Samarqand davlat universiteti gulsum tagiyeva, hayriniso husanova oila va gender



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/94
tarix08.02.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#83404
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94
oila

Oilaning hayotiy sikli. Sotsial guruhlarning turli klassifikasiyasi 
bizga ma‘lum. Bulardan eng mashhuri birlamchi va ikkilamchi 
guruhlarni farqlash. Birlamchi guruh, Charlz Kuliga ko‗ra, o‗zaro 
munosabatlarning yaqinligi, yuzma-yuzligi bilan farqlanadi. Guruhning 
har bir a‘zosi o‗ziga xos unikal xususiyatlariga ko‗ra baholanadi. 
Birlamchi guruh hisoblangan oilada o‗zaro munosabatlarda insonlar 
tengligi tamoyilini buzulishi bilan namoyon bo‗ladi. Uyda huddi 


105 
ishdagidek o‗zini tutish qabul qilinmagan. Ikkilamchilik tamoyiliga 
ko‗ra, esa ishxonada oilaviy kodlarga asoslangan munosabat qurish 
o‗rinli emas. Lekin ko‗p holda rahbar qo‗lostida ishlovchilarga rahbar 
bilan uy holatidagidek munosabat o‗rnatish manfaatlidir. Guruhlar 
«tabiiy» va «sun‘iy» holda tuzilgan bo‗lishi mumkin. Oila tabiiy 
tuzilgan guruhdir (qo‗shnichilik, qishloq,mahalla birligi). Odatda 
bunday guruhlar ko‗p funksiyalidir. Bunday guruhlar bir maqsad yoki 
vazifa asosida tuzilmaydi (armiya, maktab, korxona, qamoqxona 
kabilardek). Oilaviy dinamika bir oilaviy hodisa, voqyeaning boshqasi 
bilan almashishini anglatadi. Shu holda hodisa-voqyea deganda har kuni 
ro‗y beradigan millionlab oilaviy holatlar emas, balki oilaning 
strukturasining o‗zgarishiga ta‘sir etuvchi oilaviy vaziyat (holatlar) 
nazarda tutiladi. Bu hodisa va voqeyalarning eng muhimlari - oila 
a‘zolarining tug‘ilishiva o‗lishi, u yoki bu insonning mavjudligi yoki 
yo‗q bo‗lishidir. 
Oilaviy hodisa va voqyealarning majmui oila hayot siklining 
asosiy bosqichlarini vujudga keltiradi. Oila sotsiologiyasi bo‗yicha 
darsliklarda oilaviy hodisalarni shaxs, oila uchun ahamiyatliligiga, 
stressogenligiga ko‗ra baholanadi. Shunda pozitiv voqyealar (farzand 
tug‘ilishi) negativ voqeya va hodisalar bilan birgalikda yurishi mumkin.
Sotsial stukturaning alohida stratalaridagi oilaviy voqyea va 
hodisalar iyerarxiyasi oilaviy hayot qadriyati darajasi haqida tasavvurga 
ega bo‗lishga imkon beradi. Sotsial status, jins, yoshga bog‘liq bo‗lgan 
oilaviy rollarning iyerarxiyasini ko‗rishimiz ham mumkin. Oila hayotiy 
sikli turli mezonlarga ko‗ra belgilanishi mumkin, lekin ularni tanlab 
olayotganda aynan siklni, ya‘ni Hodisa va jarayonlarning 
takrorlanuvchan va regulyarligi qayd etilishi lozim. Oila hayotiy sikli 
bosqichlari voqyea va hodisalarning oilaga xosligini aks ettirishi lozim 
(faqat individlarga xos bo‗lgan individual hodisalar emas, balki nikoh-
ota-onalik-qarindoshlik birligidan ajralmagan hodisalar). Bu talablarga 
aynan ota-onalik bir vaqtda ham qon-qarindoshlik munosabatlari ota-ona 
(buva-buvi) va farzandlar (nabiralar) o‗rtasidagi munosabatlar sifatida 
yuzaga keluvchi mezonlarga mos keladi. 


106 
Ota–onalik mezoniga ko‗ra 4 bosqich-ota-ona bo‗lishgacha, ota-
onalik, reprduktiv va sotsializasion ota-onalikka bo‗linadi, shuningdek, 5 
asosiy hodisa va voqyea-oilaning barpo bo‗lishi va barbod bo‗lishi, 
oxirgi farzandning tug‘ilishi, farzandlarning birini oila qurishi yoki 
birinchi nabiraning tug‘ilishi. 
Pol Glik fikricha, oila paydo bo‗lishidan to barbod bo‗lguniga 
qadar bir qator bosqichlarni bosib o‗tadi. Odatda, oila nikoh qayd 
etilgandan paydo bo‗ladi va har bir farzandning tug‘ilishi bilan oila 
o‗sadi. Oxirgi farzandning tug‘ilishi va birinchi farzandning o‗z uyini 
tark etishigacha bo‗lgan davrda oilaning holati o‗zgarmaydi. Farzandlar 
turmush qurib alohida yashashni boshlashlari bilan oilaning hajmi 
kamayib boradi va asl holiga keladi (2 kishi). Nikoh juftining bir, 
keyinchalik ikkinchisining o‗limi bilan oilaviy sikl tugaydi. Lekin bu 
jarayon turli tarixiy davrlarda patriarxal, ko‗p bolalik, nuklear oilalarda 
turlicha bo‗lishi mumkin. Pol Glikning yuqorida aytilgan fikri «oilaning 
hayotiy sikli» terminining Sotsiologiya va demografiyadagi zamonaviy 
talqinining boshlanishi hisoblanadi. P.Glik AQShda o‗tkazilgan aholini 
ro‗yxatga olish (perepis naseleniya) ma‘lumotlariga tayangan holda 
oilalardagi eng muhim hodisalarni tahlil qilgan. Lekin shuni ta‘kidlash 
joizki, bunday tahlil anchadan buyon ma‘lum bo‗lgan. M-n,P.Sorokin 
krestyan oila hayotining 4 bosqichini ko‗rsatgan: 

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin