Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Biosfera qo‘riqxonalariInson xo‗jalik faoliyatining ta‘siri natijasida hosil 
bo‗lgan lokal (mahalliy) va global (sayyoraviy) hodisalarni to‗g‗ri tushunish va 
baholash uchun bu jarayonlarni o‗rganish zarur. Atrof-muhitning holatini 
kuzatish formalaridan biri xalqaro miqyosda biosfera qo‗riqxonalari asosida 
monitoring (kontrollik) xizmatining global tizimlarini yaratishdir. Biosfera 
qo‗riqxonalari biosferaning global umumiy holati (foni) va uning inson faoliyati 
ta‘sirida o‗zgarishining an‘analari haqida axborotlar manbai bo‗lishi kerak. 
Keyingi 
yillarda 
YUNESKOning 
tashabbusi 
bilan 
dunyo 
biosfera 
qo‗riqxonalari tashkil qilindi. Bu qo‗riqxornalarda - tabiiy ekosistemalarda 
hayvon va o‗simlik organizmlarining har xil turlarini saqlash, ekologik 
monitoring bo‗yicha kompleks biogeotsenologik (kompleks landshaft) 
tekshirishlar olib borish, ekosistemalarga har xil tipdagi xo‗jaliklar (o‗rmonlar 
barpo qilish, yerlarni o‗zlashtirish, yaylov chorvachiligi, rekreatsion 
foydalanish va boshqalar) ta‘sirining harakteri va darajasini aniqlash ko‗zda 
tutiladi. Biosfera qo‗riqxonalari tabiiy ekosistemalarda o‗simlik va hayvonot 
dunyosining biotik komplekslari, turlarining genetik jihatdan turliligini saqlash 
maqsadida tashkil qilinadi. Biosfera qo‗riqxonalari uchun hudud tanlanganda
birinchi navbatda, landshaftlarning tipiklik va reprezentativlik usuliga amal 
qilinadi. O‗rta Osiyoda Repetek, Sarichelak va Chotqol biosfera qo‗riqxonalari 
tashkil qilingan. 
Buyurtmalar (zakazniklar) tabiatni muhofaza qilish tadbirlaridan biri 
sifatida juda qadimdan ma‘lum. Buyurtmalarda larda tabiiy-geografik 
komplekslar, komponentlarning ayrim qismlari, ayrim hayvon yoki o‗simlik 
turlari muhofaza qilinib, unda qator tabiiy boyliklardan xo‗jalikda 
foydalanishga ruxsat beriladi. Qo‗riqxonalardan farq qilgan holda buyurtma 
maydonlari yer yoki o‗rmon fondidan ajratib olinmaydi. Buyurtmalar doimiy va 
vaqtincha bo‗ladi. Vaqtincha buyurtmalar ko‗pincha ovchilik xo‗jaliklarida ov 
qilinadigan hayvon va qushlarning sonini tiklash va ko‗paytirish maqsadida 
ma‘lum muddatga tashkil qilinadi. Muhofaza qilinayotgan turlarning o‗rtacha 
soni tiklangandan keyin cheklov bekor qilinadi va buyurtma yana ov 
qilinadigan joyga aylanadi. Keyingi yillarda botanik, zoologik, geologik
ixtiologik, ornitologik va boshqa xil buyurtmalar tashkil qilinmoqda. 
O‗zbekistonda umumiy maydoni 197 ming gektarli 8 ta zakaznik bo‗lib, ularda 


107 
Respublikamizning hayvonot va o‗simliklar dunyosi muhofaza qilinadi va 
tiklanadi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin