmali va o’quv materiallarning
mavjudligi
3 Mavzuning taqvim rejaga mosligi
3. Darsning ilmiy-uslubiy ko’rsatkichlari
(21 ball)
1 Oldingi mavzuni o’zlashtirish sifatini
tekshirish
2 Yangi mavzuni oldingi mavzu bilan
bog’lash
3 Mavzu dolzarbligini asoslash va hayot
bilan bog’lash
4 Faktlarning asoslanishi
5 O’quvchilarning faollik darajasi
6 O’quvchilarning mavzuni qabul qilish
darajasi
7 Yangi mavzuni o’zlashtirish bo’yicha sifat
nazorati
4. Darsning bayon usuli (30 ball)
1 Dars bayon usulining sifat darajasi
2 Darsda interfaollik darajasi
3 Darsda ATdan foydalanish darajasi
4 Darsda
ilg’or
ped-texnologiyalardan
foydalanish
5 Darsning ko’rgazmalilik darajasi
6 O’qituvchining nutq madaniyati
5. Darsning xulosa qismi (6 ball)
1 Mavzu bo’yicha xulosalar va topshiriq
berilishi
2 O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilar
bilimini baholash
3 Kelgusi dars mavzusi bo’yicha ma’lumot
berish
6. Darsning va o’qituvchining sifat
darajasi
1 Darsning tarbiyaviy darajasi
2 Darsning amaldagi talablarga javob berish
darajasi
3 O’qituvchining fan bo’yicha bilim darajasi
4 O’qituvchining pedagogik mahorat darajasi
Umumiy ball
100 ball
7. O’qituvchi va dars sifati yuzasidan qo’shimcha fikr va mulohazalar
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
Dostları ilə paylaş: |