Empirik tadqiqotlar – sotsiologiyaning har bir sohasida
o‗tkaziladigan faktologik tadqiqotlar.
E‟tiqod – (ishonch, iymon) – muayyan maqsad, qadriyatga ishonch,
shu asosda shakllangan tafakkur.
Ehtiyoj – inson talablari asosida paydo bo‗ladigan tabiiy xususiyat;
jonli mavjudot hayot kechirishining yaqqol shart-sharoitlarga, uning
shularga bog‘liq ekanligini ifoda etuvchi holat.
O„z-o„zini bilish – ijtimoiy tadqiqotlar jarayonida odamlarning o‗z
xatti-harakatlari sharoitlari va vaziyatlarini tushunishi va anglashining
o‗sishi, bu vaziyatni o‗zgartirishga imkon yaratadi.
Qadriyatlar – voqyelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy,
ijtimoiy-ahloqiy,
madaniy-ma‘naviy
ahamiyatini ko‗rsatish uchun
qo‗llaniladigan tushuncha; individ yoki guruhlarning nima yaxshi va nima
ma‘qul emasligi to‗g‘risidagi tasavvurlari.
Qonun – sosiologiyada: siyosiy hokimiyat tomonidan belgilangan va
davlat qudrati bilan qo‗llab-quvvatlanadigan xulq-atvor qoidalari.
Qo„shilib kuzatish – tadqiqotchining uzoq vaqt davomida obyekt
bilan sosial muhit tarkibiga kirib, uni muntazam tarzda kuzatishi.
G‟oya – inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga
ega bo‗lgan, ruhiyatga ta‘sir o‗tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga
chorlaydigan, maqsad-muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikr.
Haqiqat– inson ongida voqyelikning to‗g‘ri, haqqoniy aks etishini
ifodalaydigan tushuncha.
Hisobot – tajribaga asoslangan ijtimoiy tadqiqotlar yakunini
chiqarishning yozma shakli.
Hokimiyat – alohida individlar yoki guruh a‘zolarining muayyan
maqsadlarga erishish va manfaatlarini ro‗yobga chiqarish layoqati.