Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Tayanch iboralar: Iqlim hosil qiluvchi omillar, fizik omil, 
geografik omil, tempraturani taqsimlanishi, namlik, bulutlilik, 
yog‗inlar, havoning bosimi, shamol, fasllar.  
O‗rta Osiyo iqlimining umumiy xususiyatlaridan biri juda katta miqdorda 
quyosh radiatsiyasi olishi, qurg‗oqchiligi (namning kamligi) va uning 
mo‗‘tadilligidadirki, ular meteorologogik elementlarning yillararo va yil bo‗yi 
notekis taqsimlanishida ifodalanadi. Shuni aytish kerakki, eng issiq va eng 
sovuq oyning o‗rtacha temperaturasining tebranish amplitudasi 30
0
(ayrim 
joylarda 40
0
)ga yetadi, u yoki bu oyning yog‗in – sochin miqdori o‗rtacha ko‗p 
yillikdan 2-4 baravar ko‗p yoki kam bo‗lishi mumkin. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, O‗rta Osiyo iqlimining kontinentalligi 
uning orografik omili bilan bog‗lanadi. O‗rta Osiyoning janubi va janubi-
sharqida tog‗ tizmalarining mavjudligi va shimolda orografik to‗siqlarning 
yo‗qligi, yuqori kengliklarning sovuq havolari tekisliklarda to‗siqsiz bemalol 
tarqaladi va janub tomondagi tog‗lardan o‗taolmasdan tog‗ oldida uzoq turib 
qoladi. Chunki kirib kelgan sovuq havoning vertikal qalinligi, juda ko‗p 
hollarda tog‗ tizmalarining balandligidan pastdir. Yozda shimoldan kelayotgan 
sovuq havo tez isiydi, shuning uchun yoz oylarida O‗rta Osiyoning janubida va 
shimoliy Eron va Afg‗onistonda havo haroratida farq sezilmaydi. Lekin, qishda 
uning xususiyati juda sekin o‗zgaradi. Shu tufayli qish O‗rta Osiyo 
respublikalarida ular bilan chegaradosh bo‗lgan Eron va Afg‗oniston 
hududlariga nisbatan ancha sovuq: yanvar oyining o‗rtacha harorati 
Turkmanistonning janubida va Eron hamda Afg‗onistonga nisbatan farqi qishda 
5-10
0
ga yetadi. O‗rta Osiyoning iqlimini hosil qiluvchi asosiy omillar 
quyidagilardan iborat: 1. Geografik o‗rni; 2. Katta miqdorda quyoshdan issiqlik 
olishi; 3. Atmosfera umumiy sirkulyatsiyasining o‗ziga xos xususiyatlari: ochiq 
kunlarning doimiyligi yoki bulutli ob-havoning hosil bo‗lishiga imkon berishi; 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin